• O‘rish muddati.
  • «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»




    Download 1,15 Mb.
    bet54/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Ekish usuli. Sudan o‘ti yoppasiga qatorlab (15 sm) ekiladi. Ekish SZ-3,6 seyalkasida o‘tkaziladi, urug‘lar 3-5 sm yengil tuproqlarda 6-8 smchuqurlikka ko‘miladi. Urug‘ uchun keng qatorlab (60 sm) ekiladi.
    Ekish me’yori. Hosil miqdori va sifati ekish me’yoriga bog‘liq holdao‘zgaradi. ToshDAUda o‘tkazilgan tajribalarda sudan o‘ti 1 o‘simliginingoptimal oziqlanish maydoni 64 sm2, tup qalinligi 1,49 mln/ga bo‘lgandaeng yuqori hosil olingan.
    Ekish me’yori 2,5 mln urug‘/ga yoki 25 kg/ga urug‘. Bunday oziqlanishmaydoni o‘simlik bo‘yi 170 sm, barglar miqdori 26 %, pichan hosilini 315ts/ga, yashil massa hosili 2000 ts/ga, oziqa birligi chiqishi 170 ts/ga, oqsil1300 kg/ga gacha bo‘lishini ta’minlagan. Ekish me’yori 30 kg/ga oshirilgandahosildorlik oshmagan.
    Nam yetishmaydigan sharoitda sudan o‘tini gektariga 8-14 kg ekishyaxshi natija beradi. Ekish me’yori oshirilganda tegishli sug‘orish vaoziqlanish rejimi yaratilishi lozim.
    Qo‘noqning urug‘ sarf me’yori ko‘k o‘t va pichan uchun ekilganda gektariga 15-20 kg, urug‘ uchun ekilganda 8-12 kg, suv yetishmaydigan yerlarda 10-15 kg. Ekish chuqurligi 2-4 sm. Bu ekinni parvarishlash sudan o‘tiga o‘xshash bo‘ladi.
    Sug‘orish. Sudan o‘ti qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lsada sug‘orishlargata’sirchan. Sizot suvlarning joylashish chuqurligiga qarab, har bir o‘rimuchun 2-3 sug‘orish o‘tkazish tavsiya etiladi. Birinchi
    o‘rimda tuplanishfazasida 1, naychalash fazasida 1-2 sug‘oriladi. Keyingi o‘rimlarda yashilmassa o‘rilganda keyin darhol sug‘oriladi, keyin naychalash fazasida 1-2sug‘oriladi.
    Sug‘orish qator orasi 60 sm, chuqurligi 12 –14 sm qilibolingan egatlar bo‘ylab, gektariga 600 m3 me’yorda o‘tkaziladi.
    O‘rish muddati. Birinchi o‘rim erta
    o‘tkazilganda o‘rimlar sonioshadi.
    Ro‘vaklashning boshlanishida o‘rilganda novdalar soni eng ko‘pbo‘ladi. Tuplanish bir o‘simlikda (poyalar soni) 1,86 dan 5,64 gacha o‘zgaradi.Erta o‘rilganda o‘rimlar soni 54 kundan 28-30 kunga qisqaradi. Ro‘vaklashboshlanishida o‘rimni o‘tkazish eng ko‘p hosil olishni ta’minlaydi.O‘zbekiston sharoitida bo‘z tuproqlarda o‘tkazilgan tajribalardao‘rim optimal muddatda o‘tkazilganda o‘rim soni 4 taga yetadi. O‘simlikbo‘yi 50 sm ga yetganda o‘rilsa o‘rim soni 5 taga yetadi.
    Sudan o‘ti beda, soya, burchoq, ko‘k no‘xat, makkajo‘xori bilan qo‘shibekilganda yaxshi natija beradi. Boshqa ekinlar bilan qo‘shib ekilgandatoza holda ekilgandagiga nisbatan ekish me’yori 15-25% kamaytiriladi.
    Ang‘izga bug‘doy, arpa hosilidan bo‘shagan dalaga ekilganda tuproq 20-25 chuqurlikda haydaladi, boronalanadi, yer tekislanib urug‘lar ekiladi.Ang‘izga ekilganda ekish me’yori 15-25% oshiriladi.Urug‘lik uchun ekilgan maydonlar, asosiy poyadagi ro‘vaklar yetilganda,urug‘lar qattiqlashganda o‘rib-yanchiladi. Yon poyalardagi ro‘vaklarningpishib yetilishini kutib turish urug‘ hosildorligini kamaytirdi. Urug‘larkombaynlar yordamida o‘rib-yanchiladi.
    Boshqa ekinlar bilan qo‘shib ekishda SUT-47 seyalkasidan foydalaniladi. Bedaning ekish me’yori 18-20, sudan o‘tiniki 8-10 kg/ga, urug‘larmuvofiq holda 1,5-2 va 2-3 sm chuqurlikka ekiladi. Ekilgandan keyindarhol orasi 60 yoki 90 sm qilib egatlar olinadi. Bir gektarga kamida 180-200 kg azot, 100-150 kg fosfor, 50- 70 kg kaliy solish yuqori hosil olishnita’minlaydi. Azotli o‘g‘itlar ekish oldidan va har bir sug‘orish oldidan50-70 kg/ga me’yorda beriladi.
    Soya bilan sudan o‘ti ekilganda sudan o‘ti 25 kg/ga, soya 40 kg/ga, ekishchuqurligi 3-4 va 5-6 sm qilib belgilanadi. Soya SUPN-8, sudan o‘tiko‘ndalangiga SZT-3,6 seyalkalarida ekiladi. Bunda yashil massa hosili 700-800 ts/ga ga yetadi, oqsil chiqishi ko‘payadi.
    Qo‘noq pichan va ko‘k o‘t uchun ro‘vak chiqarishi oldidan o‘riladi. Kech o‘rilganda massa dag‘allashadi va ozuqaligi kamayib ketadi.
    Qo‘noqni biryillik dukkaklilar (soya, burchoq va boshqalar) bilan aralashtirib ekish xo‘jalik nuqtai nazardan juda ahamiyatli, chunki bunda hosil ko‘payadi, olinadigan ozuqa sifati va yeyiluvchanligi yuqori bo‘ladi.
    O‘zbekistan afrika tarig‘ining yangi «Xashaki-1» yaratildi.U yuqori hosilli, ertapishar, sho‘rga va qurg‘oqchilikka chidamli.

    Nazorat savollari.



    1. Sudan o‘ti va afrika qo‘nog‘i - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi

    2. Sudan o‘ti va afrika qo‘nog‘i - biologiyasi va navlari

    3. Sudan o‘ti va afrika qo‘nog‘i - yetishtirish texnologiyasi

    Reja:

    Download 1,15 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»

    Download 1,15 Mb.