|
ta’minoti sectori bo‘lib kelyapdi. Janubiy Afrikada ishlab chiqariladigan yapli
|
bet | 57/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)ta’minoti sectori bo‘lib kelyapdi. Janubiy Afrikada ishlab chiqariladigan yapli maqsulot sabzavotlarning 43% ni, bog‘dorchilikni 15% ni va umumiy q/x maxsulotlarining 4%ni tashkil etadi. Dehqon xo‘jaligi qeymati o‘rtacha 1.6 billion R ekvivalentidagi kartoshka maxsulotlari yetishtiradi.8
Tarixi. Madaniy kartoshkaning vatani Janubiy Amerika. Amerikaning turli mintaqalarida eramizdan 1-2 ming yil muqaddam uning turliturlari ekin sifatida o‘stirilib boshlangan.
Chilining o‘rta qismi va Chiloye orolida kartoshkaning tetraploid (2n=48) turlari madaniylashtirilib boshlangan. Ulardan Solanum furberosumL. kelib chiqqan. Hozirgi paytda seleksiya ishlarida kartoshkaning211 turidan foydalanilmoqda. Hozirda S. fuberosum turiga mansub 2000dan ortiq nav ma’lum. Ulardan 600-800 tasi hozir keng tarqalgan.
Amerikadan Yevropaga kartoshka XVI asrning o‘rtalarida keltirilgan, keyin Ispaniyadan boshqa davlatlarga tarqalgan.O‘zbekistonga kartoshka Rossiyadan keltirilgan.
Kartoshkaning biologiyasi va navlari.
Botanik ta’rifi. Kartoshka Solanum L. avlodiga, ituzumdoshlar(Solanaceae) oilasiga mansub. Madaniy kartoshka – Solanum furberosumL. – tuganakli o‘simlik.
N. I. Vavilov, S. M. Bukasov, S. V. Yuzepchuk ishlaridan keyin kartoshkaning yangi turlari – S. demissum Lindl., S. AndigenumJuz.et.Buk. va boshqa turlar kashf etildi. Ulardan duragaylashdasovuqqa, fitoftoraga, rakka chidamli navlarni yaratishda muvaffaqiyatbilan foydalanilmoqda.
Kartoshka – ko‘p yillik o‘simlik, ammo ekin sifatida bir yillik.Tuganaklarning o‘sishidan pishishgacha bir vegetatsiya davri o‘tadi.Uni tuganaklaridan, tuganak qismlaridan, qalamchalardan,urug‘lardan ko‘paytirish mumkin.
|
| |