• Qand lavlagi – uzun kun o‘simligi.
  • Namlikka talabi.
  • «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»




    Download 1,15 Mb.
    bet65/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Qand lavlagini biologiyasi va navlari Haroratga talabi. Qand lavlagi urug‘lari 2 0S haroratda ko‘karaoladi. Urug‘larning unib chiqishi uchun 100-125 0S harorat talabqilinadi. «Panshaxa» fazasida maysalari -3 0S sovuqdan zararlanadi.Birinchi juft barglar hosil bo‘lganda 4-5 0S hatto -8 0S sovuqqa chidaydi.Harorat 2-8 0S bo‘lib 2,5-4 hafta davom etsa (urug‘, maysalari) yoppasiga
    gullab qo‘yishi kuzatiladi. Voyaga yetgan o‘simliklar hosilniyig‘ishtirish davrida – 3-5 0S sovuqqa bardosh beradi.
    Hayotining birinchi yilida lavlagining o‘sishi uchun qulay harorat15-20 0S. Fotosintez 20 0S da jadal kechadi. 40 0S da ham fotosintez davom etadi.Qand lavlagi o‘suv davrida 5 0S dan yuqori 2300 0S faol haroratnitalab qiladi. O‘zbekiston, Qirg‘izistonda ijobiy harorat yig‘indisi3300-3500 0S bo‘lganda eng yuqori hosil shakllanadi.
    Qand lavlagi – uzun kun o‘simligi. Yorug‘likka talabchan, yorug‘likkuni uzaysa o‘simlik tez o‘sadi, rivojlanadi. Yorug‘lik yetishmasahosildorlikning va qand miqdorining kamayishiga olib keladi. Qandto‘plash davrida 1 sm2 barg yuzasida yorug‘lik yetarli bo‘lsa 12 mg qandto‘planadi. Eng optimal barg yuzasi 1 ga 35-40 ming m2 hisoblanadi.
    Namlikka talabi. Qand lavlagi namlikka talabchan. Urug‘lari unibchiqishi uchun o‘z vazniga nisbatan 150-170 % suvni yutishi kerak bo‘ladi.U nisbatan qurg‘oqchilikka chidamli o‘simlik. Transpiratsiya koeffitsiyenti va u juda ko‘p omillarga bog‘liq. Qurg‘oqchilikka chidamliligikuchli rivojlangan ildiz tizimiga bog‘liq. Bir dona ildizmeva massasi400-500 g bo‘lganda o‘sish davrida 30-35 l suv sarflaydi. Hosildorlik400-500 ts/ga bo‘lganda o‘suv davrida 3000-4000 t/ga suv sarflanadi. Bevosita tuproqdan bug‘langan suv umumiy suv sarfining 25-30 % ini tashkil qiladi.
    O‘simlik o‘sishi, rivojlanishi uchun tuproqdagi muqobil namlikChDNS ning 60-70 %. Ildizmevaning qandligi namlik ma’lum darajagacha pasayganda oshib boradi. Urug‘lik uchun ekilgan ona o‘simliklartranspiratsiya koeffitsiyenti 725 ga teng bo‘lib 1 o‘simlik o‘sish davrida30-75 l suv sarflaydi. Eng qulay namlik ChDNS 60 %. Urug‘lik ekinzorda eng ko‘p namlikka talab gullash davriga to‘g‘ri keladi.

    Download 1,15 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»

    Download 1,15 Mb.