«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»




Download 1,15 Mb.
bet68/93
Sana18.05.2024
Hajmi1,15 Mb.
#242107
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   93
Bog'liq
Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

O‘g‘itlash tizimi. Qand lavlagi juda mahsuldor ekin. O‘g‘itlarning samaradorligi asosan almashlab ekishlarga, sug‘orishrejimiga, qo‘llanilgan agrotexnik usullarning sifatiga bog‘liq holdao‘zgaradi. O‘rtacha 1 ts NPK ni qo‘llash 15-20 ts ildizmeva, 2-3 ts qo‘shimchaqand olishni ta’minlaydi. Sug‘oriladigan yerlarda 1 t chirigan go‘ng solish 2-2,5 ts/ga qo‘shimcha ildizmeva hosili beradi. Organik o‘g‘itlardanchirigan go‘ngni gektariga 30-40 t solish yuqori samara beradi.Asosiy oziqa elementlari optimal nisbatlarda solinganda ildizmevadagi qandning miqdori 0,2-0,5 % oshadi. Azotli o‘g‘itlar tavsiyaetilganidan ko‘p
solinganda ildizmevalardagi qand miqdori 0,3-0,4 %kamayadi. Fosfor qand miqdorini 0,2-0,3 %, kaliy 0,3-0,6 % oshiradi.
Shuning uchun fosfor ildizmevalarning texnologik sifatlarini yaxshilaydi, eriydigan azot miqdorini kamaytiradi, shira sifatini oshiradi.O‘g‘itlashda 20-40 t/ga chirigan go‘ng, P90K60 kg/ga tuproqni haydash oldidan solinadi. Azotli o‘g‘itlarni 20 kg ekish bilan, 90 kg/ga birinchisuvdan, 90 kg/ga ikkinchi suvdan oldin beriladi. Asosiy o‘g‘itlash yerni shudgorlashdan oldin beriladi va ular 3-4juft barglarning hosil bo‘lishidan hosilni yig‘ishtirishgachao‘simlikning oziqlanishini ta’minlaydi.
Qatorlarga o‘g‘it solish ekish bilan o‘tkaziladi va uruqqa nisbatan3-4 sm chuqurlikka va shunday masofada yon tomonidan solinadi.Qatorlab o‘g‘itlash o‘simlikning dastlabki davrlarida oziqlanishinita’minlaydi. Shuning uchun qatorlab o‘g‘itlashda yengilo‘zlashtiriladigan o‘g‘itlar solinadi.Oziqlantirish o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi davridaoziqlanishini ta’minlaydi.
Azotli o‘g‘itlardan ammiakli selitra, mochevina, fosforlio‘g‘itlardan ammofos, granulalangan superfosfat, yuqori samara beradi.Kaliyli o‘g‘itlardan kaliy xlorid yaxshi natija beradi.Mikroo‘g‘itlardan bor, marganets va mis yuqori samara beradi. Borgektariga 1,5 kg bor dostolit uni sifatida 75-100 kg, mis kuporosi 20-25 kg solinadi. Tarkibida mis bo‘lgan o‘g‘itlar har 4-5 yilda solinishitavsiya etiladi.Marganetsli o‘g‘it marganets shlami sifatida 3-4 ts/ga yerni haydasholdidan solinadi.O‘simlik rivojlanishining dastlabki fazalarida 1 ts/ga nitrofoska bilan oziqlanitirish yaxshi natija beradi (34 ts/ga).

Download 1,15 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   93




Download 1,15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»

Download 1,15 Mb.