|
Qand lavlagini yetishtirish texnologiyasi
|
bet | 67/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)
Qand lavlagi yetishtirishda almashlab ekishlarni ilmiy asosda ishlab chiqish, ekin parvarishi, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash katta ahamiyatga ega. Qand lavlagi surunkasiga bir maydonga birnecha yil ekilganda hosildorlik keskin kamayadi. Almashlab ekishlardabir ekilgan maydonga 3–4 yil, nematoda bilan kuchli zararlangan maydonlarda 4–5 yildan keyin qand lavlagini qayta ekish mumkin.
Qand lavlagi uchun yaxshio‘tmishdoshlar – g‘o‘za, kuzgi boshoqli don ekinlari, dukkakli don ekinlari, ko‘p yillik dukkakli o‘tlar. Bedadan keyin kuzgi g‘alla ekinlari,undan keyin qand lavlagi ekilganda Qirg‘iziston dexqonchilik ITIdaildizmeva hosildorligi 610 ts/ga, ikki yil ekilganda 594 ts/ga ni tashkilqilgan.
Takroriy va surunkasiga ekilganda qand lavlagida ildiz biti, nematoda kuchli rivojlanishi mumkin. Sug‘oriladigan yerlarda qand lavlagini ikki yil bir maydonda yetishtirish mumkin. Bunday holdao‘g‘itlarning yillik me’yori oshiriladi.Qand lavlagi kuzgi g‘alla ekinlari, makkajo‘xori, g‘o‘za, dukkakli donekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh.
Tuproqni ishlash. Tuproqni ishlash tizimining asosiy vazifasio‘simlik uchun tuproqning suv va oziqlanish rejimini optimallashtirish, tuproqdagi foydali mikroflora faolligini kuchaytirish, kasalliklar, zararkunandalar, begona o‘tlarga qarshi kurashishdir.
Tuproqni asosiy ishlashga yerni haydash oldidan dalani lushchilniklar bilan ishlash, keyin 30-35 sm chuqurlikda PLN-4-35, PYa-3-35,PD-5-35 rusumli pluglar bilan kuzgi shudgor qilish kiradi. Tuproqnibahorda haydash qand lavlagi hosildorligini kamaytiradi. Tuproqniishlashda chimqirqarli pluglarni qo‘llash qand lavlagi zararkunandalarini kamaytiradi. Kuzgi shudgor dekabrgacha to‘la tugallanishi zarur.Kuzgi shudgorlash oldidan fosforli o‘g‘itlarning 80 % i, kaliylio‘g‘itlar yillik me’yorining hammasi, organik o‘g‘itlar solinadi.
Bahorda tuproqni ishlashga, tuproqni yumshatish, dalani tekislash,ekish oldi kultivatsiyalari kiradi. Sho‘r yerlarda qish davrida sho‘r yuviladigan bo‘lsa, o‘g‘itlar bahorda solinadi. Tuproq sho‘r yuvishlar natijasida zichlashib qolgan bo‘lsa otvalsiz pluglar bilan haydaladi yoki chizellanadi. Erta bahorda namni saqlash uchun ikki izli qilib boronalasho‘tkaziladi. Boronalash tuproq yetilmasdan o‘tkazilganda tuproq strukturasi buziladi, kech o‘tkazilganda nam yo‘qoladi, kesaklar maydalanmaydi.Boronalash 1 kunga kechiktirilganda 60-120 t/ga (6-12 mm) suv yo‘qoladi,ildizmeva hosili 6-12 ts/ga ga kamayadi. Erta bahorda boronalash BZTS- 1,0, BZSS-1,0, ShB-2,5 rusumli boronalar bilan zanjirli traktorlardao‘tkaziladi.
Begona o‘tlarga qarshi frontiyer x2 gektariga 1-1,2 kg/ga ekishdan oldin tuproqqa purkaladi, fazilad super 1-2 kg/ga, regio 3 kg/ga, goltiks 2kg/ga qand lavlagi 3-5 barg hosil qilganda, o‘suv davrida qo‘llaniladi.Gerbitsidlar OPSh-15-01, ON-400-3, OVX-28 purkagichlari bilanqo‘llaniladi va agregatlar 7 km/soat tezlikda harakat qiladi.
|
| |