|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 75/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1) Yeryong‘oq asosan Janubiy Afrikaning g‘arbiy regionlarida yetishtiriladi, qaysiki 40% g‘arbiy va shimoliy-g‘arbiy qismida, 29% Afrika qit’asining Shimoliy Garb va 24% G‘arbiy qismda tarqalgan. Limpado va Mpumanlanga da kam uchraydi. 2000-2001 yillari yeryong‘oq maxsuloti ekin
9 Johann Vollmann, Istvan Rajcan. Oil Crops. Spring, New York 10013, USA. 2009 у.
maydonini (140 00 ga) kengayishi hisobiga sezilarli darajaga ( 200 000 tonnaga
) oshdi.10
1.14-jadval
Moyli ekinlarning tarkibidagi moy miqdori va sifati (G.S.Posipanov ma’lumotlari)
Ekinlar turi
|
Quruq urug‘da moy miqdori,
%
|
Yod soni
|
Sovunla nish soni
|
Kislota soni
|
Qurish darajasi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
Lyallemansiya
|
23,3-37,3
|
162-103
|
181-185
|
0,8-4,4
|
Quriydigan
|
Perilla
|
261-49,6
|
181-206
|
189-197
|
0,6-3,9
|
-"-
|
Moyli zig‘ir
|
30,0-47,8
|
165-192
|
186-195
|
0,5-3,5
|
quriydigan
|
Moyli
ko‘knori
|
46,0-56,0
|
131-143
|
189-198
|
-
|
quriydigan
|
Kungaboqar
|
29,0-56,9
|
119-144
|
183-186
|
0,1-2,4
|
Yarim
quriydigan
|
Maxsar
|
25,0-32,0
|
115-155
|
194-203
|
0,8-5,8
|
--"--
|
Kunjut
|
48,0-63,0
|
1-3-112
|
186-195
|
0,2-2,3
|
--"--
|
Soya
|
15,5-24,5
|
107-137
|
190-212
|
0,0-5,7
|
--"--
|
Oq xantal
|
30,2-39,8
|
92-112
|
170-184
|
0,06-8,5
|
--"--
|
Yer-yong‘oq
|
41,2-56,5
|
83-103
|
182-207
|
0,03-
2,24
|
qurimaydigan
|
Kanakunjut
|
47,2-58,6
|
81-86
|
167-185
|
0,10-
11,0
|
--"--
|
Kuzgi raps
|
45,0-49,6
|
94-112
|
167-185
|
0,1-11,0
|
Yarim
quriydigan
|
Bahorgi raps
|
33.0-44,0
|
101
|
187
|
2,0
|
Yarim
quriydigan
|
100 g moy qancha yodni qabul qilsa, shunga qarab yod soni aniqlanadi.od soni ko‘p bo‘lgan moy tez quriydi. Shunga qarab o‘simlik moyi 3 guruhga bo‘linadi:
quriydigan moy (perilla, yalemansiya, ziir moyida) yod soni 130 dan ortiq bo‘ladi;
yarim quriydigan moyda yod soni 85-130 bo‘lib, bu oziq-ovqatda ishlatiladigan moy (kungaboqar, kunjut, soya, raps, xantal, maxsar);-
10 Groundnut, production guidelines. Kalule Okello David, Monyo Emmanuel 2015у.
qurimaydigan moyda (eryong‘oq va kanakunjut moyida)yod soni 85 dan kam bo‘ladi.
Oziq-ovqatda va texnikada qo‘llaniladigan moy tarkibida bog‘lanmagan moy kislotalar soni kam bo‘lishi kerak. Bu moylarni neytrallashtirish uchun o‘yuvchi kaliy qo‘llaniladi. Bir gramm moy tarkibidagi bog‘lanmagan moy kislotalarini neytrallash uchun sarflanadigan o‘yuvchi kaliy miqdoriga qarab kislorta soni aniqlanadi. To‘la pishmagan urug‘da kislota soni yuqori bo‘ladi.
O‘simlik moyi sovun ishlab chiqarishda qo‘llanadi. Shu xususiyatga baho berish uchun sovunlanish soni aniqlanadi. Bir gramm moy tarkibidagi bog‘lanmagan va glitserin bilan birikkan holatdagi hamma moy kislotalarni neytrallash uchun sarflangan o‘yuvchi kaliy miqdoriga qarab sovunlaish soni aniqlanadi.Texnikada qo‘llanadigan moyda kislota soni va sovunlanish soni yuqori bo‘lgani ma’qul.
Moyli ekinlarning tarkibida yuqori sifatli oqsil bo‘ladi. Tarkibida lizin, triptofan, tsistin, arginin kabi muhim aminokislotalar mavjud. Moyli ekinlar orasida eng ko‘p soya o‘simligidan moy ishlab chiqarilmoqda, undan keyin kungaboqar, yeryong‘oq, chigit, raps, kunjut, maxsar moyi turadi.
Moyli ekinlar orasida efirmoyli ekinlar ajralib turadi.Bu ekinlarning tarkibida (urug‘ida, mevasida, bargida, poyasida )5-7% efir moyi bo‘ladi.Bu guruhning asosiy vakillari arpabodiyon, kashnich, qora zira, yalpiz, oq ziradir.
Efirmoyli ekitnlar tabobatda, parfyumeriya va oziq-ovqatda qo‘llanadi.
Chiqindisi chorva mollariga yuqori sifatli oziq bo‘ladi.
Hosildorlikning ortishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar moyli palma va raps ekinlarida kuzatilgan bo‘lsada, ammo, bu ekinlar moy yetishtirishda asosiy o‘rinni egallamaydi. Moyli palma asosan Indoneziya va Malayziyada yetishtirilsa, raps Yevropa mamlakatlarida parvarishlab kelinmoqda. Shunga qaramay bu ekinlar ekin maydoni so‘nggi 25 yil davomida toboro ortib bormoqda, yangi serhosil nav va duragaylari yaratilmoqda. Ayniqsa nav va duragaylar yaratishda fan yutuqlari va biotexnologiyaning ko‘llanishi yaxshi natijalar ko‘rsatdi. Bunday xolat o‘z navbatida iqtisodiy samaradorlikni ortishiga hamda bu ekinlarga bo‘lgan e’tiborni ortishiga olib keldi.11
|
| |