|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 74/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1) Jahon qishloq xo‘jaligida sanoatning o‘simlik moyiga extiyoji ortib borishi hisobiga so‘ngi 25 yil davomida moyli ekinlarga bo‘lgan qiziqish keskin kuchaydi. Moyli ekinlar maydoni 1980 yili 160 mln.ga ni tashkil etgan bo‘lsa, 2005 yilga kelib 247 mln.ga ni tashkil etdi, ya’ni 87 mln.ga ga ortdi. Bir yilda o‘simlik moyi yetishtirish 1860 yili 278 mln. tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 2005 yiga kelib 711 mln tonnani tashkil etdi. Bu juda ajoyib natijaga sohada moyli ekinlar bo‘yicha mukammal konsepsiyaning ishlab chiqilgani, qiziqarli loyihalar bo‘yicha ishlar olib borilgani tufayli erishildi.
1981 yildan 2005 yilgacha palma va raps ekinlar hosildorligi 69-82 % ga oshdi. Bunday ko‘rsatkichlar tolali zig‘ir, kungaboqar ekinlarida ham kuzatildi. Soya ekinida hosildorlik 17 ts/ga dan 23 ts/ga ga 34 % ga ortdi.
Moyli ekinlarga e’tibor, bu ekinlarni ekib yetishtirish turli mamlakatlarda turlicha kechmoqda. 2006-20015 yilga mo‘ljallangan loyihalarga ko‘ra moyli ekinlar yetishtirishni Yevropa va Shimoliy Amerikada biroz sekinlashadi, Braziliya, Argentina, Malayziya, Indoneziya singari mamlakatlarda esa aksincha keskin ortadi.9
Moy ishlab chiqarilgandan keyin qolgan kunjara va shrot chorva mollariga yuqori to‘yimli ozuqa hisoblanadi. Ayrim moyli ekinlar silos tayyorlashda qo‘llaniladi.
Yer yuzida moyli ekinlar ko‘p tarqalgan, ekin maydoni 140 mln. Ga dan ortiqdir. Eng ko‘p tarqalgan ekinlar -soya (73,5 mln.ga), kungaboqar (18,33mln.ga), raps-surepitsa-22,25 mln.ga, yeryong‘oq-21,78mln.ga., moylizig‘ir-7,5 mln.ga, kunjut-6,75 mln.ga. Moyli ekinlar AQSh, Kanada, Hindiston, Braziliya, Argentina, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Moldova, Ukrainada tarqalgan.
O‘zbekistonda moyli ekinlardan maxsar, kungaboqar, kunjut, yeryong‘oq moyli zig‘ir va soya ekilmoqda.
Moyli ekinlar turli botanik oilalarga mansub, ular- karamdoshlar, dukkakdoshlar, sutlamaguldoshlar va boshqalardir.
O‘simlik moyi glitserinning moy kislotalari bilan birikishidan vujudga keladigan murakkab efirlardir. Moy tarkibiga uglerod-75-79%, vodorod-11-13% va kislorod-10-12% kiradi. Oqsil va uglevodga nisbatan moyning quvvatiikkiuchbarobar ortiqdir.
Moyning sifati ularning tarkibidagi kislotalarga, ya’ni to‘yinmagan oleinlinoleum, linol) va to‘yingan (palmatin, stearin) kislotalarga bog‘liq. Moyli ekinlar tarkibidagi moyning miqdori, sifati yetishtirish sharoitiga bog‘liq.
|
| |