• 20-rasm.
  • Navlar: O‘zbekistonda rayonlashtirilgan yangi navlar-Krasotka, RQ-8506, Sambred-254, Luchaferul. Vniimk




    Download 1,15 Mb.
    bet77/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Navlar: O‘zbekistonda rayonlashtirilgan yangi navlar-Krasotka, RQ-8506, Sambred-254, Luchaferul.
    Vniimk 8931-Krasnodar Moyli ekinlarITIda yaratilgan nav.Mualliflar: Pustovoyt V.S.,Pustovoyt G.V.Mironov K.,Chuprina V.,Surovikin V.N.,Gubin I.A.IlatovskiyV.P. 1971 yildan Jizzax,+ashqadaryo,Navoiiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent viloyatlaribo‘yicha Davlat reyestriga kiritilgan.
    Royasi shoxlamaydi, tik turuvchan.Balandligi 180smgacha.Yaxshi yanchiladi.Pistasti yirik, cho‘zinchoq o‘tkir qovurg‘ali,1000-ta urug‘ni vazni60,080,0 g.O‘rtacha hosildorlik-18-20ts/ga.Nav o‘rtapishar, amal davri95-120 kun.Nav shumg‘iya,zang, sklerotin va kulrang chirishga bardoshli.Moy miqdori- 43,4%.


    Kungaboqarning biologiyasi va navlari, etishtirish texnologiyasi


    Kungaboqar ishlov ber, to‘q qora rangda.1000-ta uruiladigan dalada, kuzgi va bahorgi don ekinlari (arpa bug‘doy)dan keyin ekish mumkin. Kungaboqarni qand lavlagi, beda va sudan o‘tidan keyin ekilmaydi, chunki bu ekinlar tuproqni quritib yuboradi.Raps, ko‘k no‘xat, soya va loviyadan keyin ham ekilmaydi, chunki kasalliklari bir xil. Kungaboqar bir ekilgan yerga 8-10 yildan keyin qayta ekish mumkin.





    20-rasm. Kungaboqar o‘simligi.


    Ikki xil turdagi kungaboqar navlari yetishtiriladi: 1. Inson iste’moli uchun sabzavot yog‘i sifatida 2. Qushlar uchun ozuqa maxsulotlari. Iste’mol moy gebridi 3 turdagi yog ‘kislotasidan iborat bo‘ladi. : linoleik , o‘rta- oleyk yoki yuqori oleyk. Kungaboqar don mag‘zi odatda qora rangdagi yupqa qoplama bilan qoplangan bo‘ladi. Ist’mol moylari maqsadida ishlatiladigan kungaboqar tarkibi 38-50% moydan va qolgan 20% oqsil dan iborat bo‘ladi. Ayrim turdagi qora donali kungaboqar navlari qush iste’moli uchun ham ishlatiladi. Lekin asosan qush iste’moli uchun ishlatiladigan kungaboqar navlari oq chiziqchali nisbatan yerik hajmda bo‘ladi.12




    Yerga ishlov berishda qo‘yiladigan asosiy talab-ko‘p yillik begona o‘tlardan tozalash, tekislash, namni saqlash, ko‘p yillik begona o‘tlar bilan zararlangan yerlarga ko‘p bosqichli ishlov beriladi:608 sm ga disklanadi, keyin 10-12 sm chizellanadi, og‘ir borona yurgiziladi (BDT-7), o‘t o‘sib chiqqanada yer haydaladi. kishdan oldin tuproq yuzasi tekislanadi, kultivatsiya 8-10sm chuqurlikda
    qilinadi va borona yurgiziladi.
    O‘g‘itlash.Yer xaydashdan oldin organik va fosforli-kaliyli o‘g‘itlar solinadi.Organik o‘g‘it sifatida 15-20t/ga go‘ng, 4-60 kg dan RK ekish bilan birga 10-15 k NPK unib chiqqandan keyin 30-50 kg azot, 20-40 kg, fosfor qo‘llaniladi.





    12 Sunflower Production 2012 у.
    Ekish.Ekish uchun rayonlashtirilgan navning urug‘i ekiladi.Urug‘ 1000 donasining vazni 50-100g bo‘lishi kerak, unuvchanligi 95% dan kam bo‘lmasligi, tupsoni nam yerlarda 40-50 ming, qisman sug‘oriladigan yerlarda 30-40 ming, lalmi yerlarda 20-30 ming o‘simlik maqsadga muvofiqdir.Amalda ekiladigan urug‘ miqdori urug‘sifatiga, ekish usuliga, navlarining biologiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
    Kungaboqar urug‘i ekishdan oldin fentiuram bilan ishlanadi (3kg/t), intensimv yetishtirish texnologiyasi qo‘llanganda yagana qilmaslik uchun aniq urug‘ ekiladi. O‘rtacha 45-55 ming dona urug‘ ekiladi yoki 5-8 kg/ga urug‘ olish uchun, 35-40 kg/ga silos tayyorlash uchun,ekish chuqurligi 6-10 sm, qator orasi 70sm ekadigan seyalkalar_SUPN-8, SKPP-12da kungaboqar keng qatorlab ekiladi.
    Ekinni parvarishlash.Quruq havoda ekilgan bo‘lsa, katoklar bilan zichlashtiriladi.+atqaloqqa qarshi borona qilinadi.O‘su vdavrida qator orasi 2-3 marta kultivatsiya qilinadi.+ator orasiga ishlov berishda KRN-5,6A, KRN-4,2A va qo‘shimchamoslamalar KLTq360,KLT-350 qo‘llaniladi.
    Begona o‘tlarga qarshi nitrin, treflan, zgezagard-50 gerbitsidlari qo‘llanadi, buning uchun OPSh-15,OP-200-2-01,POM-630 mashinalari qo‘llaniladi.
    Gullash davrida ekinzorga asalari uyalari qo‘yilsa, gullar yaxshi changlanadi, hosildorlik oshadi(1 gektarga-1,1-5 uya), kasalliklarga va hashoratlarga qarshi urug‘ ekishdan oldin TMTD80%-3 kg/t, apron 35%-4 kg/t ishlatiladi.Bu ishlar PS-10 yoki "Mobitoks" mashinasida bajariladi. Zarazixaga qarshi almashlab ekish, urug‘ni dorilash, chidamli nav ekish tavsiya qilinadi.
    O‘suv davrida sug‘oriladi.Sug‘orish me’yori 600-800 m3/ga bo‘lib, gullash davrigacha 2 marta, gullash davrida 2 marta, pishish davrigacha 1 marta sug‘oriladi. O‘simlik rangiga qarab yetilganligini aniqlash mumkin.Hosil don kombaynlarida maxsus moslama bilan faqat savatlari o‘riladi.So‘ngra poyalar o‘rib olinadi, maydalanib shirali oziqalarga qo‘shilib siloslanadi. Savatlarning 60-65% ismi qorayganda hosil yig‘ish boshlanadi. Saqlanadigan urug‘larning namligi 13% dan oshmasligi lozim.



    Download 1,15 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navlar: O‘zbekistonda rayonlashtirilgan yangi navlar-Krasotka, RQ-8506, Sambred-254, Luchaferul. Vniimk

    Download 1,15 Mb.