|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 79/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)Biologik xususiyatlari. Maxsar issiqsevar, qurg‘oqchilikka chidamli, yozi quruq, qishi sovuq kontinental iqlim sharoitiga moslashgano‘simlik. U gullash va pishish fazasida issiqlikka juda talabchanbo‘ladi. Maysalari 5-60S sovuqqa bardosh beradi. Maxsar O‘zbekistonsharoitida kuzda ekilganda maysalari yaxshi qishlab chiqadi. Kuzda ekilgan maxsar bahorda ekilganiga nisbatan yuqori hosil beradi.
Gullash davrida sernam, bulutli ob-havo kuzatilsa gullar yomonchanglanadi, pistachalar kam hosil bo‘ladi, savatcha chirib boshlaydi.Maxsar tuproqqa talabchan emas. U lalmikorlikda, sug‘oriladiganmintaqadagi bo‘z, o‘tloq, o‘tloq-bo‘z tuproqlarda o‘sadi. Sho‘rga chidamliligi tufayli sho‘r tuproqlarda ham o‘sa oladi.
Unumdorligi yuqori, nambilan ta’minlangan tuproqlarda yuqori hosil beradi.
Navlari. Maxsarning Milyutinskiy-114 navi
Maxsarning yetishtirish texnologiyasi
O‘zbekistonda maxsarning Milyutinskiy-114 navi Davlat ro‘yxatidan o‘tgan va u lalmikorlikda, suvlikda o‘stiriladi. Almashlab ekishlardamaxsar kuzgi g‘alla ekinlari, toza shudgor, band shudgordan keyin joylashtiriladi. Sug‘oriladigan yerlarda g‘o‘za, makkajo‘xori, dukkakli don ekinlari, sabzavot ekinlaridan keyin ekilsa yaxshi natija beradi. Maxsarning o‘zi ham boshoqli don ekinlari uchun o‘tmishdosh.
Lalmikor yerlarda maxsar ekiladigan maydonlar 20-22 sm chuqurlikda haydaladi. Sug‘oriladigan yerlarda maxsar uchun tuproq 25-27 sm chuqurlikda kuzgi shudgor qilinadi. Yerni ekishga tayyorlash ertabahorda nam saqlaydigan boronalashdan iborat.
O‘g‘itlash. Maxsar o‘g‘itlashga juda talabchan. Lalmikorlikda nambilan ta’minlangan mintaqada N30R60 kg/ga solish hosildorlikni 4-5ts/ga oshiradi.
Ekish. Ekish uchun tozaligi 95 %, unuvchanligi 85 % dan kam bo‘lmagan urug‘lardan foydalaniladi. Maxsar juda erta bahori don ekinlari bilan bir vaqtda ekib boshlanadi. Maxsarni qator oralari 30 va 45 sm qilib ekish keng tarqalgan.
Ekish me’yori 10-12 kg/ga. Ekish chuqurligi 5-8 sm.Parvarishi maysalarni ko‘ndalangiga boronalash, qator oralarini3-4 ishlashdan iborat. Sug‘oriladigan yerlarda 3-4 sug‘oriladi. Sug‘orishme’yori 600- 800 m3 / ga.
Hosil bir fazali usulda, to‘la pishish fazasida qayta jihozlangankombaynlarda o‘rib yanchib olinadi.Kunjut nam tuproqqa, urug‘ ekiladigan qatlamga 15-160S qiziganda,qator oralari 45,60,70 sm qilib ekiladi. Ekish me’yori 5-8 kg/ga. Ekishchuqurligi 2-3 sm. Urug‘lar ekilgandan keyin tishli g‘altaklar bilang‘altaklanadi. O‘suv davrida qator oralari 3-4 marta ishlanadi. Qalinbo‘lsa 6-7 sm ga bir tup o‘simlik qoldiriladi, yagona qilinadi.
Sug‘oriladigan yerlarda kunjut ikki marta shonalash va yoppasigagullash fazalarida sug‘oriladi. Tuproq iqlim sharoitiga qarabsug‘orishlar soni uchtaga yetkazilishi mumkin. Sug‘orish me’yori 700-1000m3/ga. Ekish oldidan tuproq qurigan bo‘lsa ekish oldi sug‘orishio‘tkaziladi.
Kunjut urug‘lari yetilganda to‘kiladi. Shuning uchun hosilniyig‘ishtirish pastki ko‘sakchalar qo‘ng‘ir rangga kirganda, ammo hali yorilmaganda, urug‘lar o‘zining haqiqiy navga xos rangiga kirganda boshlanadi. Hosilni ikki fazali usulda yig‘ishtirish eng samarali.
Saralangan, tozalangan urug‘lar namligi 9 % dan ortiq bo‘lmaganholda saqlanadi.
|
| |