|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 78/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)Nazorat savollari.
Moyli ekinlarning ahamiyati
Kungaboqarning - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
Kungaboqarni biologiyasi va navlari
Kungaboqarni etishtirish texnologiyasi
Mavzu: Maxsar va eryong‘oq o’simliklarini - biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi.
Reja:
Maxsar o’simligini- ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
Maxsarning yetishtirish texnologiyasi
Yeryong‘oq o’simligini - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
Yeryong‘oqning yetishtirish texnologiyasi
Maxsar o’simligining- ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
Maxsar– Markaziy Osiyoda keng tarqalgan moyli ekin. U qurg‘oqchilikka chidamli. Maxsar moyi bevosita oziq-ovqatga ishlatiladi hamda margarin tayyorlashda foydalaniladi. Urug‘idan 25-32 % yarim quriydigan, och-sariq moy olinadi. Sifatiga ko‘ra kungaboqar moyidan qolishmaydi.
Maxsar pistalarini qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan kunjarasining mazasi achchiqroq, ammo kam miqdorda qoramollarga bersa bo‘ladi. Uning 100 kg kunjarasida 55 o.b., 7-8 % yog‘ saqlanadi. Unidan o‘g‘it sifatida ham foydalanish mumkin. Maxsar urug‘lari parrandalar uchun yaxshi oziqa.
Hindiston, Afg‘oniston, Markaziy Osiyoda, Kavkaz ortida maxsar moyli ekin sifatida qadimdan ma’lum. Uning tojbarglaridan bo‘yovchimodda kartamin olingan. Tojbarglari palovga rang beruvchi sifatidaishlatiladi.
O‘zbekistonda keyingi yillarda maxsar ekiladigan maydonlar bir necha baravar oshdi. Hozirda O‘zbekistonning lalmikor yerlarida 15-20 ming ga maydonga ekiladi. U qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgani uchun yashil massasi, oziqa uchun ham o‘stiriladi. Urug‘ining o‘rtacha hosildorligi 10-12 ts/ga, sug‘oriladigan yerlarda 19-22 ts/ga.
Botanik ta’rifi. Maxsar astradoshlar Astezaceae oilasiga, CazthamusL. avlodiga kiradi. Uning 19 turi ma’lum, shulardan faqat bitta tur
C. tinctozius L. madaniy.
|
| |