• Tuproqni ishlash.
  • Yeryong‘oqning yetishtirish texnologiyasi




    Download 1,15 Mb.
    bet81/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Yeryong‘oqning yetishtirish texnologiyasi.


    Yeryong‘oq sug‘oriladigan yerlarda, yetishtirish texnologiyasiga rioyaqilinganda gektaridan 30-40 ts hosil berishi mumkin. Hosildorligi 20-30 ts/ga bo‘lganda har gektarda 100-120 kg biologik azot qoldiradi. Shuning uchun yeryong‘oq g‘o‘za, kuzgi don ekinlari, makkajo‘xori, sabzavotekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh. Yeryong‘oqni almashlab ekishlarda kuzgibug‘doy, arpa, javdar, oraliq ekinlar, g‘o‘za, kartoshkadan keyin joylashtirish maqsadga muvofiq.
    O‘g‘itlash. Yeryong‘oq organik va ma’danli o‘g‘itlarga juda talabchan.Organik o‘g‘itlardan chirigan go‘ng 15-20 t/ga solinishi yaxshi natija beradi. Chirimagan go‘ng yoki yarim chirigan go‘ng solinganda tuxum qo‘yuvchiqarsildoq qo‘ng‘iz g‘umbagi, simqurt va uning qo‘ng‘izlari ko‘payib ketib,yosh dukkaklarga zarar keltiradi.
    Ma’danli o‘g‘itlarning yillik me’yori azot 10-15 kg, fosfor 60-80kg, kaliy 4060 kg/ga ni tashkil qiladi. Fosforli, kaliyli o‘g‘itlar yernihaydashdan oldin, azotli o‘g‘it ekish oldidan beriladi.
    Urug‘lar ekish oldidan nitragin yoki rizotrofin bilan ishlanadi.Rizotrofinni 1 ga ekiladigan uruqqa 200 g me’yorda aralashtribekish, dukkaklar hosilini 15-20% oshiradi.
    Tuproqni ishlash. Yeryong‘oq ekiladigan dalalar kuzda shudgorqilinadi. Yerni haydash chuqurligi 30-32 sm yangi o‘zlashtirilgan yerlardahaydash chuqurligi 20-22 sm dan boshlanadi. Bahorda yer boronalanadi, chizellanadi, mola bosib ekishga tayyorlanadi.
    Urug‘larni ekishga tayyorlash. Ekish uchun yirik, kasallanmagan, zararkunandalardan jarohatlanmagan urug‘lardan foydalaniladi. Ekishdan oldin urug‘lar panoktin bilan 2 kg/t me’yorda ishlanadi. Nitragin bilan ishlash urug‘ ekiladigan kun o‘tkaziladi.
    Ekish. Yeryong‘oq tuproq harorati 120S qiziganda aprel oyining birinchi, ikkinchi o‘n kunligida ekib boshlanadi. Ekish muddati janubiyviloyatlarda ertaroq boshlanishi mumkin.
    Ekish SPCh-6A, SUK-24 yoki chigit ekadigan seyalkalarda o‘tkaziladi.Qator oralari 60, 70, 90 sm qilib ekiladi. Ekish me’yorini belgilashdabir gektarda 100-120 ming dona o‘simlik qoldirilishi hisobga olinadi.Urug‘ yirikligiga qarab ekish me’yori 60-80 kg/ga, dukkaklar ekilgandaekish me’yori 25-30 % oshiriladi. Urug‘lar mexanik tarkibi yengil tuproqlarda 6-8 sm, og‘ir tuproqlarda 4-5 sm chuqurlikka ekiladi. Keyingiyillarda yeryong‘oqni pushtalarga ekish yaxshi natija bermoqda, ayniqsa, zaxkash yerlarda.
    Parvarishi. Ekilgandan keyin qatqaloq hosil bo‘lsa, unibchiqquncha boronalash o‘tkaziladi. Maysalar hosil bo‘lgandan keyin qatororalari kultivatsiya qilinadi. Qator oralarini ishlash sug‘orishlardankeyin, yer yetilishi bilan o‘tkaziladi. Yeryong‘oq maysalari hosil bo‘lishidan gullashgacha namlikka kam talabchan va shuning uchun bu davrda bir sug‘orish kifoya qiladi. Gullashdandukkaklarni yetilishigacha tuproqda namlik ChDNS 70 % dan kambo‘lmasligi lozim.
    Sug‘orish me’yori 700-1000 m3/ga. Mavsumiy sug‘orish me’yori 4000-5000 m3/ga ni tashkil qiladi.O‘suv davrida sug‘orishlar soni 4-5. Yeryong‘oqning o‘sish davrida ekinzorni begona o‘tlardan toza holda saqlash, o‘toq qilish, ginoforlar hosilbo‘lganda qator oralarini yumshatib, tup atrofiga tuproqni uyumlashishlari amalga oshiriladi.

    Download 1,15 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yeryong‘oqning yetishtirish texnologiyasi

    Download 1,15 Mb.