|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 84/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)Namlikka talabi. Kanop tuproq namligiga talabchan. Uning me’yo- rida o‘sib rivojlanishi, yuqori hosil to‘plashi uchun eng maqbul tuproq namligi eng kam dala nam sig‘imining 75-80 %. Shuning uchun kanop O‘zbekistonda faqat
sug‘oriladigan yerlarda ekiladi. Namga eng talabchan davri uch bo‘lakli barglarning hosil bo‘lishigacha, poyaning jadal o‘sishiga to‘g‘ri keladi.
Tuproqqa talabi. O‘zbekistonda kanop unumdor tuproqlarda, daryo sohillarida bo‘z, o‘tloq, o‘tloq-bo‘z tuproqlarda ekiladi. Sho‘r, qumoq, botqoqlashgan, toshloq tuproqlarda u yaxshi o‘smaydi. Sho‘rtob tuproqlar kanop uchun yaroqsiz. O‘suv davri 120-160 kun. Oziqa moddalarga talabi. Kanop gektaridan 180-200 ts poya berishi uchun tuproqdan ko‘p oziqa elementlarini o‘zlashtiradi. Kanop fosforni azotga nisbatan besh baravar kam o‘zlashtiradi. U 1 t poya va shunga muvofiq barglar hosil qilish uchun tuproqdan 14 kg azot, 2,5 kg fosfor o‘zlashtiradi. Kanop ma’danli va organik o‘g‘itlarni solishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ma’danli va organik o‘g‘itlarni bir vaqtda qo‘llash eng yuqori natija beradi.
Kanopning o‘sish xususiyatlari. Kanop o‘sish davrining dastlabki 30-45 kunida juda sekin o‘sadi. Bu davrda uning ildiz tizimi yaxshi ri- vojlanadi. Keyin uning yer ustki massasi tez, bir kunda 6-10 sm o‘sadi. Ensiz, lansetsimon bargning hosil bo‘lishi bilan poyaning o‘sishi deyarli to‘xtaydi. Dastlabki rivojlanish davrida poyalar sekin o‘sganda uni begona o‘tlardan himoya qilish muhim ahamiyatga ega. Kanopning gullash davri davomli 6 haftagacha davom etadi. Har kuni 1-2 gul ochiladi. O‘zbekiston sharoitida barg qo‘ltiqlaridan ikkilamchi, uchlamchi gullar ham hosil bo‘ladi va bunday holda bir kunda 5-7 gul ochiladi. Kanop o‘zidan changlanadi, kam miqdorda chetdan changlanish kuzatilishi mumkin. Gullar odatda ertalab ochiladi. Havo bulutli bo‘lsa gullarning ochilishi kechikadi. Gullar ochiq havoda kam bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida so‘liydi va yopiladi. Gullash davri cho‘zilganligi uchun ko‘saklar va urug‘larning pishishi uzoq davom etadi. Pastda joylashgan ko‘saklarda urug‘ pishganda poyaning yuqori qismida gullash davom etadi.
Texnikaviy yetilishi 110-130 kunda, biologik yetilish (urug‘ning pishishi) 130-150 kunda kuzatiladi. Kanopni yetishtirish texnologiyasi. O‘zbekistonda kanopning Uz- bekskiy-1972, Uzbekskiy-2142, O‘zbekiston-2225 navlari ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
|
| |