G’o’zaning kelib chiqishi va yer yuzasida tarqalishi tarixi




Download 1,15 Mb.
bet87/93
Sana18.05.2024
Hajmi1,15 Mb.
#242107
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   93
Bog'liq
Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

G’o’zaning kelib chiqishi va yer yuzasida tarqalishi tarixi


O’rta Osiyo mamlakatlari qadim zamonlarda ham paxtachilik bilan shug’ullanganligi tarixiy manbalarda va mahlumotlarda qayd qilib o’tilgan.


G’o’za o’simligi Gossyrium L avlodining Malvaceae oilasiga mansub. Bu, asosan, bo’r davridan mahlum bo’lib, 70-100 million yillik evolyutsiya jarayonida rivojlanib kelgan. Dastlab Gossipium avlodiga mansub bu g’o’za o’simligi tropik mintaqalarning o’rmon-larida o’sgan. Keyinchalik bu mintaqalarda havo o’zgarishi tufayli yangi ekologik muhitga mos bo’lgan qurg’oqchilikka chidamli turlari paydo bo’la boshlagan. Natijada g’o’zaning issiqqa chidamli ksero-fit holda ko’p yillik o’suvchi turlari paydo bo’lgan. Shunday qilib g’o’za tropik, havo harorati 18oC dan past bo’lmaydigan mintaqalardan kelib chiqqan. Agar bir yillik g’o’zani kuzda sovuq urmasa, u bir necha yil yashashi va hosil berishi mumkin. G’o’za tabiatan ko’p yillik daraxtsimon o’simlik bo’lib, yovvoyi holda o’sadiganlarida hosili kam va tola sifati o’ta pastdir. Hozirgi ekilayotgan g’o’za navlari selektsioner-larning mashaqqatli mehnatlari tufayli madaniy holga yetkazil-gan turlari hisoblanadi.
Ko’p yillik yovvoyi g’o’zalarning bo’yi 5-7, hatto 20 m gacha bo’ladi. O’zbekistonda, asosan, o’rta tolali, asosiy poyasining bo’yi 90-120 sm gacha bo’lgan g’o’za navlari ekiladi. Madaniy turlariniki esa 30 sm dan 2 m gacha bo’ladi. G’o’za dunyoning beshta qithasida: Osiyo, Amerika, Afrika, Avstraliya va Yevropada o’stiriladi. G’o’za hozirgi kunda janubiy kenglikning 380 dan – Avstraliyada, shimoliy kenglikning 440 gacha Xitoy Xalq Respublikasi orasida-gi yaqin mamlakatlarda ekiladi. Jahon paxtachiligining asosiy mintaqalari shimoliy kenglikning 37 va 430 o’rtasida joylashgan mamlakatlar paxta yetishtirish bilan shug’ullanadi.
Er sharida paxtaning ekin maydoni 32-34 mln. gektar atrofida bo’lib, 19-20 mln. tonnagacha tola olinadi. G’o’zani asosiy ekin maydonlari Hindistonda-8,5; AQSh da-6,5; Xitoyda-5,5; Pokistonda-2,9; O’zbekistonda-1,5 mln gektarni tashkil etadi. Xitoyda g’o’za o’stirishga yaroqli to’rtta agroiqlim mintaqalari ixtisoslashgan. Bular Xanxe, Yantszi daryolari vodiylari, shimoliy-g’arbiy va hozirgi shimoliysharqiy mintaqalardir. AQSh da paxta yetishtirish bilan janubiy shtatlar: Texas, Missisipi, Arkanzas, Alabama, Jorjiya, Luiziana shtatlari, g’arbiy shtatlarida esa: Kaliforniya, Arizona, Ng’yu-Meksika shug’ullanadi. Shimoliy va markaziy Amerikada Meksika, Nikaragua, Gvatemala hamda Salvador davlatlarida, Janubiy Amerikada esa Braziliya, Argentina, Peru, Kolumbiya, Venesuela, Paragvay va Ekvador kabi mamlakatlarda ham paxta yetishtiriladi. Afrikada qariyb 8% paxta yetishtiriladi. Asosiy paxta yetishtiriladigan mamlakatlar qatorida Misr va Sudanda shu kontinentda yetishtiriladigan paxtaning 85% mazkur mamlakatlar ulushiga to’g’ri keladi. Sudan, FSQ (fil suyagi qirg’og’i) Chad va Malida ayniqsa ko’p paxta yetishtiriladi.
Paxtachilik Avstraliyada tez surhatlar bilan rivojlanib bormoqda. Bu mamlakatda ekin maydonlarini kengaytirish va ho-sildorlikni oshirish yo’li bilan tobora ko’p paxta yetishtiril-moqda.
Mahlumki, yer yuzi ilgari bitta yaxlit materikdan iborat bo’lgan. Geologik o’zgarishlar tufayli kontinentlarga (qithalarga) bo’lingan. Bu kontinentlar o’ziga xos iqlim sharoitiga ega bo’lgan-ligi sababli, g’o’za ham shu sharoitga moslasha borgan. Natijada g’o’zaning bir-biridan 3 ta katta geografik guruhlari:
Avstraliya (Sturtiya), Osiyo-Afrika (paleotropik-eugossu-pium) va Amerika (Neotropik) paydo bo’lgan. Mana shu guruhdagi g’o’zalar tashqi muhitga hamda irsiy xususiyatlarga qarab bir qancha kichik guruhlarga bo’linib tabaqalashib ketgan. Jumladan, g’o’za-ning Osiyo-Afrika guruhi Osiyo - (janubiy va sharqiy-janubiy Osiyo) va Afrika (Afrika va g’arbiy-janubiy Osiyoning bir qismi) guruhlariga mansub deyilishi mumkin.
Amerika guruhi ham ikkita kichik guruhga: Markaziy Amerika va Janubiy Amerika guruhlariga bo’lingan. «Gossipium» avlodi mana shu tur va xillarning tabiiy holda ko’payishiga asos bo’lgan.
Inson paxtachilik bilan muntazam shug’ullanishi oqibatida bu guruhlardan yangidan-yangi tur xillarini vujudga keltirdi. Bundan turlararo duragaylash yo’li bilan yangidan-yangi g’o’za formalari yaratildi. Mana shu o’tgan davr mobaynida
g’o’zaning tabiati shu qadar o’zgardiki, oqibatda tropik mintaqalarda o’sib hosil beribgina qolmay, balki subtropik va nihoyat issiqligi kamroq, vegetatsiya davri birmuncha qisqacha bo’lgan kontinental iqlim sharoitida ham o’sib, yuqori hosil beradigan holga kelti-rildi.
Tropik mintaqada g’o’zaning daraxtsimon formalarida dast-labki ko’sak 7-9 oyda yetilsa, bir yillik g’o’zada 4-6 oyda pishib yetilmoqda.



  1. Download 1,15 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   93




Download 1,15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



G’o’zaning kelib chiqishi va yer yuzasida tarqalishi tarixi

Download 1,15 Mb.