|
Kanopning yetishtirish texnologiyasi
|
bet | 85/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)
Kanop texnikaviy ekin, o‘tmishdoshlarga talabchan. Kanop uchun kuzgi boshoqli don ekinlari, beda, dukkakli don ekinlari, makkajo‘xori, sab- zavot ekinlari yaxshi o‘tmishdosh. Kanopdan keyin dala begona o‘tlardan toza, tuprog‘i yumshoq holda qolganligi uchun u boshoqli don, sabzavot, poliz ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh.
O‘g‘itlash. Kanop oziqa elementlariga juda talabchan. Poyalar hosili gektaridan 100 ts bo‘lganda kanop tuproqdan 120-150 kg azot, 60-80 kg fosfor, 120- 160 kg kaliyni o‘zlashtiradi. O‘suv davrining birinchi yarmida fosfor va kaliyni ko‘p o‘zlashtiradi. Azotni o‘zlashtirish shonalash va gullash davrida ortadi. Kanop o‘g‘itlashga juda ta’sirchan. Gektariga 15-20 t go‘ng va ma’danli o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llash juda yuqori samara beradi. Go‘ng yillik me’yorining hammasi,
fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning yarmi yerni haydash oldidan solinadi. Gektariga 2530 kg azot va fosfor ekish bilan, qolgan qismi ikki marta oziqlantirish sifatida 8- 10 barglar hosil bo‘lganda va shonalash fazalarida solinadi.
Tuproqni ishlash. Kuzda tuproqni ishlash imkoni boricha ertaroq o‘tkaziladi. Kuzgi shudgor sentyabr, oktyabrda 28-30 sm chuqurlikda, chimqirqarli pluglarda bajariladi. Erta bahorda namni saqlash, qisman yerni tekislash maqsadida ikki izli qilib «zig-zag» boronalari bilan boronalanadi. Ekishdan oldin tuproq chizellanadi yoki otvalsiz pluglar bilan ishlanadi. Tuproq zichlashmagan bo‘lsa ekish oldidan 12 kultivatsiya qilish, boronalash, zarur hollarda molalash o‘tkaziladi. Ekish oldidan yer albatta tekislanadi.
Ekish. Ekish uchun saralangan, tozalangan, sog‘lom yuqori konditsiyali urug‘lar ekiladi. Ekishdan oldin urug‘lar oftobda yoyib quritiladi, ponaktin preparati bilan 200 g/ts uruqqa hisobida ishlanadi.
O‘zbekistonda kanop asosan Toshkent viloyatida ekiladi. Eng maqbul ekish muddati Toshkent viloyati sharoitida 10-20 aprel, urug‘ uchun ekilganda 1-10 aprel. Tuproqdagi harorat, ekish chuqurligida 12-150S qiziganda ekish boshlanadi.
Ekishni kalendar muddatlari tuproq-iqlim sharoitiga qarab o‘zgaradi. Ekish SPCh6A yoki STX-4G, SXU-4, SXU-8 chigit seyalkalarida o‘tkaziladi. Qator oralari 60, 70 sm. Keyingi yillarda kanopni qo‘shqatorlab, lentalar orasi 20 sm qilinib, qator oralarini 70 sm qilib ekish yuqori samara bermoqda.
Ekish me’yori 25-30 kg/ga. Kanop urug‘lik uchun o‘stirilganda qator oralari 60 sm qilib ekiladi. Urug‘lik uchun ekilganda kanopning ekish me’yori gektariga 810 kg ni tashkil qiladi. Ekish chuqurligi 5-6 sm, og‘ir tuproqlarda 3-4 sm. Parvarishi.
Kanop urug‘lari ekilgandan keyin maysalar hosil bo‘lguncha qatqaloq hosil bo‘lsa, qatqaloq boronalash yo‘li bilan yo‘q qilinadi. Kanop dastlabki rivojlanish fazalarida sekin o‘sadi, shuning uchun begona o‘tlar bilan tez ifloslanishi mumkin. Boronalash, qator oralarini kultivatsiya qilish begona o‘tlarni qisman yo‘q qiladi.
O‘suv davrida qator oralari 5-6 marta ishlanadi. Har bir sug‘orishdan keyin tuproq yetilishi bilan kultivatsiya o‘tkaziladi. Qator oralari o‘simlik qatorlarini yopib qo‘yguncha o‘tkaziladi (o‘simlik bo‘yi 0,8-1 m ga yetguncha). O‘suv davrida tola uchun o‘stirilgan kanop 5-6 marta sug‘oriladi. Sug‘orish me’yori 800-1200 m3/ga. Sug‘orishlar soni, me’yori sizot suvlarning joylashish chuqurligiga ham bog‘liq. O‘simlikning o‘suv davrida tuproqdagi namlik ChDNSning 80 % ushlanganda eng qulay namlik hosil qilinadi. Sizot suvlarning joylashish chuqurligi, atmosfera yog‘ingarchiliklari hisobga olingan holda sug‘orish sxemalari, rejimi belgilanadi.
Odatda birinchi sug‘orish o‘simlik bo‘yi 12-16 sm ga yetganda, navbatdagilari har 15-20 kunda o‘tkaziladi. Urug‘lik uchun ekilgan kanop agrotexnikasi, tola uchun o‘stirilgandagiga nisbatan farq qiladi. Urug‘lik kanopzorlarda o‘simlik qalin bo‘lsa, yagona qilinadi va bir gektarda 150-180 ming tup o‘simlik qoldiriladi. Sug‘orishlar o‘suv davrida 3 marta o‘tkaziladi. Birinchi sug‘orish o‘simlik 18-20 barg hosil qilganda, ikkinchisi shonalashda, uchinchisi gullash fazalarida o‘tkaziladi. Mavsumiy sug‘orish me’yori 3500-4000 m3/ga.
|
| |