Hosilni yig‘ishtirish. Kanop tola uchun o‘stirilganda, ekinzordagi 50 % o‘simliklar gullaganda texnikaviy pishish boshlanadi. Yashil poyalar texnik jixatdan yetilganda hosil o‘riladi. Yangi o‘rilgan poyalardan tolani ajratish LO-1A tola ajratish mashinalarida bajariladi. Olingan yashil lublar dalada qator qilib quritiladi. Quritilgan lublar 10- 12 kg vaznda bog‘lanadi. Tayyorlash manzilgohlariga topshirishdan oldin lub navlarga ajratiladi. Kanop KU-0,2 kombaynlarida o‘rilganda poyalarni kesish, yetilmagan va begona o‘tlarni ajratish, poyalardan lub ajratish va ularni quritish uchun yerga yoyib qo‘yish ishlari amalga oshiriladi. Urug‘lik kanop JK-2,1 o‘roq mashinalarida, 75 % o‘simlikda pastki 3-4 ko‘saklar yetilganda o‘rib boshlanadi. Toshkent
Nazorat savollari.
Lub-tolali ekinlar ahamiyati
Kanop- ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
Kanop biologiyasi va navlari
Kanopetishtirish texnologiyasi
16 -Mavzu: O’zbekistonning paxtachilik bo’yicha dunyoda tutgan o’rni.
G’o’zaning kelib chiqishi va yer yuzasida tarqalishi tarixi.
Reja:
O’zbekistonning paxtachilik bo’yicha dunyoda tutgan o’rni.
G’o’zaning kelib chiqishi va yer yuzasida tarqalishi tarixi.
O’zbekistonning paxtachilik bo’yicha dunyoda tutgan o’rni.
G’o’za eng qimmatbaho texnik ekin bo’lib, xalq xo’jaligining biron-bir tarmog’i yo’qki, uning mahsulotidan u yoki bu darajada foydalanmasin. Dunyo miqyosida paxta mahsulotlariga bo’lgan talab yildan-yilga ortib bormoqda. Ayniqsa, paxta tolasidan tayyorlanadigan kiyim-kechaklar o’zining tabiiyligi, nafisligi va gigienik jihatdan qulayligi bilan boshqa ekinlarning tolalaridan keskin farq qiladi. Shunday ekan, g’o’zaning ekilayotgan navlaridan yuqori va sifatli hosil olish qishloq xo’jaligining asosiy maqsadi hisob-lanadi. Buning uchun, dastavval, ular tezpishar, yahni hosilning ka-mida 85-90% birinchi sanoat navlarini tashkil etishi, tola chiqi- shi yuqori, ko’saklari yirik bo’lishi, vegetatsiya davri qisqa, tezpishar, noqulay sharoitlarga bardosh bera olishi kerak. Agar navlar elastik bo’lsa, har qanday sharoit- larga tez moslashib, yuqori hosil yetishtirish imkonini beradi. Bulardan tashqari g’o’zaning keng tarqalgan kasallik va zararkunandalariga chidamli, hosili mashinalar yordamida terib olishga qulay, tupi yotib qolmaydigan, ortiqcha
g’ovlamaydigan hosil shoxlari I va II-kenja tipga mansub, paxtasi chanoqlaridan to’kilmaydigan bo’lishi kerak.
G’o’za texnik ekinlar ichida eng qimmatli ekin turi bo’lib, u, asosan, tolasi uchun ekiladi.
Paxta tolasidan to’qilgan gazlamaning sifatli bo’lishi, birinchi navbatda tolaning texnologik xususiyatlariga, yahni uning uzunligiga, pishiqligiga, ingichkaligiga, nisbiy uzilish kuchiga bog’liq. Tola qanchalik ingichka va pishiq, uzun va rangi oq bo’lsa, shunchalik qimmatli bo’ladi, undan eng yaxshi nafis gazlamalar to’qiladi.
Paxta sanoatda xalq xo’jaligining turli sohalarida keng foydalaniladi va 100 dan ortiq turdagi mahsulot olinadi. Asosiy mahsulot paxta tolasi bo’lib, to’qimachilik sanoati uchun u tengi yo’q xom ashyo hisoblanadi, xalqaro savdoda esa unga doimo ehtiyoj kattadir. Jahon bozorida neftg’, ko’mir, gaz va yog’och mahsulotlariga qaraganda paxta yetakchi o’rin egallaydi.
Paxta tolasidan harbiy maqsadlarda parashyutlar tayyorlashda, turli xil gazlamalar, ip, arqon, baliq ovlaydigan to’r, tasma, transportyor lentasi, qog’oz kabi bir qancha mahsulotlar tayyorlanadi.
Bir tonna paxtadan 340-350 kg tola, 50-60 kg momiq, 600 kg Chigit chiqadi. Bir tonna Chigitdan 170 kg moy, 400 kg kunjara, 50-60 kg momiq, 60 kg o’simlik oqsili, 300 kg sheluxa olinadi. Bundan tashqari dastlabki qayta ishlash
jarayonida margarin, kir sovuni, alif moyi ishlab chiqariladi.
G’o’za o’simligi poyasi va shoxlaridan mebel sanoatida turli xil mahsulotlar tayyorlanadi, masalan; DSP.
Paxtachilik bir qator mamlakatlar iqtisodiyotining muhim tarmog’idir. Jahon bo’ylab paxta tolasi ishlab chiqarish hajmi muntazam ravishda o’sib bormoqda va hozir u deyarli 19 mln. tonna-ni tashkil qiladi.
O’zbekiston yiliga taxminan 1,5 mln.t. paxta tolasi yetishti-rib, paxta yetishtiruvchi 71 mamlakat orasida 4-5 o’rinni egallab turibdi. Respublikamiz ekin maydoni bo’yicha Hindiston, Xitoy, AQSh va Pokistondan keyingi o’rinni, yalpi hosil bo’yicha 14 o’rinni egallab turibdi.
O’z taraqqiyotidagi barcha kamchiliklarga qaramay, paxtachilik o’tgan o’n yilliklar davomida respublikamiz qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida yetakchi tarmoqqa aylandi, mustaqillikka eri-shilgandan keyin ahamiyati
yanada ko’tarilmoqda.
Bizning mintaqada g’o’za anhanaviy qishloq xo’jalik ekini bo’lib, paxta yetishtirish va qayta ishlash bo’yicha boy tajriba to’plagan. Soha kuchli moddiytexnika bazasiga va ilmiy texnika potentsialiga ega, loyihalash va konstruktor tashkilotlari tomo-nidan sohani rivojlantirish bo’yicha katta ishlar amalga oshirilgan. O’zbekistonning jahon bozoriga mustaqil chiqish sha-roitiga ega bo’lgan bugungi kunda paxta mahsulotini ishlab chiqarish, samaradorligini oshirish va uning raqobat qila olish qobiliyatini tahminlash muhim hayotiy ahamiyat kasb etadi. Dehqonchilikning har bir sohasida bo’lgani kabi paxtachilik-ning rivojlanishi ham yuqori hosildor, kasallik va keskin o’zgaruvchan sharoitlarga chidamli va tovar
mahsulotining sifati yaxshi bo’lgan g’o’za naviga bog’liq. Tajribalarning natijalariga ko’ra qo’shimcha xarajat qilmay faqat istiqbolli yangi nav hisobiga hosilni 15-20 foizga oshirish mumkinligini ko’rsatdi. O’zbekiston paxtachilik mintaqasining eng shimoliy qismida joylashgan. Shuning uchun ertapishar navlarni yaratish g’o’za selektsiyasida muhim masala bo’lib qolmoqda. So’nggi yillarda uzoq davom etgan seryomg’ir bahor buni yana bir bor tasdiqlaydi. Yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish sharoitida paxtakorlar ertapishar, tola sifati yuqori, g’o’zaning turli kasalliklariga hamda zararkunandalariga bardoshli sovuq tushguncha yi-g’ishtirilib olish mumkin bo’lgan navlarni yaratishni talab qilishmoqda.
Selektsiya ishining natija va yutuqlari urug’chilikni to’g’ri tashkil qilish bilan uzviy bog’liq. Shu sababli respublikamizda paxta urug’chiligini tartibga solish zarurati to’g’risida masala ko’p marta ko’tarildi, Chunki bu yuqori sifatli mahsulot yetishtirish-ning ishonchli va muhim garovidir. 1998 yil noyabrda Vazirlar Maxkamasining 1999-2000 yillarda g’o’za navlarini yangilash va dasturi to’g’risidagi qarorida respublikamiz miqyosida paxtachilik selektsiyasi va urug’chiligini yo’lga qo’yish, yahni tezpishar serhosil hamda tola sifati jahon bozorida raqobatlasha oladigan navlarni yaratish va uni ishlab chiqarishga tadbiq etishdek katta vazifalarni olimlar zimmasiga yuklaydi.
Demak, hal qilishi lozim bo’lgan muammolar doirasi juda keng. Ularni yechish uchun ilmiy va ishlab chiqarish kuchlarining yaqin muloqotda bo’lishi, mamlakatimiz va chet el ishlab chiqarishi tajribalari, fan va texnikaning eng yangi yutuqlaridan foydala-nish zarur. Bunda olimlarni, mutaxassislarni, qishloq xo’jaligi xodimlarini paxta ishlab chiqarishdan boshlab to mahsulotni jahon bozoriga olib chiqish bilan bog’liq bo’lgan axborot bilan o’z vaqtida va to’g’ri to’la tahminlanishini tashkil etish muhim o’rin egallaydi.
|