|
G‘o‘za beda almashlab ekishni tuproq unumdorligini va paxta hosildorligini oshirish, tola va chigit sifatini yaxshilashdagi o‘rni
|
bet | 89/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1) G‘o‘za beda almashlab ekishni tuproq unumdorligini va paxta hosildorligini oshirish, tola va chigit sifatini yaxshilashdagi o‘rni.
Beda sho’rxok yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda katta rolь o’ynaydi, ya’ni melioratorlik vazifasini o’taydi. Bedani yer usti qismidagi qalin qoplagan poya massasi ta’siri orqali nam bug’lanishi va nam pastki qatlamlaridan sho’rni tuproqning yuqori haydalma qismiga ko’tarilishdan saqlaydi. Ma’lumki, beda ildizlari tuproqning 5-10 metr, hatto undan chuqur qatlamlariga kirib boradi (Muhamadjonov, 1974), ya’ni chuqur izlar qoldiradi. Suv bu izlar orqali tuproqning haydalma qatlamidan quyi qatlamiga tushib tuzlarni eritadi. Shunday qilib, beda paxta ekadigan maydonlarga ekilganda sho’rlangan yerlarning sho’rini yaxshi yuvilishiga ham o’ziga xos ahamiyati bor ekan. Beda ildizlari vilt zamburug’ining kushandasi bo’lgan minolitik bakteriyalar mikdorini juda ko’paytiradi. Buning natijasida g’o’zaning viltga chalinishi kamayadi. Shuning uchun ham bu ekin asrlar
mobaynida O’rta Osiyoda dehqonchilik qilinib kelinayotgan ekinlar ichida munosib o’rinni egallaydi.
Ekinlarni almashtirib ekish O’rta Osiyoda, xususan O’zbekiston sharoitida qadimdan ma’lum. Masalan. professor B.A.Fedorovichning yozishicha, Ashxo- bod shahridan 14 km sharqda joylashgan, "Anau" shahri vayronalarida. Tosh davrining ikkinchi yarmida bug’doy, arpa va boshqa ekinlar ekilganligi, tuproqning pastki qatlamlarida qolgan idishlar ichida bug’doy, arpa donlarining ko’mirga aylangan qoldiqlari topilgan. Qadimdan dehqonchilik O’zbekistonda xususan Xorazm, Farg’ona vodiysi, Toshkent, Surxondaryo va boshqa viloyatlarda rivojlangan. O’rta Osiyo va xususan O’zbekistonda, hali ko’p mamlakatlarda .ma’lum bo’lmagan dehqonchilik madaniyati shakllangan. Yigirmanchi asrga kelib ayniqsa, uning ikkinchi yarmidan boshlab ekinlarni almashlab ekish, borasida ko’pgina ilmiytadqiqot ishlari amalga oshirildi (Tillaev, Dorman, Muhammedjonov, Qashqarov, Berezovskiy, Tursunxo’jaev, Xoliqov, Tojiev, Mirzajonov, Nurmatov va boshqalar).
Bu olimlar tomonidan ekinlarni almashlab ekishning turli tizimlari, shuningdek, tuproqning sho’ri, irrigatsiya. shamol eroziyasiga uchraganligiga nisbatan almashlab ekish tizimlari ishlab chiqilgan. Ayniqsa, g’o’za-beda almashlab ekishda 3:7; 3:6; 3:5; 3:4 va 3:3 tizimlarining tuproq unumdorligini oshirish-, shu asosda chorvachilikni rivojlantirish, ekinlar almashlab ekishning yer meliorativ holatiga, begona o’tlarga, kasalliklarga qarshi kurashdagi o’rni, uning ekologik ahamiyati to’g’risida ilmiy-tadqiqotlar olib borilgan.
G’o’za-beda almashlab ekishning ahamiyatini tushuntirib berishning hojati bo’lmasa kerak deb hisoblayman. Mazkur usul qo’llanilsa, tuproqdagi gumus, azot o’simlik oson o’zlashtiradigan fosfor va kaliyni miqdori oshib, tuproq agrofizikasi (makro- va mikrostrukturalar, hajm massasi g’ovaklik, suv o’tkazish, namni saqlash va boshqalar) muqobillashadi. Ekinlarni almashlab ekish O’zbekiston sharoitidagi go’ng, ekinga beriladigan o’g’itlar miqdorini kamaytirib agrotexnik tadbir asosida beda bir gektar yerda 200 kilogrammdan 600 kg gacha biologik azot to’playdi.
Mustaqillikkacha g’o’za-bug’doy almashlab ekish tadbir keng qo’llanilmadi. Mustaqillikka erishilgandan keyin xalqimizni non va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash uchun donimiz bo’lishi kerak edi. Bu kamchilikni bartaraf etish uchun Yurtboshimiz tashabbusi bilan sug’oriladigan, g’o’za ekiladigan yerning qariyb yarmiga bug’doy ekishga qaror qilindi. Natijada xalqimiz o’z omboriga tonna-tonna g’alla kirgizmoqda, xatto chet elga ham bug’doy eksport qilinyapti. G’o’za-bug’doy almashlab ekish tizimi barpo etildi va bu holat eski tizimga nisbatan dadillikdir.
Hukumatimiz tuproq unumdorligini oshirish to’g’risida doimo g’amxo’rlik qilmoqda. G’o’za-bug’doy almashlab ekish, ekinlarni atmashlab ekishda katga qadam bo’lishiga qaramay, tuproq unumdorligini doimo oshirib borishning boshqa choralarini ham izlab topish agrar soha olimlarining burchidir, To’g’ri, bug’doy, arpa o’rib olingandan keyin o’rniga dukkakli don ekinlar ekib, tuproq unumdorligini oshirib borishda Paxtachilik ilmiy-tadqiqot institugida qator ishlar amalga oshirilmoqtsa. Ma’lumotlardan aniqlandiki, gumusning asosiy xom-ashyolaridan
biri bo’lgan O’simlikning va tuproq ustida qolgan qoldig’i har xil ekinlarda bir xil emas.
Eng ko’p qoldiq, ikki yillik bedaga makkajo’xorini va bedani makkajo’xori bilan qo’shib ekkanda yoki ikki yillik beda bo’lgan yerda to’plangan boshqa ekinlardan ham yerdan ancha organik modda qolgan, lekin eng ko’pi organik modda ekinlarni qo’shib ekkandan olingan. Tuproqda ham eng ko’p gumus, azot, fosfor ham organik modda to’plangan variantlarda kuzatildi.
Ma’lumki, chorvaga yem-xashak ham o’sha ekinlarni qo’shib ekilganda hosil bo’lgan.
O’zbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutida boshqa almashlab ekish tizimlari ham ishlab chiqilgan, xususan makkajo’xorini qand lavlagi bilan birga ekib, chorva uchun juda yaxshi, shirali ozuqalar yetishtirilgan.
Ekinlarni almashlab ekish tuproq unumdorligini oshirish bilan birga, chorva uchun mustahkam yem-xashak bazasi yaratiladi (2-jadval). Javdar indov bilan, undan keyin esa don uchun makkajo’xori, uni o’rniga indov ekib, kuzda o’rib olib, yana indov javdarni indov bilan qo’shib, undan keyin sudan o’ti ekkanda, keyin, javdar bilan indov ekib, kuz va bahorda o’rib olinganda, bedani sudan o’ti bilan qo’shib ekkanda, beda jo’xori bilan qo’shib ekilganda yuqori miqdordagi oziq birligi va hazm qilinadigan protein tayyorlangan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
G‘o‘za beda almashlab ekishni tuproq unumdorligini va paxta hosildorligini oshirish, tola va chigit sifatini yaxshilashdagi o‘rni
|