Paxta yig’im-terimiga tayyorgarlik, terish, muddatlari




Download 1,15 Mb.
bet91/93
Sana18.05.2024
Hajmi1,15 Mb.
#242107
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Bog'liq
Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

Paxta yig’im-terimiga tayyorgarlik, terish, muddatlari


Bobodexqonlarimizning mashaqqatli mexnati evaziga etishtirilgan paxta xosilini yog’in sochinli kunlarga qoldirmay tez va sifatli yig’ib terib olishda g’o’za defolyatsiyasi katta ahamiyatga ega. O’z vaqtida sifatli o’tkazilgan defolyatsiya


g’o’za barglarini to’liq to’kilishini taьminlaydi. Qator oralaridan shamol o’tishi va ko’saklarga quyosh nuri ko’proq tushishi natijasida ko’saklarning birvaqt pishib etilishi va ochilishiga qo’shimcha sharoit yaratiladi. Yig’im terim mavsumini qisqa muddatda yakunlash kelgusi yil xosili uchun o’tkaziladigan agrotexnik tadbirlarni tez va sifatli amalga oshirish imkonini oshiradi.
Paxta xosilini sifatli terib olishda eng avvalo dalani tanlash hamda ekish muddatlariga qarab, o’rtacha 40-50% ko’sagi ochilgan maydonlar defolyatsiya qilinadi. Defolyatsiyadan 10-12 kun o’tgach dala paxta terimiga tayyorlanadi. Buning uchun har bir dalaga texnika kirishi yo’llari hozirlanadi. Sug’orish ariqlari ko’milib, dala atrofi va ichidagi chellar, o’qariqlar tekkislanadi. Fermer xo’jaligining ekin maydonini inobatga olib, 30-50 gektarga bitta paxtani quritish maydonchasi tayyorlanadi. Dala atrofidagi maydon g’o’zasi o’rib olinib, tirkamalar yurishi uchun qulaylik yaratiladi.
O’qariq va suv yo’llari yopilgandan so’ng, dalaning 5 nuqtasidan konvert usulida 10 tadan o’simlik namunasi olinib, o’simliklardagi jami ko’saklar soni va shundan ochilgani sanab chiqiladi. Namunadagi 10 ta o’simlikda mavjud ko’saklarning 80-85% qismi ochilgandan so’ng yig’im-terimga kirishiladi. Masalan: 10 ta o’simlik jami 150 ta ko’sak bo’lib, shundan 120 tasi ochilganligi aniqlansa, dala terimiga tayyor hisoblanadi.
Paxta yig’im-terimini uyushqoqlik bilan o’tkazishda har gektarga talab etiladigan terimchilar sonini to’g’ri belgilash ham muhim ahamiyatga ega. Aks holda paxta terimida yuqori natijalarga erishib bo’lmaydi. Joylarda ushbu tadbirga yuzaki qaralishi oqibatida katta 10-20 gektarli maydonlarda 5-6 kishi paxta terimiga tushirilishi holatlari kuzatiladi. Vaholanki, har bir konturdagi hosil dalaning kattakichikligidan qat’iy nazar 2-3 kunda terib olinishi shart. Dalada terimchilar soni quyidagicha belgilanadi. Aprobatsiyada hosildorlik 25 ts/ga ni tashkil etib, 1-terimga 80% ko’saklar ochilganda kirishish rejalashtirilsa, demak 20 ts/ga yoki gektariga 2 tonna paxta hosili 1-terimda terib olinadi. Daladagi hosil 3 kunda yig’ib-terib olinadigan bo’lsa, bunda 1 kunda gektaridan 650-700 kg paxta terib olinishi zarur. Har bir terimchi o’rtacha kuniga 65-70 kg paxta terish imkoniyati borligini inobatga olsak, har bir gektarga 10 tadan kam bo’lmagan terimchi jalb qilinishi kerak. Demak, 10 getarli konturda 100 kishi, 20 gektarga 200 kishi va hokazo.
Har bir fermer xo’jaligi 1-terimda gektarini inobatga olib terimchilar bir guruhga to’plashi va terimni to’g’ri tashkil etishi shart.
Paxta hosilini sifatli terib olishda terimlar orasidagi muddat katta ahamiyatga ega. Birinchi terim bilan ikkinchi terim orasi 10-12, ikkinchi terim bilan uchinchi terim orasi 15-18 kunni tashkil etishi kerak. Aks holda paxta xom ashyosi yetilmay terib olinib, salmog’i kamayib, sifati pasayadi.
Paxta hosilini yig’ib-terib olishda terimchilar ishini nazorat qilishni muvofiqlashtirish o’ta muhimdir. Buning uchun egat uzunligi 50-60 metrdan uzun bo’lgan yerlarda, har 50-60 metrdan keyin terimchilarni qatorga qo’yish lozim, ya’ni dalani bo’lak-bo’lak terib olish yaxshi samara beradi. Buning uchun har 100 metrda chel va o’qariq o’rni tekksilanib, pritsep-tirkamalar yurish yo’llari tayyorlanishi
zarur. Terilgan paxta quritish paxta maydoniga olib kelinib, kamida bir kecha kunduz quritilgandan so’ng qabul punktlariga jo’natishga e’tibor qaratish zarur.
Paxta yetishtirishda eng ko’p mehnat talab qiluvchi jarayon xosilni yig’ibterib olishdir. Xosilni yig’ib-terib olishda jami xarajatning 50-60% sarflanadi.
Paxta qo’lda va mexanizatsiya yordamida teriladi. Qo’lda mavsumda 4 martagacha teriladi, odatda 3 marta:
1 terim-2-3 ko’sak ochilganda (20-25%) 2 terim-qolgan xosilning 30-35% ochilganda.
3 terim-2 terimdan 10-15 kun o’tkazib boshlanadi.
“Mustaqilligimiz sharofati bilan qishloq xo’jaligida keskin o’zgarishlar ro’y bermoqda. Jumladan, 2016 yildan boshlab paxta terimini 80-90% ni mexanizatsiya yordamida terishga o’tilishi ko’zda tutilmoqda. Xususan,2013 yilda Toshkent traktor zavodi Koreya va Italiya bilan hamkorlikda 1000 ta mashina ishlab chiqargan bo’lsa, 2014-2015 yillarda bu son 3000 yetkazilishi ko’zda tutilmoqdaligi
2013 yil 16 oktyabrda Toshkentda o’tkazilgan to’qqizinchi xalqaro paxtachilik va tekstil yarmarkasida aytib o’tildi.



Download 1,15 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Download 1,15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Paxta yig’im-terimiga tayyorgarlik, terish, muddatlari

Download 1,15 Mb.