|
Mavzu: Paxtani yig’ib-terib olishga tayyorgarlik ko’rish va yigib, terib olish
|
bet | 90/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1) Mavzu: Paxtani yig’ib-terib olishga tayyorgarlik ko’rish va yigib, terib olish
Reja:
Terim oldidan hosilni aniqlash va dalani paxta terimiga tayyorlash.
Paxta yig’im-terimiga tayyorgarlik, terish, muddatlari.
Paxtani saqlash usullari
Terim oldidan hosilni aniqlash va dalani paxta terimiga tayyorlash
Terim boshlanishida 10 kun oldin hamma joyda yo’llar, ko’priklar, tarozilar, paxta quritiladigan xirmonlar, bostirma va maydonchalarida xozirlash ishlari tugallanishi lozim. Mashina terimiga ajratilgan maydonlarni akt bilan qabul qilib olish, xosilni yetilishini xisobga olgan xolda mashina terimini o’tkazish grafini tuzish kerak.
Mashina terimidan 1-2 kun oldin texnika buriladigan joylar xozirlanadi. Xosili qo’lda ikki marta teriladi, so’ngra ko’raklar yig’ib olinadi. Eni 8 metrdan kam bo’lmagan burilish joylari o’q ariqlar «GN-4,0» greyder yoki «D-606» buldozeri bilan tekislanadi.
Hamma joyda yig’im-terimning dala-bunker-telejka-tayyorlov punktidan iborat uzluksiz texnologiyasi keng joriy etilishi, yig’im-terim-transport otryadlari tashkil qilish, mashinalarni gruppalab qo’llash lozim.
O’rta tolali navlarning xosili mashinalar bilan 2 –marta–birinchi marta to’plardagi ko’saklarning 55-60, ikkinchi marta yana 20-30% ochilganda terib olinadi.
Ingichga tolali navlar xosili birinchi marta ko’saklarning 50-60, ikkinchi marta oradan 10-12 kun o’tgach teriladi. Urug’lik paxtani terishda yaruslab teradigan «XVA-1,2» va «XVA-1,8» mashinalaridan foydalaniladi. Ular g’o’za barglarining kamida 85 % to’kilgach, ko’saklarni 75-80% ochilgach ishlatiladi.
Kichik bunkerlik «XNP-1,8» mashinalar paxtasi burilish joylaridagi maxsus ajratilgan uchastkalarga to’kiladi, so’ngra «UPX-1,5B» da tozalanadi.
Mashinalar tergan paxtani tashish uchun kamida xar bir terim mashinasiga 23 ta pritsep berkitilgan bo’lishi kerak.
Mavjud zamonaviy terim mashinalarining butun kompleksidan foydalangan xolda paxtani yig’ib terib olish texnalogiyasini 70-80% mexanizatsiyalash, terim davrini 30-35 ish kunigacha qisqartirish imkonini beradi.
Bugungi kunda g’o’za tupida to’liq ochilgan paxtani terib olishda texnikani kutib o’tirmasdan qo’l mexnati bilan yig’ib-terib olish maqsadga muvofiqdir. Qo’lda terilganda chanoqdagi paxtani xom termaslik, chanog’ida qoldirmasdan sifatli qilib terish, yerga tushgan paxtalarni terish etaklarning maxsus cho’ntaklariga terib olishlari to’g’risida terimchilarga tushuntirish ishlarini albatta amalga oshirish lozim bo’ladi.
|
| |