|
Mavzu: Paxtachilikda almashlab ekish. G’o’zada o’simligida vegitatsiya davri davomida olib boriladigan agortexnologiyalar
|
bet | 88/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1) Mavzu: Paxtachilikda almashlab ekish. G’o’zada o’simligida vegitatsiya davri davomida olib boriladigan agortexnologiyalar
Reja:
Paxtachilikda almashlab ekishning ahamiyati.
G‘o‘zaning o‘tmishdosh ekinlari, bedani almashlab ekishdagi o‘rni.
G‘o‘za beda almashlab ekishni tuproq unumdorligini va paxta hosildorligini oshirish, tola va chigit sifatini yaxshilashdagi o‘rni.
Paxtachilikda almashlab ekishning ahamiyati.
O’zbekiston respublikasida g’o’za o’simligi fermer xo’jaligining sharoitiga va mahsulot ishlab chiqarish yo’nalishi xisobga olingan holda beda, makkajo’xori, oq jo’xori boshoqli don ekinlaridan bo’shagan maydonlarga joylashtiriladi.
Almashlab ekish sxemasida ko’p yillik ma’lumotlarga ko’ra, g’o’zani beda o’simligi bilan almashtirib ekish kutilgan natijani beradi va tuproq unumdorligini oshiradi. G’o’zaning har xil kasalliklari vilt, gommozni sezilarli darajada kamaytiradi. Zararkunandalardan xalos qiladi. Shunnng uchun ham bedadan bo’shagan yerlarga ekilgan g’o’zaning o’sishi va rivojlanishi normal boradi. Lekin, don olish uchun yoki silos uchun ekilgan makkajo’xoridan, sho’r yerlarga ekilgan oq jo’xoridan, kuzgi va bahorgi boshoqli don ekinlaridan bo’shagan yerlarning ham juda ko’p maydonlariga g’o’za ekini ekiladi. G’o’zadan mo’l va sifatli hosil olish uchun bu ekinlardan bo’shagan yerlarni tuproq sharoiti bilan birga har bir g’o’zadan oldin ekilgan o’simlikning biologiyasi va agrotexnikasining asosiy tadbirlarini bilish kerak. Shuning uchun beda, makkajo’xori, oq jo’xori va boshoqli ekinlarga qisqacha alohida-alohida xarakteristika berish lozimdir.
G‘o‘zaning o‘tmishdosh ekinlari, bedani almashlab ekishdagi o‘rni
Ma’lumki, beda o’simligining chorvachilik uchun mustahkam ozuqa bazasini yaratishdagi roli kattadir. Uning kimyoviy tarkibida to’yimli ozuqa moddalarining ko’pligi jihatidan boshqa xashaki ozuqa ekinlari ichida eng to’yimliligi bilan ustun
turadi. Beda pichani eng arzon, oqsilga boy bo’lib karotin, har xil A, V, V2, D, Ye, K va S kabi vitaminlarga nihoyatda boy.
Professor M.F.Tomee ma’lumoti bo’yicha bedaning ko’k massasining bir kilogramm oziq tarkibida oqsil 36 g, kalьtsiy 6,4 g, fosfor 0,6 g, karotin 50 mil g. bo’lib, u 0,17 oziq birligiga tengdir. Bir kg quruq pichanni tarkibida esa oqsil 116 g, kalsiy 17,3, fosfor 2,2 g, karotin 45 milligramm bo’lib, 0,49 oziq borligiga ega ekan. Bu moddalarsiz chorvachilik mahsulotlarini, jumladan go’sht, sut va hokazolar mahsuldorligini oshirishga erishish mumkin emas. Bedani bunday fazilatlaridan tashqari, mamlakatimizning asosiy tarmog’i xisoblaigan paxtachilikni rivojlantirishda, uning hosildorligini ortirib borishda, g’o’za bilan almashlab ekiladigan ekinlar ichida eng ahamiyatlisi ham beda o’simligidir. Chunki ko’plab pichan berishi bilan birga (3 yil ichida gektaridan o’rtacha 400-600 ts pichan) tuproqning unumdorligini yaxshilaydi, uch yil davomida beda o’stirilgan maydonda tuproqning 0-50 sm qatlamida har gektariga 600 kg dan ortiq azot to’playdi (M. Barakaev, 1962). Tuproqda azot va xar xil organik moddalar ko’payishiga imkon beradi. Tuproq suv-havo rejimini hamda fizik xossalarini, mineral o’g’itlar samaradorligini oshiradi yerlarning sho’rlanishiga, g’o’zaning vilt bilan kasallanishiga yo’l qo’ymaydi. Uch yillik bedapoyaga g’o’za ekilganda vilt bilan zararlanish 28 foizgacha kamaygan. Ko’p yillik begona o’tlarni kuchli tuplari bilan qoplab hisobiga olish yo’q qiladi. Beda birinchi yili 0-40 sm tuprok, qatlamida 94,8 ildiz, yer betida esa 51,4 xas-cho’p, ikkinchi yili 137,4 ts ildiz va 63,1 ts xas-cho’p koldiradi. 2-3 yil beda o’stirilgan yerning tuprok, strukturasi 1,5-2 baravar yaxshilanadi.
Bedazorlardan bo’shagan maydonlarga ekilgan g’o’zalarning paxta xosili o’rtacha 5 tsentnerdan 12 tsentnergacha oshadi. Unumdorligi past yerlarda, jumladan yangi o’zlashtirilgan qumli tarkibi yengil tuproqlarda 1,5-2 marta hosildorlik ko’tarilishimumkin. Chunki tuprokning haydov qatlamida 25-30 foiz gumus qo’shiladi, shuning hisobiga hosildorlik va uning sifati ortadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Paxtachilikda almashlab ekish. G’o’zada o’simligida vegitatsiya davri davomida olib boriladigan agortexnologiyalar
|