|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 92/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)
Paxtaga tashqi havo namligining ta’siri. Paxta asosan sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida tayyorlanadi. Paxta tozalash zavodlari shu uch oy davomida bir mavsum tayyorlangan paxtaning taxminan, 20% ini ishlay oladi. Uning qolgan ko’p qismini uzoq vaqt saqlashga tug’ri keladi. Paxta gigroskopik materialdir. U atmosferaga keragidan ortiq namlikni beradi, yoki kerakli namlikni atmosferadan olishi mumkin.
Buntlardagi paxtaning namligi atmosfera havosi namligiga bog’liq. Shuning uchun paxta uzoq saqlanganda tolaning tabiiy xususiyatlarini buzilmasligiga yaxshi e’tibor berish kerak. Namligi 14,5 % dan yuqori bo’lgan paxtani tez orada quritilishi lozim bo’lganligi uchun uni quritish-tozalash tsexi (KTTS) yaqinida joylashtiriladi. Namligi 14 % gacha bo’lgan paxta tozalash tsexi (TTS) zonasida saqlanadi.
Paxtaning qizish tabiati. Paxtaning keragidan ko’proq namligi va gigroskopik xususiyati uni qizishga olib keladi. Ayniqsa, mashinada terilgan paxta namlik jihatdan strukturasi bir xil bo’lmaydi. Paxtaning ba’zi bir bulaklarining namligi 14-18% va undan ortiq (20-23%) bo’lishi mumkin.
Bunday paxta buntlarga bosilganda, uning yukori namlikka ega bo’lgan qismlaridan past namlikka ega bo’lgan qismlariga nam o’ta boshlaydi. Natijada ba’zi bir qismlarining 3-5 kun o’tgandan keyingi harorati 50°C gacha ko’tarilishi mumkin. Paxta uchun xavfsiz bo’lgan eng katta harorat 30 0C. Paxtaning harorati 45°C ga yetganda, tolasining uzilish kuchi 8 marta kamayadi, Chigitdan moy chiqish miqdori ham keskin pasayadi. Paxtaning buntdagi qizishi butun bunt bo’yicha yoki bulmasa nuqtaviy bo’lishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Asosiy adabiyotlar
Atabaeva X.N., Xudayqulov J.B. O’simlikshunoslik. “Fan va texnologiya” nashriyoti, Toshkent-2018 y. Darslik. 25.5 b.t 407-b.
Atabaeva X.N., Umarova N.S. Rastenievodstvo. Uchebnik. TashGAU, Tashkent- 2016. 380 s.
Atabaeva X., Qodirxo’jaev O. O’simlikshunoslik. Yangi asr avlodi 2006.
Atabaeva X.N., Umarova Z. O’simlikshunoslik- praktikum, o„quv qo„llanma, T.O’zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2004 (160 bet)
Muxammadjonov M. Zokirov Z. “G’o’za agrotexnikasi” o’quv qo’llanma. Toshkent 1995. (286 b.)
Teshaev Sh., Sulaymonov B. Paxtachilik ma’lumotnomasi. “Fan va texnologiya” nashriyoti, Toshkent 2016. 540 b.
Margaret J. MeMahon, Anton m, Konfranek, Vincent E. Rubatzky “PLANT SCIENCE” Growth, development, and utilization of cultivated plants” USA 2011 y.
Moo-Sing Lim. lLecture note on rice technology under temperature zone, T. 2002.
Ibragimov O., O’simlikshunoslik. Ma’ruzalar matni. Farg’ona, FarPI-2019. 10.Ibragimov B., O’simlikshunoslik va paxtachilik. Amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun uslubiy ko’rsatma. Farg‟ona, FarPI-2020.
11.Teshaev SH., Xoliqov B. Va xammualliflar jamoasi. O’zbekiston respublikasi viloyatlarida ekilayotgan g„o„za navlarini etishtirish agrotexnologiyasi (xar bir viloyatlar uchun alohida tavsiyanomalar chop etilgan ) Toshkent 2016; 2017:2018 yil.
|
| |