|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 82/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)Hosilni yig‘ishtirish. Yeryong‘oq hosilining pishishi, o‘simlikningsarg‘aya boshlashi, dukkaklarning to‘lishi, ginoforlarning oson uzilishibilan belgilanadi.
Hosil sentyabr oyida pishib yetiladi. Hosil AP- 70rusumli yeryong‘oq yig‘ishtiruvchi maxsus pritsepli mashinalar bilan ikkifazali usulda yig‘ishtiriladi. Dastavval o‘simlik ildizlari qirqiladi, o‘simlik tuproqdan sug‘irib olinadi, qoqiladi, dastalanadi va mashinaning uch yurishida olti qator yanchiladigan qilib taxlanadi. O‘simlikkovlab olingandan keyin 3-5 kun o‘tgach, dukkaklardagi namlik 20-25
%bo‘lganda hosil SK-5 kombaynlari MA-1,5 moslamalari bilanjihozlanib, yanchib olinadi. Namlik yuqori bo‘lsa dukkaklar quritiladi. Namlik 8% bo‘lgan holda dukkaklar saqlanadi.
Nazorat savollari.
Yeryong‘oq - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
Yeryong‘oq biologiyasi va navlari
Yeryong‘oq yetishtirish texnologiyasi
Maxsar - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
Maxsar biologiyasi va navlari
Maxsar yetishtirish texnologiyasi
Mavzu: Lub-tolali ekinlarning ahamiyati. Kanop o’simligining biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi.
Reja:
Lub-tolali ekinlarning ahamiyati
Kanop o’simligining - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
Kanopning biologiyasi va navlari 4. Kanopni etishtirish texnologiyasi
Lub-tolali ekinlarning ahamiyati
Tolali o‘simliklar to‘qishga yaroqli bo‘lgan tola beradi. Bu tola har xil gazlama, mato tayyorlash uchun ishlatiladi.O‘simlilar botanika jihatidan har xil oila va turlarga mansub bo‘lib, ular quyidagi uch guruhga bo‘linadi.
Urug‘ida yoki mevasida tola hosil qiladigan o‘simliklar.Bu guruxga eng ko‘p tarqalgan g‘o‘za o‘simligi kiradi.
Poyasida tola hosil qiladigan o‘simliklar. Bu guruhga zig‘ir, nasha, kanop, djut, ramim, kendir va boshqalar kiradi.
Bargida tola hosil qiladigan o‘simliklar. Bu guruhga yangizeland zig‘iri, tekstil banan, agavav, yukka va boshqalar kiradi.
Mevasida tola hosil qiladigano‘simliklar. Bu guruhga kakosli palmakiradi. Tolali o‘simliklardan eng ko‘p ekiladiganlari g‘o‘za, zig‘ir, nasha hisoblanadi.
O‘zbekistonda g‘o‘zadan tashqari dag‘al tola olish uchun kanop xam ekiladi.
Xalq xo‘jaligida o‘simlik tolasining axamiyati juda katta: o‘simlik tolasidan to‘qimachilik sanoatida uning mayin va dag‘alligiga qarab, har xil gazmollar ishlab
chiqiladi. Eng ko‘p ishlatiladigan paxta tolasi hisoblanib, undan mayin gazlamalar tayyorlanadi. Poyasida tola hosil qiladigan o‘simliklar tolasi paxta tolasiga nisbatan dag‘al bo‘lganligi sababli undan uy jihozlarida ishlatiladigan dag‘al gazlamalar, qop, qanor, arqon va shunga o‘xshash har xil mahsulotlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Bundan tashqari bu o‘simliklarning urug‘ida 18-42% moy bo‘ladi. O‘simlik moyi oziq-ovqatda, texnikada, lak-bo‘yoq sanoatida, sovun tayyorlashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Shuning uchun bu o‘simliklarning xalq xo‘jaligidagi axamiyati juda katta hisoblanadi.
|
| |