|
Yeryong‘oq o’simligining- ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
|
bet | 80/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1) Yeryong‘oq o’simligining- ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
Yeryong‘oq– Markaziy Osiyo mamlakatlari, shu jumladan O‘zbekistonda keng tarqalgan qimmatli moyli ekin. Uning moyi konserva, margarin, sovun sanoatida, meditsinada ishlatiladi. Kunjarasida 45 % oqsil, 8 % yog‘ saqlanadi. Urug‘laridan turli sharq shirinliklari, shokoladlar, holvalar, konservalar, tortlar va boshqa konditermahsulotlari tayyorlanadi. Dukkaklari qovurilib bevosita iste’molqilinadi.
Urug‘ida 60 % yog‘, 35 % oqsil saqlanadi. Shuningdek, urug‘ida vitaminlardan A, Ye, K, D saqlanadi.
Poya va barglari qimmatli oziqa. Dukkagining po‘chog‘idan izolyatsiya materiallari tayyorlashda hamda yonilg‘i (o‘tin) sifatida foydalaniladi. O‘zbekistonda araxis dehqon xo‘jaliklari, tomorqalarda ko‘p ekiladi. Dunyo bo‘yicha 22 mln gektar maydonni egallaydi. Eng ko‘p Hindiston, Xitoy, Indoneziyada ekiladi. U Amerikaning tropik hamsubtropik mamlakatlarida, Afrikada keng tarqalgan.
Yer yong‘oqning vatani Janubiy Amerika, u yerdan Fillipinga, keyin Yaponiyaga va Xitoyga tarqalgan. Yevropaga Xitoydan keltirilgan, shuning uchun uni Xitoy yong‘og‘i deb ham atashgan.
O‘zbekistonda asosan sug‘oriladigan yerlarda ekiladi, hosildorligi 30-40 ts/ga, Andijon nav sinash uchastkasida hosildorligi 61 ts/ga ga yetgan.
Botanik ta’rifi. Yeryong‘oq dukkakdoshlar (Fabaceae) turkumigakiradi. Bu turkumga 30 tur kiritiladi. Ular orasida madaniy va yovvoyiturlar bor. Eng ko‘p ekiladigan tur Azachis hypogaea L. vulgazis L. madaniy yeryong‘oq.
Biologiyasi. Yeryong‘oq – issiqsevar o‘simlik. Urug‘lari 12 0Sharoratda ko‘karib boshlaydi. Maysalari –1 0S sovuqda, voyaga yetgani 20Sda nobud bo‘ladi. O‘simlikning rivojlanishi uchun eng maqbul harorat 25-280S. Harorat 120S dan pasaysa mevalar hosil bo‘lmaydi. Yangi kovlangan dukkaklarining urug‘i –30S da unuvchanligini yo‘qotadi.
Yeryong‘oq namsevar, issiqsevar qisqa kun o‘simligi. Namga eng talabchan davri gullash boshlanishidan mevalar hosil bo‘lishining oxirigacha. Bu davrda namlik yetishmasligi gullash va meva hosil bo‘lishining to‘xtashiga olib keladi, hosil keskin pasayadi. Ekishdan gullashgacha yeryong‘oqning namga talabchanligi past, qurg‘oqchilikka ham chiday oladi. Dukkaklarning pishishi bilan suvga bo‘lgan talabi kamayadi. O‘suv davrioxirida ortiqcha namlik o‘suv davrini uzaytiradi, pishishni kechiktiradi.
O‘zbekistonda yeryong‘oq unumdor, g‘ovak, yaxshi ishlov berilgan, begonao‘tlar bosmaydigan yerlarga joylashtiradi. Og‘ir, sho‘rxok va botqoq tuproqlar yeryong‘oq uchun yaroqsiz. Mexanik tarkibi yengil tuproqlarda yaxshio‘sadi, yuqori hosil to‘playdi.O‘sish davri navlar, agrotexnikaga bog‘liq holda 120-160 kun.
Navlari. Qibray-4 navi Davlat reyestriga kiritilgan.
|
| |