Qand lavlagi urug‘ini ko‘chatsiz yetishtirish usuli




Download 1,15 Mb.
bet72/93
Sana18.05.2024
Hajmi1,15 Mb.
#242107
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   93
Bog'liq
Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

Qand lavlagi urug‘ini ko‘chatsiz yetishtirish usuli. Qand lavlagiurug‘ini ko‘chat usulida yetishtirish ko‘p vaqt va xarajatlarni talabqiladi, samaradorligi past, to‘la mexanizatsiyalashmagan. O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ukrainada olib borilgan tajribalarqand lavlagi urug‘ini qishi iliq mintaqalarda ko‘chatsiz usulda yetishtirish mumkinligini ko‘rsatdi. Ko‘chatsiz usulda qand lavlagi urug‘iniyetishtirishda ildizmevalarning qishga chidamliligini oshirish asosiymuammo hisoblanadi. Hujayralari mayda, kserofit, o‘tkazuvchi nay tolalar bog‘lami yaxshi rivojlangan ildizmevalarning qishga chidamliligiyuqori bo‘lishi tajribalarda isbotlangan. Shuning uchun ko‘chatsiz urug‘etishtirishda ona o‘simliklar uchun o‘stirish sharoiti yaratish (tupqalinligining yuqori bo‘lishi, me’yorida nam bilan ta’minlash,oziqlantirish, qishlash uchun ketayotgan ildizmevaning katta
bo‘lmasligi)juda muhim.
Ko‘chatsiz usulda urug‘etishtirishda sizot suvlar 1 metrdan yaqin bo‘lmasligi, suvko‘llamaydigan bo‘lishi, tuprog‘i qumloq, qumoq, organik moddalarga boy,suv o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lishi ma’qul. O‘tmishdosh ekinlar – oraliqekinlar, kuzgi don ekinlari, ertagi kartoshka, makkajo‘xori bo‘lishimumkin.Eng muhim shartlardan biri dala doimo begona o‘tlardan toza, qatororalari yumshatilgan holda parvarish qilinadi.
Ko‘chatlar qishlash oldidan 15-20 sm qalinlikda o‘simlik atrofida tuproq uyiladi. Bunda ustkibarglar ko‘milmasdan qoldiriladi. Tuproq uyishda ikki korpusli PLN-
535 plugidan foydalaniladi. Qishlash oldidan ekinzor atrofi haydabqo‘yiladi. Bahorda boronalash orqali tuproq olinadi. Boronalashqatorlarga diagonal yoki ko‘ndalang qilib o‘tkaziladi.
O‘simliklarning 1 gektarda 150-200 ming tup bo‘lishi optimalqalinlik hisoblanadi. Har 10 sm da 1 donadan o‘simlik qoldirilganda, tup qalinligi 180 ming/ga bo‘lganda urug‘ hosili 32 ts/ga ga yetgan (Frunze tajriba dalasi).
Qator oralari ochilgandan keyin 10-14 sm, keyingilari 7-8 smchuqurlikda kultivatsiya qilinadi. Tuproqdagi namlik ChDNS 70% ushlanishi yaxshi natija beradi.Ko‘chatsiz urug‘chilikda urug‘lar yoppasiga yetiladi, yotib qolishi kamkuzatiladi, tannarxi past bo‘ladi, hamma ishlar mexanizatsiya yordamidabajariladi.



Download 1,15 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   93




Download 1,15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qand lavlagi urug‘ini ko‘chatsiz yetishtirish usuli

Download 1,15 Mb.