• Ekish usuli va muddati.
  • Ekish. Urug‘ni ekishga tayyorlash




    Download 1,15 Mb.
    bet69/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Ekish. Urug‘ni ekishga tayyorlash. Ekiladigan urug‘lar ekinbopliksifati bo‘yicha davlat standartlari talablariga javob berishi lozim.Urug‘larning unuvchanligi bir urug‘li navlarda 70, ko‘p urug‘liklarda 75%, poliploidbir urug‘lik navlar va duragaylarda 55 %, ko‘purug‘liklarida 65% dan kam bo‘lmasligi talab etiladi.Ilmiy asoslangan texnologiya bo‘yicha o‘stirish uchun laboratoriyaunuvchanligi 85 % dan, bir urug‘ligi va bir xilligi 95 % dan kambo‘lmagan urug‘lar ishlatiladi.
    Urug‘lar ekishdan oldin zavodlarda 3,5-4,5 mm va 4,5-5,5 mm kattalikda kalibrovka qilinib saralanadi. Kalibrovka qilingan urug‘larnipunktirlab, aniq me’yorlarda ekish imkoniyati tug‘iladi.Qand lavlagi diploid navlarining 1000 urug‘i massasi 25 g dan, birurug‘li diploid navlarniki 15 g, ko‘p urug‘li poliploid urug‘larniki 30 gdan kam bo‘lmaganda ularning sifati yaxshi hisoblanadi.
    Urug‘larni sirg‘alib tushishi yaxshilanishi uchun ularning usti silliqlanadi va bunda 30% urug‘ massasi kamayishi mumkin.Ko‘p urug‘li navlarning urug‘lari ezilganda segmentlarga bo‘linadiva bunda urug‘lar bir o‘simtaliga aylanadi. Odatda bunday urug‘lar genetik bir o‘simtali urug‘larga nisbatan hosildorligi, qand miqdorigako‘ra bir qator afzalliklarga ega bo‘ladi.
    Urug‘lar silliqlangan yoki segmentlarga ajralgan bo‘lsa, ularnimaxsus drajlar bilan qoplash yaxshi samara beradi. Drajlash uchun torf, chirindi, superfosfat, azotli, kaliyli, bakterial o‘g‘itlar, mikroelementlar aralashmasidan foydalaniladi va unga yopishtiruvchi poliakrilamid qo‘shiladi.
    O‘zbekiston sharoitida yopishtiruvchi modda sifatida bentonite (gilmoya) ni qo‘llash arzon va samaralidir. Drajlangan urug‘larning laboratoriya unuvchanligi 85% dan kam bo‘lmasligi lozim.Urug‘larni oftobda quritish, ekishdan oldin 1-2 sutka xonaharoratida urug‘ni suvda ivitish va keyin quritish yaxshi natija beradi.Urug‘lar ekishdan oldin panoktin yoki raksil bilan muvofiq holda 2; 1,5kg/t nisbatda dorilanadi.
    Ekish usuli va muddati. Qand lavlagi urug‘lari tuproqning 5-7 smchuqurligida harorat 6-80S qiziganda ekib boshlanadi. O‘zbekiston sharoitida urug‘larni ekishga mart oyida kirishiladi. Qoraqalpog‘istonRespublikasi va Xorazmda aprelda ekish optimal hisoblanadi. Ertaekish hosildorlikni oshiradi, ildizmevadagi qand miqdoriniko‘paytiradi. Ekish kechikishi bilan ildizmeva hosili ham kamayib boradi. Ekish qisqa vaqt davomida, sifatli qilib o‘tkazilishi lozim.
    Ekish SST-12A, SST-12B yoki chigit seyalkalarida, SPCh-6 pnevmatikseyalkalarda o‘tkaziladi. Sug‘oriladigan yerlarda qator oralari 60 smqilib ekiladi. Qand lavlagi urug‘larini pushta ustiga ekish ham yaxshinatija beradi.

    Download 1,15 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ekish. Urug‘ni ekishga tayyorlash

    Download 1,15 Mb.