|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 70/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)Ekish me’yori. Qand lavlagi yetishtirish texnologiyasida urug’ unuvchanligi 85 % dan kam bo‘lmaganda 1 m qatorga 12-14 urug‘ (6-8 kg/ga) ekiladi. Bu 1 m da 8-10 dona maysa hosil bo‘lishini ta’minlaydi.Oddiy texnologiya asosida o‘stirilganda dala begona o‘tlar bilanifloslangan bo‘lsa 1 metrga 35-38 tuganakcha
ekiladi (10-12 kg/ga) va bunday ekish me’yori 1 m qatorda 20-22 maysa hosil
bo‘lishini ta’minlaydi.
Dala begona o‘tlardan toza bo‘lsa, 1 m qatorda 23-25 dona tuganakcha ekish12-14 dona maysa hosil bo‘lishini ta’minlaydi.Drajlangan urug‘larni ekish uchun STYa45000 moslamalaridan foydalaniladi. Ekish chuqurligi 2-2,5 dan 4-5 sm gacha
tuproq sharoitigaqarab o‘zgartiriladi. Urug‘lar albatta tuproqning nam qatlamiga ekilishi lozim. Qatorlar to‘g‘ri qilib olinishi va qator oralariqisqarmasligi kerak. Qator orasini o‘zgarishi yo10 mm dan oshmasligilozim. Parvarishi. Qand lavlagi parvarishida ekinzor tishli g‘altaklarbilan g‘altaklanadi. Bunda tuproqning pastki qatlamlaridan kapillyarlar orqali namning ko‘tarilishi
yaxshilanadi. Qator oralari USMK-5,4A, USMX-5, 4B, KRN-4,2 kultivatorlari yordamida dastlab 4-5 sm, ikkinchisi 8 sm, keyingilari 10-14 sm chuqurlikda bajariladi. Kultivatsiyatezligi 8 km soatdan oshmasligi kerak. O‘zbekiston sharoitidaxo‘jaliklarda qand lavlagi ekilgan maydonlarni g‘altaklashning ilojibo‘lmasa, ZBZSS-1,0 yoki ZBP-0,6A boronalari bilan maysalar unibchiqquncha ishlanadi. Bunda qatqaloq yumshatiladi, begona o‘tlar yo‘qqilinadi. Tup qalinligi 1 m da 8 dona o‘simlik bo‘lganda qatorlarga 5-100qilib, tezligi
4 km soatda boronalash o‘tkaziladi. Ishlar shunday tashkil qilinishi kerakki, hosil yig‘ishtirilayotganda 1 ga da 90-100 mingdona o‘simlik bo‘lishi ta’minlansin.
Qand lavlagi 1 metrda 20 dona o‘simlik bo‘lganda birinchi juftbarglar hosil bo‘lishi bilan yagonalash o‘tkaziladi. Tup qalinligi 1metrda 10-15 dona bo‘lganda
yagonalash 2-3 barglar hosil bo‘lganda 10-15kun davomida tugallanadi yoki 1 metrda 8-10 maysa bo‘lganda ekinzorfaqat begona o‘tlardan tozalanadi.
O‘simlik tup qalinligi 1 metrda 10-12 dona va undan ko‘p bo‘lsa rivojlangan
«panshaxa» fazasida siyraklashtiriladi. Bunda qatorlarko‘ndalangiga USMP-5,4 agregatlari bilan ishlanadi va 1 metr qatorda5-6 o‘simlik qoldiriladi, har gektarda 95-100 ming tup o‘simlik bo‘lishita’minlanadi.
Qand lavlagini yagonalashning samarali usuli boronalashdir. Boronalash maysalar birinchi juft barglar hosil qilganda, shuningdek buketlar qoldirilgandan keyin ham qilinishi mumkin.Birinchi qator oralarini ishlash 6-8 sm, keyingilari 8-10 smchuqurlikda o‘tkaziladi. Har sug‘orishdan keyin kultivatsiya qilish yaxshinatija beradi. Barglar kattalashib qatorlarni yopganda qator oralariniishlash yaxshi natija beradi.
Qand lavlagi uzunburunlarini yo‘qotish uchun fazolon 3-3,5 kg/gaqo‘llaniladi.
Serkosporiozdan saqlash uchun bardos suyuqligi 6 kg/ga yoki 80% tsineb poroshogi 3,2-4 kg/ga purkaladi. Tilt, topaz ham qo‘llanilishi mumkin.
Qand lavlagida bargni yeydigan tunlam, bitlar, o‘rgimachakkanagaqarshi karate 0,3 kg/ga, detsis 0,3 kg/ga, zolon 0,3 kg/ga 150-200 l suvgaaralashtirib purkaladi.
|
| |