• Oziqlanish
  • «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»




    Download 1,15 Mb.
    bet66/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Tuproqqa talabi. Qand lavlagi strukturali, organik moddalargaboy tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Suvga chidamli agregatlar diametri 1-3 mmbo‘lganda namlik yaxshi saqlanadi. Uning uchun eng qulay tuproqlar, zichligi 1,0-1,4 g/sm3 bo‘lgan bo‘z, o‘tloq-bo‘z, kashtan tuproqlar. Tuproq zichligi yuqori bo‘lsa ildizmevalar yumaloq yoki bochkasimon bo‘lib shoxlanadi, vazni kichiklashadi.
    O‘zbekistonda bo‘z va o‘tloq tuproqlarda gumus miqdori 1,0-2,6 %,gumusli qatlam 50-60 sm ga yetadi. Tuproq muhiti kuchsiz ishqorli. Tuproqda sizot suvlar yaqin bo‘lsa ular qochiriladi, sho‘ri yuviladi. Engqulay tuproq muhiti pH – 6,5-7,5. U sho‘r va sho‘rtob tuproqlarda hamyaxshi o‘sadi, ko‘p qand to‘playdi. Xorazm tuproqlarida shunday xossalarbor. Eng qulay tuproq zichligi 1-1,2 g/sm3. Organik o‘g‘itlarni tuproqqako‘p solish talab etiladi.
    Oziqlanish hususiyati. Ildizmevalarda ma’danli moddalar 0,5-0,8% ni tashkil qiladi. U boshqa ekinlarga nisbatan oziqa moddalarni ko‘po‘zlashtiradi. Ildizmeva hosili 300 ts/ga bo‘lganda 120 kg azot, 45-50 kgfosfor, 140-170 kg kaliy tuproqdan chiqib ketadi. O‘rtacha 1 t ildizmevava shunga muvofiq barglar hosil bo‘lishi uchun o‘simlik 5-6 kg azot, 1,5-2kg fosfor, 6-7,5 kg kaliy o‘zlashtiradi.
    Ayniqsa, o‘simlikning dastlabki rivojlanish fazalarida oziqamoddalar bilan yetarli ta’minlanishi muhim ahamiyatga ega. Bu davrdamoddalarning yetishmasligi
    natijasida qand lavlagi mahsuldorligikeskin pasayadi. Ildizmevaning jadal rivojlanish davrida fosforli kaliyli oziqlantirishning ahamiyati katta.
    Azot. Ko‘p azotli o‘g‘itlarni solish ildizmeva va barglarning jadalo‘sishini ta’minlaydi. Ortiqcha azot, ayniqsa ammiak shaklidagisi qandlavlagi rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin. Azot yetishmasa barglar rangi och-yashil, och-sariq tusga kirib eski barglarning nobud bo‘lishi kuchayadi, barglar o‘sishi to‘xtaydi, ildiz tizimi o‘sishi to‘xtaydi, ildizmeva hosili kamayadi, o‘simlik erta pishadi.
    Ortiqcha azotli oziqlantirish barglar rivojlanishini kuchaytiradi, pishishi kechikadi, qand miqdori kamayib umumiy va eriydiganazot ortadi, kul ko‘payadi, ildizmevaning texnologik sifati pasayadi.Dastlabki rivojlanish davrida mo‘‘tadil azotli oziqlantirish, barglar massasining asosiy qismi hosil bo‘lishda o‘simlikning hammaoziqa elementlariga talabini qondirish, pishishga yaqinlashganda azotlioziqlantirishni kamaytirish maqsadga muvofiqdir.
    Fosfor. O‘simlik fosforni butun o‘suv davrida talab qiladi. Fosfor yetishmasa barglar va ildizmevalarning o‘sishi keskin kamayadi. Barglar to‘q-yashil tusga kiradi, to‘q-qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘lib, chetlariquriydi, qo‘ng‘ir o‘yiqchalar hosil bo‘ladi. Fosfor bilan optimaloziqlanish barglarning hosil bo‘lishini, ildizmevaning o‘sishini,pishishini tezlashtirib qand miqdorini oshiradi, texnologik sifatiniyaxshilaydi.
    Kaliy. O‘simlikda uglevod va oqsil almashinuvida katta ahamiyatgaega. Azotni o‘zlashtirishni yaxshilaydi, barglardan ildizmevaga uglevodlarning borishini tezlashtiradi, fermentlar faoliyatini yaxshilaydi, protoplazmaning suv ushlash qobiliyatini oshiradi, so‘lishdan saqlaydi.Kaliy yetishmasa, o‘simlikning qurg‘oqchilikka chidamliligi pasayadi,kasalliklarga chidamsiz bo‘lib qoladi, barglarda xlorofill hosilbo‘lishi, fotosintez jarayoni sustlashadi. Barglarning yon tomirlaridaoch dog‘lar hosil bo‘ladi, tomirlarning o‘zi yashil holda qoladi, barglaratrofi sarg‘ayadi va to‘q jigarrang tusga kirib quriydi.
    Mikroelementlardan marganets (Mn), bor (B), mis (Cu) muhimahamiyatga
    ega.
    Navlar. Astro, Ariana, Gina, Klavdiya, Kresus, Lena, Marna, Moldavskaya
    67, Romeo, Sonya, Stru 1813, Flora, Seriz Sado, Kasandra F1,Jozzepe F1,KWS UZB
    7291 bir urug‘li navlari O‘zbekistonda Davlatreyestriga kiritilgan.



    Download 1,15 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»

    Download 1,15 Mb.