|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 64/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)Qand lavlagining- ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi Lavlagichilik o‘simlikshunoslikning muhim tarmog‘i bo‘lib, qand sanoati uchun xomashyo, ildizmeva yetkazib beradi. FAO ma’lumotiga ko‘ra dunyoda ishlab chiqarilgan umumiy qandning 38 % i qand lavlagi hissasiga to‘g‘ri keladi. Zamonaviy qand lavlagi ildizmevalarida qand miqdori 16-20 % ga yetadi. Qand lavlagi ildizmevalarini qayta ishlashda har bir sentner ildizmevadan 12-15 kg qand, 85 kg jom, 4-6 kg qiyom olinadi. Qand asosiy, muhim oziq-ovqat mahsulotlaridan biri. U odam organizmida tez o‘zlashtiriladi va jismoniy hamda aqliy toliqishning oldini oladi, ishchanligini tiklaydi.
O‘zbekistonda qand sanoati va lavlagichilik Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin jadal rivojlandi. Xorazmda qand zavodiishga tushirildi.
Kelajakda respublikaning qandga bo‘lgan ehtiyojinito‘la o‘zida ishlab chiqarilgan qand hisobiga qondirish mo‘ljallanmoqda.
Bir gektar sug‘oriladigan yerdan 100 ts qand olish mumkin.
Lavlagiyetishtirishning iqtisodiy samaradorligi juda yuqori.
Jom – lavlagidan qand diffuziya yo‘li bilan ajratib olingandankeyin hosil bo‘lgan massa. Unda 5,6 % quruq modda va oz miqdorda qand,oqsil va 1 kg da jom 8 o.b., 1 ts quruq jom 85 o.b. saqlaydi.
Qiyom qand kristallashtirib olingandan keyin qolgan massa. Undaorganik modda miqdori quruq modda hisobida 90,2-91,6 % va 8,5-9,8 %kul elementlari saqlanadi. Qiyom quruq moddasining 58 % qand, 15 %azotli moddalar, 18 % azotsiz organik moddalar va 9 % kuldan iborat.Uning 1 kg da 45 g hazmlanadigan protein va 0,85 o.b. saqlanadi. Shuninguchun qiyomdan omixta yem tayyorlanadi. Shuningdek, undan spirt, glitserin, xamirturush (achitqi zamburug‘lar), sut va limon kislotalari tayyorlanadi.
Ildizmevaning kimyoviy tarkibi. Yetilgan ildizmevalarda o‘rtacha75% suv, 25% quruq modda saqlanadi. Quruq moddaning asosiy qismini– 17,5 % saxaroza,
7,5 % qand bo‘lmagan moddalar tashkil qiladi. Qandbo‘lmagan moddalarning 5 % i erimaydigan (kletchatka 2,5 %, pektin 2,4% va kul 0,1 %) moddalardan iborat. Eriydigan qand bo‘lmagan moddalarga fruktoza, glyukoza va boshqa azotsiz ekstratlanadigan moddalar(0,8 %), azotli moddalar (1,1 %) va kul (0,6 %) kiradi.Qand ishlab chiqarishda eriydigan «qand bo‘lmaganlar» invert qandfruktoza, glyukoza va yengil harakatlanadigan azotli birikmalar va aminokislotalar saxarozani kristallanishiga to‘sqinlik qiladi. Shuninguchun invert qand va azotning ko‘p bo‘lishi ildizmeva sifatining pastligini ko‘rsatadi. Eriydigan kul ham ildizmeva sifatini belgilaydi.
Qand lavlagining 1 kg ildizmevasida 26 o.b. saqlanadi. Shuningdek,5 kg barglari 1 o.b. teng bo‘lib, uning 100 kg ida 22 oziqa birligisaqlanadi.Qand lavlagining 250 ts/ga hosilida 6500 o.b. saqlanadi va qo‘shimcha,barglaridan 2500, jomdan 15 o.b. olinadi.
Uning agrotexnik ahamiyati ham katta. Qand lavlagi ekiladigan dalalar chuqur shudgor qilinadi, ko‘p miqdorda organik va ma’danlio‘g‘itlar solinadi, hamda begona o‘tlarga qarshi jadal kurash olib boriladi. Shuning uchun qand lavlagidan keyin dala begona o‘tlardan toza vaunumdorligi holida qoladi. Boshqa ekinlarning o‘sishi, rivojlanishiuchun qulay shroit yaratiladi. U juda serdaromad ekin.
Qand lavlagi Old Osiyoda, Markaziy Osiyoda eramizdan 1500-2500yil muqaddam ekilib boshlangan. Hozirgi madaniy ikki yillik shakllari bir yillik shakllaridan kelib chiqqan. Yovvoyi lavlagi hozir hamO‘rta Yer dengizi, Kaspiy va Qora dengiz sohillarida uchraydi va qandikam, yog‘ochsimon, dag‘al ildizga ega. Dastlab madaniy ekin sifatida Mongold, bargli lavlagi ekilib boshlangan, keyin ildizmevali shakllaritarqalgan. Dastlab qand lavlagini sileziya turi ekilgan.
Kristall qand Markgraf tomonidan 1747 yil kashf etilgan va Berlin akademiyasiga taqdim etilgan. Qand lavlagidan saxaroza olishniAxard 1799 yili isbot etgan. XIX asr boshlarida qand lavlagi ildizmevasida 6,7 % qand bo‘lgan bo‘lsa, 1860 yilga kelib 10 % yetkazilgan.
Hozirda eng yaxshi qand lavlagi navlarida qand miqdori 20% ga yetkazilgan va ildizmeva massasi oshirilgan.
Dunyoda ekiladigan qand lavlagining 80 % i Yevropada joylashgan. Har yili dunyoda 8 mln. ga maydonga qand lavlagi ekiladi. U dunyoningjuda ko‘p mamlakatlari (AQSh, Angliya, Germaniya, Turkiya, Ukraina, Rossiya, Qirg‘iziston)da ekiladi. O‘zbekistonda lavlagichilik 1998 yildanboshlab rivojlana boshladi.
Qand lavlagi serhosil ekin. Xorazm viloyatining sug‘oriladigan yerlarida ilg‘or xo‘jaliklar 400-600 ts/ga ga yetkazib ildizmeva hosiliolishmoqda.
|
| |