• Tuproqni ishlash.
  • Urug‘ni ekishga tayyorlash
  • Kartoshkaning yetishtirish texnologiyasi




    Download 1,15 Mb.
    bet61/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Kartoshkaning yetishtirish texnologiyasi


    Almashlab ekishdagi o‘rni, nav tanlash. Kartoshka uchun eng yaxshio‘tmishdoshlar – kuzgi g‘alla ekinlari, bir yillik dukkakli o‘tlar, g‘o‘za,poliz, piyoz. Kartoshkani tamaki, pomidor, boyimjon, qalampir singariituzumdoshlar oilasiga kiruvchi ekinlardan keyin joylashtirish yaramaydi. Bedadan keyin ikkinchi yili joylashtirish tavsiya etilmaydi.
    Ertagi kartoshka yetishtirish uchun o‘suv davri 70-90 kunlik tez pisharva o‘rta pishar – Zarafshon, Nevskiy, Ogonek, Sante, Ramona, Marfona, Kondor, Binella, Kosmos navlari tanlanadi. O‘rta pishar o‘suv davri 95 kun va undan ortiq bo‘lgan navlar ertagi kartoshka hosili yetishtirishuchun yaramaydi. Ularda tuganaklar hosil bo‘lishi yozning issiq davrigato‘g‘ri keladi.
    Tuproqni ishlash. Ertagi kartoshka ekiladigan dalalarga kuzda 20-40 t ga chirigan yoki yarim chirigan go‘ng, 90-150 kg fosfor, 60-80 kg/ga kaliytuzi shaklida solinib PN-3-35, PYa- 3-35 rusumli pluglar bilan 28-30 smchuqurlikda kuzgi shudgor qilinadi.
    Qish davrida yog‘ingarchiliklar ta’sirida tuproq zichlashib qolganbo‘lsa dala chizellanadi, boronalanadi, zarur bo‘lganda molalanib yerekishga tayyorlanadi.
    Urug‘ni ekishga tayyorlash. Urug‘larni ekishga tayyorlashda, avvaloular saralanadi, lat yegan, kasallangan tuganaklar terib olinadi. Ekishgavazni 30, 50, 80 g bo‘lgan tuganaklardan foydalaniladi. 80 g vazndan ortiqtuganaklar o‘rtasida uzunasiga kesilib 100 l suvga 5-6 kg TMDT, 2 gqahrabo kislotasi, 50-100 g bor kislota, marganets sulfat, mis kuporosi,4 kg ammofos qo‘shilgan eritmada ivitilsa hosildorlik 11-20 % oshadi(Ostonaqulov, 1997). Urug‘lik tuganaklar 12-15 kun davomida 12-20 0Sharoratda sernam qorong‘i joyda saqlanadi.
    Kartoshka urug‘ini nishlatish 25-30 kun davomida 12-150C haroratda,yorug‘ va yaxshi shamollatiladigan binolarda o‘tkaziladi. Nishlatishqorong‘i joyda o‘tkazilsa uning davomiyligi 15-17 kunga qisqartiriladiva bunda nishning uzunligi 0,5-2 sm dan oshmasligi kerak. Nishlatishda urug‘lar 2-3 qatlam qilib yoyiladi. T. Ostonaqulov ma’lumotlariga ko‘ra nishlatib ekilgan urug‘, nishlatmasdan ekilgan urug‘larga nisbatan 10-12kun erta pishadi va hosildorligi 18-25% oshadi.

    Download 1,15 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kartoshkaning yetishtirish texnologiyasi

    Download 1,15 Mb.