• Haroratga
  • «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»




    Download 1,15 Mb.
    bet58/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Biologik xususiyatlari. Hamma ekinlar singari kartoshkaningo‘sishi, rivojlanishi va yuqori hosil to‘plashi uchun suv, issiqlik,yorug‘lik, oziq moddalar, kislorod optimal miqdorda zarur. Uning ekologik omillarga bo‘lgan talabini o‘rganish uchun u kelib chiqqan joyningiqlimini yaxshi bilish juda muhim.
    Haroratga talabi. Kartoshka nisbatan salqin ob-havo sharoitidayaxshi rivojlanadi. Tuganakdagi ko‘zchalarda, joylashgan kurtaklar 3-60C da ko‘kara boshlaydi. Tuganaklar 7-12°C da tezroq rivojlanadi, 200C dajadal o‘sadi. Uning ildizlari harorat 70C dan kam bo‘lmagandagina hosilbo‘ladi. Shuning uchun u tuproqning 10 sm chuqurligida harorat 7-80C da eka boshlanadi. Ko‘kartirilgan tuganaklar o‘tqazilgandan keyin ekishunib chiqish davri 14-18 kun, ko‘kartirilmaganlari uchun 20-30 kunnitashkil etadi.O‘rtacha harorat 10-18 0S bo‘lganda, o‘rtacha sutkalik haroratyig‘indisi 243-316 0S ni tashkil qiladi. Juda past yoki yuqori haroratdako‘karish jadalligi pasayadi.





    8 Potatoes, production guidelines 2013
    Sovuq tuproqda urug‘lik tuganaklarning uzoq turib qolishi ildiz vayer usti massasi hosil bo‘lmasdan, tuganaklardagi zaxira moddalarhisobiga yangi tuganaklar hosil qilishi mumkin. Bunday holat tuganaklarsovuq, sernam yoki quruq, harorati 25-300S dan yuqori tuproqlarga ekilganda kuzatiladi.
    Maysalarning rivojlanishi uchun salqin, sernam ob-havo zarur.Ular jazirama issiq va garmseldan zararlanadi. Tuganaklar -1-20C sovuqdan zararlanadi. Ammo havo harorati sekinlik bilan pasayib borsa, undagi qand 8 % ga yetadi va ular qishlab chiqadi. Ular erta ko‘karadi vaqo‘ng‘izlar, bitlarga boshpana bo‘ladi.
    Kartoshkaning poya va barglari 5-60C havo haroratida ko‘karib boshlaydi. Uning maksimal o‘sishi tuproq namligi yetarli bo‘lganda 17-220C da kuzatiladi. Havo harorati 42-450C ga yetganda poya va barglar o‘siщdanto‘xtaydi. Bunda nafas olishga, fotosintez natijasida hosil bo‘lgan organik moddalardan ko‘proq sarflanadi. Harorat 500C ga yetganda nafasolish maksimum darajaga yetadi, o‘simlik so‘liydi, nobud bo‘lishi hammumkin. Harorat past – 1-1,50C bo‘lib havo nisbiy namligi yuqori bo‘lsapoyalar, barglar qorayib nobud bo‘ladi.
    Uning gullashi uchun eng maqbul harorat 18-210C. Havo harorati undan ortsa gullar, g‘unchalar to‘kilib boshlaydi. Odatda 25-290C da gullashto‘xtaydi.
    Eng jadal fotosintez havoda 0,03 % SO2, harorat 200Sbo‘lganda kuzatiladi. Havodagi SO2 1% ga yetganda havo haroratining optimumi 300C ga yetadi. Tuproqqa 80-100 t/ga organik o‘g‘it solinganda SO2bilan ta’minlanish kuchayadi. Go‘ng solingan dalada SO2 miqdori, shamolbo‘lmaganda, barglar ostida ertalab 1 % ga yetadi, natijada tuganaklarning hosil bo‘lishi bir sutkada 1 gektarda 500-600 kg ortadi.
    Tuganaklar hosil bo‘lishi uchun eng maqbul tuproq harorati 15-190C, ertapishar navlar uchun 15-
    170C, o‘rtapisharlar uchun 190C. O‘zbekistonsharoitida tuganaklar hosil bo‘lishi uchun optimal tuproq harorati 18-200C, havo harorati 22-24 0C.
    Tuproq harorati 60C dan past va 230C dan yuqori bo‘lsa tuganaklarhosil bo‘lishi sekinlashadi, 26-290C da to‘xtaydi.
    Yuqori harorat stolonlarning ko‘p hosil bo‘lishi va uning shoxlanishiga olib keladi, natijada tuganaklar ko‘p hosil bo‘ladi.
    Tuganaklarning o‘sishi va shakllanishi davrida jazirama issiq – 30-40 0S kartoshkaning «ekologik aynishiga» olib keladi. U modda almashinuvining buzilishi, hosilning pasayishiga sabab bo‘ladi. Kuchsizlanganbunday o‘simliklar viruslar va mikoplazma kasalliklari bilan kuchli zararlanadi.
    O‘suv davrida o‘simlikning to‘la rivojlanib yetlishi uchun 100C danyuqori faol harorat yig‘indisi ertapishar navlar uchun 1000-12000C, ertao‘rtapishar navlar uchun 1100-14000C, o‘rtapishar va o‘rtakechpishar navlaruchun 1400-15000C bo‘lishi talab qilinadi.

    Download 1,15 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»

    Download 1,15 Mb.