Kartoshkaning – muhim oziq-ovqat ekini, uning tuganaklarida o‘rtacha 75% suv va 25 % quruq modda saqlanadi. Shundan 14-22 % kraxmal, 1,4-3 %oqsil, 1 % kletchatka, 0,2-0,3 % yog‘ va 0,8-1,0 % kulni tashkil etadi. Tuganaklari vitamin S ga (20 mg/%) boy. Shuningdek, uning tarkibida vitaminlardan V1, V2, V6, A, RR, K saqlanadi. Bir sutkada 300 g yangi tuganakiste’mol qilinganda odam organizmi vitamin S ga bo‘lgan sutkalikme’yorning yarmidan ko‘prog‘ini, V1 ning 10-15% ini, RR ning 15% ini, V2va A ning 1-2% ini oladi.
Kartoshkadan spirt, kraxmal, dekstrin, glyukoza, kauchuk va boshqako‘plab mahsulotlar olinadi. Undan olingan kraxmal oziq-ovqat, to‘qimachilik, qog‘ozkarton, gugurt sanoatida va boshqa tarmoqlarda kengqo‘llaniladi.
Zamonaviy texnologiyada 1 t tuganakdan, kraxmalligi 17,5% bo‘lganda170 kg kraxmal, 1000 kg mag‘iz yoki 112 l spirt va 1500 l barda olinadi.
Kartoshka qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun ham qimmatli oziqa.Uning poya va barglari yaxshi silos bo‘ladi. Kartoshka xom tuganaklarining 100 kg da 29,5, poya va barglari silosida 8,5, bardasida 4, quruq bardada 52, mag‘zida 13,2, quruq mag‘zida 95,5 oziq birligi saqlanadi.
Hozirda kartoshka dunyoning hamma qit’alaridagi 130
mamlakatlardaekilmoqda. Kartoshkadan 250 dan ortiq turli taomlar tayyorlanmoqda.Dunyo dehqonchiligida kartoshka 18-19 mln ga maydonni band qiladi.O‘rtacha hosildorligi 12,5-13 t/ga. Yalpi hosil 290-295 mln t.O‘zbekistonda kartoshka 2004 yilda 54 ming ga maydonga ekilgan,o‘rtacha hosildorligi 13,0-14 t/ga, yalpi hosil 756 ming tonna.
O‘zbekistonda hozirda aholi jon boshiga 30 kg kartoshka ishlabchiqilmoqda, kelajakda bu ko‘rsatkich 50-55 kg ga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Ayrim manba’larga qaraganda Janubiy Afrikada ekish maqasadida keltirilgan kartoshka ekini birinchi Gallandiya davlatidan Cape ga tashrib buyuruvchi dengizchilarni oziq ovqat bilan ta’minlash maqsadida keltirilgan ekan. Shundab beri kartoshka sanoati Janubiy Afrikada eng asosiy oziq-ovqat
|