• Haroratga talabi.
  • Namlikka talabi
  • Yorug‘likka
  • Rivojlanish fazalari.
  • «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»




    Download 1,15 Mb.
    bet52/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Sistematikasi. Afrika qo‘nog‘i Pennisetum, avlodiga kirib, 100 dan ortiq 1 va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik. Madaniy turi — Pennisetum spicatum Koern. (sin. P. typhoides Stapf i Hubbard) Afrika genmarkazidan kelib chiqqan.


    Sudan o‘ti va afrika qo‘nog‘ini - biologiyasi va navlari


    Haroratga talabi. Urug‘larning ko‘karishiuchun optimal harorat 25-30 0S, minimal 8-10 0S, maksimal 35-42 0S. Judaissiqsevar o‘simlik. Urug‘lar 8-10 0S haroratda sekin una boshlaydi.Harorat 40 0S dan oshganda urug‘larni unishi sekinlashadi, 50 0S dan oshsa nobud bo‘ladi. O‘simlikning pishib yetilishi uchun faol harorat yig‘indisi 1500-3000 0S. Odatda 3-4 0S sovuq o‘simlikning to‘la nobud bo‘lishiga olib keladi. Sutkalik harorat 10 0S dan oshganda o‘simlik jadal o‘sadi.
    Qo‘noq urug‘lari 10 haroratda una boshlaydi. Harorat 20 S bo‘lganda
    tezda yoppasiga unib chiqadi. Yosh o‘simliklari bahorgi sovuqlarga ancha chidamli. Qo‘noq unib chiqqandan 20-25 kungacha juda sekin o‘sadi, shuning uchun uni begona o‘tlardan toza maydonlarga ekish juda muhimdir. 3-4 barg chiqarganda tuplanish boshlanadi, shu davrdan u tez (sutkasiga 4-5 sm) o‘sadi. Eng ko‘p quruq modda to‘playdigan davri nay o‘rash-gullash hisoblanadi, ammo bu davr oxirida poyasi dag‘allashadi.
    Namlikka talabi – sudan o‘ti qurg‘oqchilikka bardoshli. Kuchli ildiztizimi tuproqning chuqur qatlamlaridagi namlikdan ham foydalanadi.Sudan o‘ti sug‘orishlarga juda ta’sirchan. Urug‘larning ko‘karishi uchuntuproqdagi namlik ChDNS ning 50-80 % iga teng bo‘lishi kerak. Namlikortiqcha bo‘lsa o‘simlik yaxshi rivojlanmaydi.
    Qo‘noq qurg‘oqchilikka chidamli o‘simlik. Tuproq namligi dala nam sig‘imiga nisbatan 60-70% bo‘lganda yaxshi o‘sadi.
    Yorug‘likka talabi – sudan o‘ti O‘zbekiston sharoitida bo‘z, bo‘zo‘tloq,o‘tloq, kashtan tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Tuproq mexanik tarkibi o‘rtachaqumoq bo‘lishi ma’qul. Sudan o‘ti tuproq kislotaligi sal yuqori yoki sho‘rbo‘lishiga chidaydi.U 1 t quruq modda shakllantirish uchun 22-30 kg azot, 710 kg fosfor,17-20 kg kaliy o‘zlashtiradi. Qo‘noq azotli o‘g‘itlarga talabchan, fosforli o‘g‘itlarni kamroq talab qiladi.
    1t pichan hosili uchun 17-20 kg azot, 4-5 kg fosfor va 15-17 kg kaliy sarflaydi.
    Tuproqqa talabchan emas, u qumli, qumoq va og‘ir soz tuproqlarda ham o‘sa oladi, ammo tuproq begona o‘tlardan toza bo‘lishini talab qiladi. Vegetatsiya davri 90-120 kun. Rivojlanish fazalari. Urug‘lari bitta murtak ildizi hosil qilibko‘karadi. Tuproqda optimal harorat va namlik bo‘lganda, ekilgandan 4-5kun o‘tgach unib chiqadi. Tez tomir otadi.Vegetatsiya davrining boshlarida (5-6 hafta) sudan o‘ti sekin rivojlanadi. Ba’zan birinchi beshta bargning hosil bo‘lishi uchun 35-40 kunkerak bo‘ladi. Tuplanish fazasida o‘simlik 182 sm ga yetadi. Beshinchi bargning hosil bo‘lishi bilan poyaning yuqorigi bo‘g‘inidan tuplanish boshlanadi. O‘simlikning tuplanishiga tuproq unumdorligi, oziqlanish maydoni, yorug‘lik, issiqlik rejimi, optimal namlik ta’sir qiladi. Bittao‘simlikda naychalash fazasida poyalar soni 7,5, ro‘vaklashda 8,4, gullashda9,1, pishishda 10 taga yetadi.
    O‘rishdan keyin o‘sish tuplanish tugunining kurtaklaridan yangipoyalar hosil bo‘lishi, poyaning birinchi bo‘g‘inidagi barg qo‘ltiqlaridanpoya hosil bo‘lishi va o‘rish paytida o‘sish nuqtasi kesilmagan poyalarhisobidan sodir bo‘ladi.
    Maysalashdan 6 hafta o‘tgach ro‘vaklash boshlanadi va 2-3 hafta davometadi.Gullash ro‘vak hosil bo‘lgandan keyin 3-4 kun o‘tgach boshlanadi va 7- 9kun har bir ro‘vakda davom etadi. Gullar ertalab ochiladi va 3-4 soatochilib turadi. Sudan o‘ti anemofil o‘simlik, ammo o‘zidan changlanish ham kuzatiladi.
    Urug‘larning pishib yetilishi ham cho‘ziladi.Vegetatsiya davri o‘rtacha 100-120
    kun.

    Download 1,15 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»

    Download 1,15 Mb.