|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 49/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)O‘g‘itlash. Beda fosforli, kaliyli o‘g‘itlarga juda talabchan. Ular kuzgi shudgordan oldin, sho‘r yerlarda sho‘r yuvilgandan keyin ekish oldidan kultivatorlar bilan R250K100 R120-150K50-60 beriladi eski sug‘oriladigan yerlarga kaliyli o‘g‘it solinmaydi. Erta bahorda o‘g‘itlashda beda hasharotlarga
qarshi dorilanadi. Mikroelementlardan bo‘r yaxshi samara beradi. Beda boshqa ekinlar bilan qo‘shib ekilganda (makkajo‘xori, sudan o‘ti) N150-200 kg/ga solinadi. Bunda 50 % ekish oldidan, qolgani o‘simlik, bo‘yi 80–90 sm bo‘lganda beriladi.
Pichan o‘rilgandan keyin NRU–0,5 bilan 50 kg/ga azotli o‘g‘it sudan o‘ti uchun solinadi.
Parvarishi. Yosh beda bo‘yi 10–12 sm bo‘lganda o‘simlik sug‘oriladi. Kechikib ekilganda va yomg‘ir yog‘maganda har 5–7 kunda sug‘orishlar orasi 12– 15 kunga to‘g‘ri keladi. Qoplama ekinlar bilan qo‘shib ekilganda, bo- shoqli don ekinlari bilan 2–3, makkajo‘xori, sudan o‘ti 3–4 sug‘oriladi. Sug‘orish me’yorlari 600–700, 800, 1000–1200 m3/ga eski beda har bir o‘rim oralig‘ida 1–2 marta sug‘oriladi, me’yori 900–1200 m3/ga. Sug‘orish me’yori hamda soni tuproq mexanik tarkibiga, sizot suvlarning joylashishga, yog‘ingarchiliklarga bog‘liq holda belgilanadi. O‘rim oralig‘ida bir suv berilsa shonalashda, ikki suv berilganda o‘sa boshlashi va shonalashda, uch bo‘lsa o‘sa boshlaganda, shonalashda, gullay boshlaganda beriladi. Eski beda poyalar bahorda ta’mirlanadi. Ta’mirlash beda hamda kuzda javdar bilan 80 kg/ga, bahorda 8–10 kg/ga sudan o‘ti bilan o‘tkaziladi.
Beda asosan er sirtidan tomchilatib sug‘orish metodi orqali yetishtiriladi. Ushbu sug‘orish methodida sug‘orish leniyasi beda ko‘chati ostiga doimiy yotqiziladi. Bu esa sug‘iriladigan suvni to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘simlik ildiziga yetib borishiga va suvdan foydalanish samaradorligi oshishiga olib keladi. Natijada ekin maydoni quruq holda saqlanadi va hatto ekin sug‘orilgandan keyin ham bedani o‘rish va yeg‘ib olish mumkin. Bundan tashqari quruq tuproqda begona o‘tlarni o‘sishi kamayadi. Bu sug‘orish tizimining barqarorligi asosan tizimni to‘g‘ri boshqarish, muntazam ta’mirlash, sug‘orish suvininig va sugo‘rish tizimining o‘zini sifati kabi omillarga bog‘liq.6
Pichan sifati o‘rimni o‘tkazish muddatiga bog‘liq. Faqat shonalashda o‘rishi bedaning siyraklashishiga, begona o‘tlarning ko‘payishiga, hosilning pasayishiga olib keladi. Bunday holda beda gullay boshlaganda o‘riladi. Beda mevalay boshlaganda o‘rilsa, pichan sifati past hamda hosil kam bo‘ladi. KIR–1,5, KS–2,1, KIP–1,4, Moral, KS–2,6, KS– 1,8 silos kombaynlarida o‘riladi.
Urug‘lik beda har 1 m2 da 50–70, 30–50 tup qalinlikda bo‘lgan, o‘tgan yili pichan uchun o‘rilgan 2–3 yillik bedapoyada yetishtiriladi. Qalinlashgan maydonlarda ChKU–4,0 chizeli yoki oddiy chizel bilan o‘simliklar siyraklashtiriladi. Sizot suvlar yaqin joylashgan maydonlarda otvalsiz plug bilan 18- 24 sm chuqurlikda haydaladi.
O‘g‘itlash me’yori pichan uchun o‘stirilgandagidek. Sho‘r bosgan, hamda sizot suvlar yaqin bo‘lgan joylarda, haydalgan va chizellangan maydonlar kuzda egat olib sug‘oriladi. Bahorda 2–3 boronalanadi, sug‘orish uchun egat olinadi. Qishlaydigan zararkunandalarga qarshi kurashda bedapoya kundaligiga
6 Alfalfa Production Manual 2015 у
chizellanadi, boronalanadi. Bedani keng qatorlab qatori, 60-70 sm qilib ekilganda va har bir
1m2da 25-30 tup o‘simlik bo‘lganda, yuqori kondinsiyali urug‘ olish mumkin.
Bunda SON-2,8 seyalkasi bilan 5-6 kg/ga urug‘ sarflanadi.
Qator oralari yumshatiladi, sug‘orish uchun egat olinadi, ma’danli o‘g‘itlar solinadi. Qish mavsumida oz miqdorda yog‘in yog‘adigan sizot suvlar chuqur joy lashgan mintaqada I-o‘rim urug‘lik uchun ajratiladi. Sizot suvlar yaqin, yog‘insochin ko‘p joylarda ikkinchi o‘rim urug‘lik uchun qoldiriladi. Shonalashgacha tuproqda ChDNS-70 %, gullash don pishishigacha 60 % ushlab turiladi. Sizot suvlar chuqur joylashgan mexanik tarkibi yengil tuproqlarni birinchi o‘rimdan urug‘lik olingandan so‘ng u ikki marta shonalash va gullash fazalarini boshlanishida sug‘oriladi. Bahorda yog‘in kam tushadigan tuproqlarda bir suv shonalash davrida beriladi. Yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lganda urug‘lik beda sug‘orilmaydi. Urug‘lik uchun ikkinchi o‘rim qoldirilganda og‘ir tuproqlarda poyalar o‘sayotganda bir sug‘oriladi, yengil tuproqlarda ikki marta – birinchisi o‘suv davrida, ikkinchisi gullay boshlaganda o‘tkaziladi. Sizot suvlar yaqin bo‘lganda, urug‘lik bedani sug‘ormasa ham bo‘ladi. Sug‘orish me’yorlari 800-900 m3/ga dan oshiril- maydi.
Dukkaklar 70-80 % qo‘ngir tusga kirganda JNU-4,0 markali jatkalarda o‘riladi. Don kombaynlarida yanchiladi. Zararkunandalar. Beda barg filchasi (fitonomus), tuganak, uzun- burunlari, o‘txo‘r-bruxofagus, beda va dala qandalalari, o‘simlik bitlaridan zararlanadi.
|
| |