|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 47/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1) Beda biologiyasi va navlari
Biologik xususiyatlari. Beda O‘zbekistonda sug‘oriladigan va lalmikor yerlarda ekiladi. U hamma viloyatlarda, turli tipdagi tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Bedani og‘ir va yengil, o‘tloq, bo‘z, bo‘z-o‘tloq, sho‘r tuproqlarda o‘stirib yuqori hosil olish mumkin. Ko‘k beda tipik bahori ekin. Uni bahorda, yozda, kuz boshida ekish mumkin. Uni yaxshi agrotexnik sharoitda, lalmikorlikda 10 yilgacha, sug‘oriladigan sharoitda uzoq yillar o‘stirish mumkin. Turkmanistonda bedani bir dalada 25-30 yilgacha o‘sib hosil berishi kuzatilgan, ammo oxirgi yillar hosili kamayadi, o‘simliklar siyraklashadi.
Ekilgan yili 2-3 o‘rib olish mumkin. Sug‘oriladigan yerlarda 2-3 yili 5-6 o‘rib olsa bo‘ladi.
U issiqsevar, yorug‘sevar, issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamli. Beda uzun kun o‘simligi. Urug‘lari 1 0S haroratda ko‘kara boshlaydi, 5-6 0S da unib chiqadi. Unib chiqishi uchun optimal harorat 18-200S, maysalari 6 0S sovuqqa chidaydi. Qish davrida qor qatlami yetarli bo‘lganda 40 0S sovuqqa bardosh beradi. Bedani sovuqqa chidamsiz navlarida barglar to‘plami tik, o‘rtacha chidamlilarida yarim tik, juda chidamlilarida yotib o‘sadi. O‘simlikning sovuqqa chidamliligi oxirgi o‘rim qaysi paytda o‘tkazilganligiga bog‘liq. Oxirgi o‘rim doimiy sovuqlar tushishiga 3540 kun qolganda o‘tkazilishi lozim. Bahorda o‘simlik 7-9 0S da o‘sa boshlaydi. Yozning bi- rinchi yarmida o‘rtacha harorat 22-23 0S bo‘lganda bahodagi o‘sishdan bosh- lab gullashgacha 42 kun o‘tadi, ikkinchi yarmida 55 kun o‘tadi. O‘sishning boshlanishidan gullashgacha 8000S ijobiy harorat kerak. Albatta bu ko‘rsatkichlar namlik va haroratning o‘zgarishi bilan o‘zgarishi mumkin.
Namga talabi. Beda qurg‘oqchilikka chidamli, shu bilan birgalikda namlikka juda ta’sirchan. Qurg‘oqchilikka chidamlilik uning kuchli ri- vojlangan, chuqur kirib boradigan ildiz tizimi bilan xarakterlanadi. Beda tipik mezofit o‘simlik bo‘lganligi uchun barg, poyalarning yaxshi o‘sishi uchun yetarli miqdorda namlik kerak. Beda urug‘lari ko‘karishi uchun o‘z og‘irligiga teng miqdorda suv yutishi kerak. Transpiratsiya koeffitsiyenti 700-900. Tuproqdagi namlik ChDNS 80 % kam bo‘lmasligi lozim. Ammo beda urug‘lik uchun ekilganda tuproqdagi namlik katta bo‘lishi ma’qul emas. Sizot suvlar sathi chuqur joylashgan, mexanik tarkibi yengil tuproqlarda birinchi o‘rimda urug‘lik olingandan so‘ng – shonalash va gullash fazalarida sug‘oriladi. Yog‘in-sochin ko‘p bo‘lganda urug‘lik beda sug‘orilmaydi. Tuproqda rN 5 bo‘lganda tuganak bakteriyalar deyarli rivojlanmaydi, hosil bo‘lgan ayrim kam tuganaklarda ham bakteriyalar azot to‘plamaydi. U tuproqda rN – 6,5-
7,0 bo‘lganda juda yaxshi o‘sadi. O‘simlik sho‘rga chidamli va uning chidamliligi o‘simlik yoshiga bog‘liq bo‘ladi.
Beda 1 t pichan hosil qilishi uchun tuproqdan N-39, R2O5_-10, K2O-24, CaO-15, Mg-8 kg o‘zlashtiradi. Beda hayotining ikkinchi va keyingi yillarida quyidagi rivojlanish fazalari kuzatiladi: o‘sishning boshlanishi, poyalash, shonalash (g‘unchalash), gullash, dukkaklarning hosil bo‘lishi va qo‘ng‘ir tusga kirishi.
Gullashi davomli bo‘lib taxminan 2-3 haftaga cho‘ziladi. Shuning uchun urug‘lar bir paytda pishmaydi.
Navlar. O‘zbekistonda ko‘k bedaning quyidagi navlari keng tarqalgan va Davlat reyestriga kiritilgan: Aridnaya, Boygul, Karakalpakskaya-15, Milyutin1774, Samarqand jaydari, Tashkentskaya-3192, Tash- kentskaya-1, Tashkentskaya1728, Tashkentskaya-2009, Xiva jaydari, Xarezmskaya-2.
|
| |