• Hosilni yig‘ishtirish
  • «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»




    Download 1,15 Mb.
    bet44/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Ekin parvarishi. Sug‘oriladigan dehkonchilik sharoitida soya qator oralari ishlanadi, o‘simliklar oziqlantiriladi, begona o‘tlardan tozalanib sug‘oriladi, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashiladi. Qator oralarini ishlashga kirishish maysalar unib chiqib, qatorlar hosil bo‘lganda boshlanadi. Keyingi kultivatsiya ekinzorni begona o‘tlar bilan ifloslanishi, tuproqning zichlashib qolganligi, sug‘orishdan keyin tuproqni yetilganligiga bog‘liq holda o‘tkaziladi. Qator oralarini ishlash odatda har 10-15 kunda o‘tkaziladi, ularning soni ekinzor holatiga qarab belgilanadi. Birinchi kultivatsiya 6-8 sm chuqurlikda, keyingilari 10-15 sm chuqurlikda o‘tkaziladi. Begona o‘tlarga qarshi fozilad-super 2-4 kg/ga urug‘lar unib chiqishdan oldin qo‘llaniladi. O‘suv davrida soya 2-4 barg hosil qilganda yoki ekilgandan keyin unib chiqkuncha pivot gerbitsidi 0,8-1,0 kg/ga miqdorda tuproqqa purkaladi. Urug‘larni ekishdan 10-15 kun oldin tuproqqa treflanni 4 kg/ga miqdorda purkash ham yaxshi samara beradi.
    Soya o‘simligi bitlaydi, chigirtkalar, o‘rgimchakkana, tripslar, xasvalardan zararlanishi mumkin. Zararkunandalarga qarshi summi alfa 0,25-0,30 kg/ga, karate 0,15-0,25 kg/ga qo‘llaniladi. Hasharotlar soya hosilga zarar yetkazadigan miqdorda bo‘lganda insektitsidlar qo‘llaniladi. Kasalliklardan anrtaknoz, barglar mozaikasi, fitoftoroz, ildiz chirish kasalligi ekinzorda ko‘p uchraydi. Ularga qarshi
    agrotexnik tadbirlar bilan bir qatorda, urug‘larni ekish oldidan dorilash, tozalash, quritish, omborlarni dezinfeksiyalash singari chora-tadbirlar qo‘llaniladi.
    Sug‘orish. Ekinzorni sug‘orish tuproq mexanik tarkibi, sizot suvlar sathiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Sizot suvlar chuqur joylashgan bo‘z tuproqlarda sug‘orishni egatlab 5-6 marta o‘tkazish tavsiya qilinadi (Romanov, 1987).
    Mexanik tarkibi og‘ir loy tuproqlarda sug‘orish davomiyligi 20–25 soat, yengil tup- roqlarda 12– 15 soat bo‘ladi. Sug‘orish me’yorlari 400–450
    m3/ga o‘simlik vegetatsiyasining boshlarida, 600–650 m3/ga
    vegetatsiya o‘rtalarida va 400– 500 m3 don pishish paytida.
    Lalmikorlikda soya sug‘orilmasa 4–5 ts/ga don hosili beradi. O‘zbekiston sharoitida sug‘orishni to‘g‘ri tashkil qilib o‘tkazish yuqori hosil olishni ta’minlaydi. Hosilni yig‘ishtirish. Soya hosili urug‘lardagi namlik 14-16% ga yetganda, SK–5
    «Niva», SKD–6 «Sibiryak», Keys kombaynlari bilan o‘rib yanchib olinadi. Urug‘lardagi namlik 12% dan yuqori bo‘lganda barabanlarning aylanish tezligi minutiga 500–600 ga kamaytiriladi, barabanlar oralig‘i kengaytiriladi. Barabanlarning aylanish tezligi urug‘lardagi namlik 12% dan kam bo‘lganda minutiga 300–400 ga kamaytiriladi. Hosil massasida namlik yuqori bo‘lsa barabanlar oralig‘i qisqartiriladi. Hosilni yig‘ishtirish qisqa muddatlarda nobudgarchiliksiz o‘tkaziladi. Urug‘lar tozalanadi, saralanadi. Bu ishlar VS–2, saralaydigan «Zmeyka», shuningdek OVP-20, OS-4,5, ZAV-20, «Petkus-gigant»,
    «Super-Pektus» mashinalarda o‘tkaziladi. Urug‘lar namligi 14 % dan ortiq bo‘lmagan holda saqlanadi.

    Nazorat savollari:



    1. Soya - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi

    2. Soya biologiyasi va navlari

    3. Soya yetishtirish texnologiyasi




    1. Download 1,15 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»

    Download 1,15 Mb.