• Soyani - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
  • «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»




    Download 1,15 Mb.
    bet40/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Nazorat savollari.


    1. Ko‘k no‘xatning - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi

    2. Ko‘k no‘xatning biologiyasi va navlari

    3. Ko‘k no‘xatning yetishtirish texnologiyasi

    1. Mavzu: Soya o’simligining biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi Reja:


    1. Soyaning - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi

    2. Soyaning biologiyasi va navlari

    3. Soyani yetishtirish texnologiyasi

    Soyani - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi


    Soya – O‘zbekistonda yosh o‘simlik. Uning donida 30-52 % oqsil, 18-25 % yog‘, 20 % uglevodlar bor. Uning donidan qandli diabet kasalliklari uchun parhez taomlar tayyorlanadi. Donidan sut, qatiq, tvorog, kolbasa mahsulotlari, margarin, un, konditer mahsulotlari, moy, konservalar tayyorlashda foydalaniladi. Soyaning asosiy oqsili – glitsinin yaxshi hazmlanadi, suvda yaxshi eriydi, achib qatiqqa aylanadi, uning oqsili almashtirilmaydigan aminokislotalarga boy. Dunyoda yalpi ishlab chiqarilgan o‘simlik moyining 40 % i soyanikiga to‘g‘ri keladi. Soyaning kunjarasida 40 % oqsil, 1,4 % yog‘, 30 % AEM saqlanadi. Uni yashil va silos massasi uchun, toza hamda makkajo‘xori bilan qo‘shib o‘stirish mumkin. 100 kg yashil massasida 21 o.b., 3,5 kg oqsil bor. Uning yashil massasidan vitaminli o‘t uni tayyorlanadi. Soyaning 100 kg poyasida 32 o.b. va 53 kg oqsil saqlanadi. Soya o‘simligi doni va oqsilidan to‘rt yuzdan ziyod turli xil mahsulotlar tayyorlanadi va ular halq xo‘jaligining barcha sohalarida ishlatiladi. Qayta ishlanmagan soya moyining chiqindilaridan lak - bo‘yoq sanoatida, sovun ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
    Soya oqsilidan qon plazmalari, ko‘z oynaklar uchun sifatli linzalar olinadi. Bundan tashqari jun gazlamalar ishlab chiqiladi. Ularni haqiqiy junli matolardan ajratib bo‘lmaydi.
    Soya donining bir kg dan buzoqlar uchun tuyimliligi va kimyoviy tarkibi jihatidan sigir sutiga teng bo‘lgan 8-10 kg sut tayyorlanadi.
    Tovuqlar soya shroti bilan oziqlantirilgan da ulardan olinadigan tuxum soni ortadi. Soya shroti bilan boqilgan jo‘jalarning boqilish muddati 12-15 kunga qisqaradi.Soya oqsilidan ipakchilikda ham ozuqa sifatida foydalaniladi. Masalan, Yaponiyada bir yilda besh martagacha ipak qurti boqiladi. O‘ylab qolasiz nima bu mamlakat tropik mamlakatmidi? Yo‘q u yerda soya oqsilidan suyultirilgan pastalar tayyorlanib qurtlar oziqlantiriladi.
    Tarixi. Soya dunyodagi eng qadimiy ekinlardan biri. Uning vatani JanubiySharqiy Osiyo mamlakatlari. Eramizdan 6 ming yil muqaddam soya urug‘i uchun ekilgan. Xitoy, Yaponiya, Indoneziya, Hindistonda undan 250 dan ortiq turli taomlar tayyorlanadi.. Soya juda qadimgi ekin bo‘lib, dastlab Shimoliy –sharqiy Xitoyda xonakalashtirilgan. Soya loviyaning uzoq qarindoshi hisoblanadi. Soya so‘zi yevropacha so‘z bo‘lib (soy/soya/soja), eramizdan II-I ming yilliklar oldin xitoycha nomlangan «shu» yoki «su» - dukkak so‘ziga to‘g‘ri keladi. Xitoyliklar soyani «Buyuk dukkak» deydi.
    Bu ekin eramizdan oldingi 5000 yillarda ma’lum bo‘lgan. Xitoyda toshlarda, suyaklarda va toshbaqaning toshlarida chizilgan soya rasmi topilgan. Xitoy mamlakatiga asos solgan, eramizdan 4300 yil oldin yashagan imperator Shen-Nun xalqini 5 ta ekin turini yetishtirishga o‘rgatgan; sholi, bug‘doy, tariq, qo‘noq va soya. Eramizdan oldingi 400-500 yillarda soya Koreyada ekilgan va undan Yapon orollariga olib kelingan. Faqat 2000 yil o‘tgandan keyingina Osiyodan tashqariga olib chiqilgan.
    Yevropaga Fransiyadan 1740 yilda keltirilgan bo‘lsada, 1885 yildan ekila boshlangan.
    1790 yilda Angliyaga keltirilgan. 1898 yilda soya navlarining katta qismi Osiyo va Yevropadan AQSh ga keltirilgan va jadal ravishda rivojlantirilib, XX asrning 30 yillarida ekin maydoni 1 mln/ga yetkazilgan. Shundan buyon AQSh dunyo bo‘yicha soya yetishtirishda yetakchi mamlakat hisoblanadi.
    Soyaning vatani Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari. Xitoy, Yaponiya, Indoneziya, Hindistonda undan 250 dan ortiq turli taomlar tayyorlanadi. Rossiyada bu ekinga qiziqish 1873 yilda Venada o‘tkazilgan Xalqaro ko‘rgazmada Osiyo va Afrikadan keltirilgan 20 dan ortiq soya navlari nomoyish qilingandan keyin paydo bo‘lgan va 1877 yildan ekila boshlangan. Katta maydonlarga esa 1924-1927 yillardan ekilgan.
    Hozirgi kunda soya dunyo dehqonchiligida – asosiy oqsil-moy beruvchi ekin hisoblanadi.
    FAO ma’lumoti bo‘yicha dunyo bo‘yicha 2013 yilda 111,3 mln/ga maydonga ekilgan. Hosildorligi 276,4 mln tonna yoki 24,8 ts/ga
    O‘zbekistonda soya 1930 yildan buyon ekiladi va u Xitoydan Uzoq Sharq orqali kirib kelgan. Mamlakatimizda L. I. Krika, Ya. D. Momot, D. Yormatova. X.
    N. Otaboyevalar soya ekishni qizg‘in targ‘ib qilishgan va o‘stirish texnologiyasining elementlarini ishlab chiqishgan.Samarqandda 1300 ga yerga, hosil 90 ts/ga, Sirdaryoda 1000 ga yerga, hosil 22,0 ts/ga, Respublika bo‘yicha 1400 gektarga yerga va hosil 85,1 ts/gani tashkil qildi.
    O‘simlik moyini dunyo bo‘yicha ishlab chiqarishda soya birinchi o‘rinni egallaydi. O‘simlik moyining 32,8 % soyaga to‘g‘ri kelsa, kungaboq moyining ulushi esa bor yo‘g‘i 17,1% ni tashkil etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yer shari aholisining 53% faqatgina soya moyini iste’mol qiladi.
    O‘zbekistonda qator moy zavodlarida Asaka, Andijon, Qo‘qon, Koson, Guliston, Urganch moy zavodlarida soya donidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moy ajratib olinadi.
    Soya dukkaklilar (Fabaceae L.) oilasiga mansub (Glicina hispida L.) bir yillik o‘tsimon o‘simlik. Rivojlanish fazalari. 1) unib chiqish, 2) uchtalik barglarning hosil bo‘lishi, 3) shonalash, 4) gullash va meva tugish, 5) pishish, 6) to‘la pishish.

    Download 1,15 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»

    Download 1,15 Mb.