|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 36/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)Hosilini yig‘ishtirish. O‘zbekiston sharoitida no‘xat yozning jazi- rama issiq davri iyun oylarida yetiladi. Pishganda meva bandi va dukkak po‘choqlari tez quriydi.
Hosil qisqa, eng maqbul muddatda o‘rib-yanchib olinmasa nobudgarchilik ko‘payadi. O‘rimdan oldin kombaynlar qayta jihozlanadi, sozlanadi, barabanlar aylanish tezligi kamaytirilib (500-600 minutiga) ularni oralig‘i kengaytiriladi. Samarqand qishloq xo‘jalik institutida yaratilgan «Umid» navi baland bo‘yli bo‘lganligi uchun kombayn bilan o‘rishga juda qulay. Past bo‘yli navlar ham yaxshi parvarish qilinganda bo‘ychan bo‘ladi va kombayn yordamida don hosilini o‘ribyanchib olishga yaroqli holga keladi. Hosil tozalanadi, quritiladi va namligi 12- 14
% dan ortiq bo‘lmagan holda saqlanadi.
Nazorat savollari:
No‘xat - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
No‘xat biologiyasi va navlari
No‘xat yetishtirish texnologiyasi
Reja:
Ko‘k no‘xatning - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
Ko‘k no‘xatning biologiyasi va navlari
Ko‘k no‘xatning yetishtirish texnologiyasi
Ko‘k no‘xat oziq-ovqat hamda yem-xashak maqsadida ko‘p ekiladigan dukkakli don ekinlaridan biri. Urug‘ida 20-26% oqsil mavjud. Urug‘i yaxshi pishadi va hazmlanadi. Ko‘k no‘xat omixta yem-ishlab chiqarishda asosiy oqsil manbai. Uning
1 oziq birligida 120-185 g hazmlanadigan oqsil saqlanadi. Sabzavot navlari konserva sanoatida foydalaniladi. Ko‘k no‘xat almashlab ekishlarda toza va boshqa ekinlarga qo‘shib ekilganda 1 ga olinadigan oqsil hamda karotin miqdori ko‘p bo‘ladi. Mavsum davomida bir gektar ekinzorda 80-120 kg azot to‘playdi.
Tarixi. Vatani Old Osiyo, Turkmanistonning tog‘li mintaqasi, Iroq, Kavkazorti. Ikkinchi vatani O‘rta yer dengizining sharqiy sohillari. Ko‘k no‘xat Yevropa, Osiyo, Amerikada ko‘p ekiladi. Juda plastik ekin va shuning uchun keng tarqalgan. Ko‘k no‘xatning doni qadimgi tosh davriga taaluqli bo‘lgan qazilmalarda topilgan. Eramizgacha bo‘lgan 1chi asrning o‘rtalarida Afin ko‘chalarida issiq ko‘k no‘xatli sho‘rva sotilgan. Bu ovqat o‘sha paytda mislsiz mashhur bo‘lgan. Ko‘k no‘xatning keyingi arxeologik qazilmalar natijasi ma’lumoticha vatani – Old Osiyo (Kavkaz orti, Shimoliy sharqiy Eron, tog‘li Turkmaniston, Kichik Osiyo) hisoblanadi.
O‘rta asrlarda ko‘k no‘xat xashaki dukkak va yasmiq bilan birgalikda YaqinSharq, Shimoliy Afrika va Yevropa aholisining ovqatining zaruriy bir qismi bo‘lgan.
Xitoyga eramizdan oldingi I asrda, hatto undan ham oldin Afg‘onistondan Hindiston orqali kirib kelgan. Hind va xitoyliklarda boylik ramzi bo‘lgan. Yaponiyaga Hindistonda IV asrda keltirilgan. Angliyani 1066 yilda Vilgelm
I Zavoyevatel bosib olishi bilan ko‘k no‘xat keng tarqalgan.
Graf Sharl Dobrogo (1124 y) sabzavot sifatida ko‘k no‘xat va dukkak ekish to‘g‘risida buyruq beradi. Amerikaga keyinchalik keltirilgan. Birinchi bo‘lib no‘xatni X.Kolumb Izabella (1493 g.) oralida (jemchujina Filippin) ekkan. Qishlovchi no‘xat Avstriyada keltirilib 1922 yilda AQShda ekilgan.
Eramizdan 1700—1500 yillar oldin bug‘doy, arpa, dukkak, ko‘k no‘xat, yasmiq ekilgan. Qadimgi qo‘lyozmada Feofrast (IV—III vv. do n. e.) davrida ko‘k no‘xat ovqat va yem-xashak uchun foydalanilgan.XVI asrda Fransiyada tarqalgan.
Qadimgi Gretsiya va Rimda kambag‘al xalqning asosiy ovqati bo‘lgan bo‘lsa XVI asrda Fransiya qirolining stoliga cho‘chqa yog‘i bilan qovurilib qo‘yilgan. Shirin ko‘k no‘xat XVI asrda gollandlar tomonidan kashf etilgan. Angliyada tansiq ovqat bo‘lib, juda qimmat turgan. Keyinchalik ular ham ko‘k no‘xatni yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan.
Rossiyaga XVII asrda keltirilgan, ungacha no‘xatning boshqa navlari iste’mol qilingan. Hech qaysi davlatda Rossiya davlatidek ko‘k no‘xatni sevishmaydi. Rossiyada uni «tsar-gorox» deb atashadi. Rossiyaning janubida hozirda ham yovvoyi ko‘k no‘xatni uchratish mumkin.
Hozirda ko‘k no‘xat dunyoda dukkakli ekinlar ichida 4chi o‘rinni egallab, 48% ovqatga, 35% — chorvaga ishlatiladi.Xom ko‘k no‘xat ishlab chiqaruvchi birinchi davlatlar Hindiston va Xitoy. Pishgan ko‘k no‘xat Kanada, Fransiya, Rossiya va Xitoyda i/ch.di
Eng katta ko‘k no‘xat ekiladigan maydon Kanadada (1455 mln/ga ), eng yuqori hosil Fransiyada (boleye 20 ts/ga) yetishtiriladi. Aholi jon boshiga bir yilda Fransiyada 2,2 kg/, Efiopiyada — 6-7 kg, Ko‘k no‘xat i/ch lider mamlakatlar Kanada, Rossiya, Fransiya, Xitoy, Indiya.Yashil massa hosili 350 ts/ga ga yetadi. Ko‘k no‘xat biologiyasi va navlari
Don uchun ekiladigan navlarida dukkaklari po‘chog‘ida pergament qatlami bor. Qandli navlarida pergament qatlami yo‘q va ular sabzavotchilikda yashil dukkaklari uchun o‘stiriladi. Ko‘k no‘xatning o‘suv davri navlari, o‘stirish sharoitiga bog‘liq holda 70-140 kun. Ko‘karganda urug‘pallalarini tuproq yuzasiga olib chiqmaydi. O‘zidan changlanadi. Uzun kun o‘simligi. Sovuqqa chidamli.
Maysalari 4-5 0S da o‘saveradi va -4 0S sovuqqa bardosh beradi. Harorat 26 0S dan oshsa hosilning shakllanishi sustlashadi. Pishib yetilishi uchun faol harorat yig‘indisi 1200-1600 0S. Urug‘lari unib chiqishi uchun o‘z vazniga nisbatan 100120
% suvni yutadi. Transpiratsiya koeffitsiyenti 700-900. Neytral tuproqlarda yaxshi o‘sadi. O‘zbekistonda dala ko‘k no‘xatining Usatыy-90, Vostok-55, Vostok- 84, ekma ko‘k no‘xatni Osiyo-2001 navlari Davlat reyestriga kiritilgan.
|
| |