• Ekish muddatlari
  • Sug‘orish.
  • «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»




    Download 1,15 Mb.
    bet34/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Urug‘ni ekishga tayyorlash. No‘xat urug‘lari ekish oldidan turli aralashmadan tozalanadi, yirik va tekislari saralab olinadi. Ekiladigan urug‘lar yuqori reproduksiyali (avlodli) 1 va II sinf talablariga to‘la javob beradigan bo‘lishi lozim. Urug‘larning unuvchanligi 95 va 92 %, tozaligi 99 va 98,5 dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi. Ayrim hollarda unuvchanligi 90 %, tozaligi 97 % bo‘lgan III-sinf urug‘larni ham ekish mumkin ular asosan urug‘lik uchun foydalanmaydigan dalalarga ekiladi. Urug‘lar ekishdan 20-30 kun oldin panoktin bilan 200 g/ ts uruqqa hisobida dorilanadi.
    Urug‘lar ekishdan oldin nitragin bilan ishlanadi. Rizotorfin 1 ga maydonga ekiladigan uruqqa 200g miqdorda 2 l suvga aralashtirib qo‘llaniladi.
    Ekish muddatlari. No‘xat erta bahorgi ekin. U erta bahori don ekin- lari bilan bir vaqtda ekiladi. Tuproqni urug‘ ekiladigan qatlamida harorat 6-7 0S ga yetishi urug‘ ekish uchun eng qulay muddat hisoblanadi. Sa- marqand viloyati sharoitida sug‘oriladigan yerlarda optimal ekish muddati mart oyining birinchi va ikkinchi o‘n kunligi. Respublikamizning janubiy viloyatlarda no‘xat fevralning oxirgi va martning birinchi o‘n kunliklarida ekiladi. No‘xat qator oralari 45 yoki 60 sm qilib ekiladi. No‘xat urug‘lari qator oralari 60sm, o‘simliklar oralig‘i 6 sm qilib ekilganda urug‘ hosili 25 ts/ga yetgan yoki qator oralari 45 va 70 sm qilib ekilgandagina nisbatan hosildorlik 3-4ts/ga oshgan. Tajribalarining ko‘rsatishicha tuplar oralig‘i 6 va 9 sm ekilganda eng yaxshi natijalar olingan. Bunda ekish me’yori gektariga 60 va 80 kg ni tashkil qiladi.
    No‘xat urug‘lari chigit ekadigan SChX-4, SXU-4, SPU-6 m seyalkalarida ekilishi mumkin. Urug‘lar SPCh-6 M, SPCh-8, SUK-24 seyalkalarida ekilganda ekish sifati yuqori bo‘lib, urug‘lar sonini aniq tashlash mumkin. No‘xat urug‘lari 57 sm chuqurlikka ekiladi. Ekish chuqurligi tuproq holati, urug‘lar yirikligiga qarab 4-8 sm o‘zgarishi mumkin.
    Sug‘orish. Sug‘orishlar me’yori 600-700 m3/ga. Ularning soni sizot suvlar, atmosfera yog‘ingarchiliklari va boshqa omillarga qarab o‘zgartirilishi mumkin.
    No‘xat parvarishi. No‘xat maysalari hosil bo‘lmasdan va hosil bo‘lgandan keyin boronalashni o‘tkazish mumkin. Maysalar 6-7 sm ba- landlikka yetganda boronalash yaxshi natija beradi. Boronalash kunduzi maysalar biroz so‘liganda o‘tkaziladi. No‘xat qator oralari 2-3 kultivatsiya qilinadi, sug‘orishdan oldin jo‘yaklar olinadi. No‘xatni lalmikorlikda yetishtirish xususiyatlari. Lalmikorlikda no‘xat qator oralari chopiq qilinadigan almashlab ekish tizimiga kiritiladi. No‘xat toza shudgorga ekiladi. Kuzgi bug‘doydan keyin joy- lashtirilgandagina nisbatan
    no‘xatdan keyin ekilsa kuzgi bug‘doy hosildorligi 11-26 % ortiq bo‘lgan ammo toza shudgorga ekilgandagina nisbatan hosildorlik 9-18 % kamaygan. O‘zbekiston «G‘alla» IIChB da o‘tkazilgan tajribalarda toza shudgorga ekilgan kuzgi bug‘doydan 9-7 ts/ga, no‘xatdan keyin ekilganda 8,4 ts/ga, maxsardan keyin 5,8 ts/ga, sudan o‘tidan keyin
    5,8 ts/ga bug‘doydan keyin ekilganda 4,0 ts/ga don hosili olingan. Lalmikorlikda no‘xatni ko‘p yillik begona o‘tlar bosgan dalalarga ekish tavsiya etilmaydi. Tuproqni ishlash. No‘xat ekiladigan dala yomg‘irdan keyin yetarli namlanganda,
    yer yetilishi bilan
    shudgorlanadi. Bahorda 6-8 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi, juda zichlashib qolgan tuproqlar 10- 12 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi, mola bostiriladi.
    Kultivatsiya ko‘ndalangiga o‘tkazilganda yer yaxshi tekislanadi.

    Download 1,15 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»

    Download 1,15 Mb.