• Don-dukkakli ekinlarning ahamiyati, biologik xususiyatlari.
  • «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»




    Download 1,15 Mb.
    bet31/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Nazorat savollari:


    1. Sholi - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi

    2. Sholi biologiyasi va navlari

    3. Sholi yetishtirish texnologiyasi



    1. Mavzu: Don-dukkakli ekinlar. Don - dukkakli ekinlarning umumiy tavsifi va biologiyasi. No’xatning biologiyasi va etishtirish texnologiyasi


    Reja:


      1. Don-dukkakli ekinlarning ahamiyati, biologik xususiyatlari.

      2. No‘xatning - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi

      3. No‘xatning biologiyasi va navlari. No‘xat yetishtirish texnologiyasi



    Don-dukkakli ekinlarning ahamiyati, biologik xususiyatlari.


    Dukkakli-don ekinlari dukaklilar-Fabaceae -oilasiga mansub. Dukkakli don ekinlari don ekinlariga nisbatan oqsilga boy, hazmlanishi oson, sifatli, arzon don hosili beradi va tuganak bakteriyalar yordamida havodagi azotni o‘zlashtirish hususiyatiga ega.
    Dukkakli don ekinlarini yetishtirish qishloq xo‘jaligidagi uchta asosiy muammoni hal qilishga imkon beradi:

    1. Don yetishtirishni ko‘paytirish;

    2. O‘simlik oqsili muammosini hal etish;

    3. Tuproq unumdorligini oshirish.

    Dukkakli-don ekinlari faqat oqsilning miqdori bilan emas, balki uning sifati ham farq qiladi. Ekinlarni turiga qarab ular oqsilning tarkibida har xil almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar mavjud.
    Almashtirilmaydigan aminokislotalar miqdori bo‘yicha dukkakli don ekinlari qo‘ng‘irboshsimon don ekinlariga nisbatan 1,5-3,0 baravar ustunlik qiladi. Masalan, 1 kg soya donida shuncha bug‘doy doniga nisbatan lizin miqdori 6 baravar
    ko‘p.
    Dukkakli don ekinlari urug‘larida lizin, triptofan, metionin, valin, treoninning
    miqdori ko‘p. Lizin miqdori bo‘yicha dukkakli don ekinlari oqsili hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan oziqalarga yaqin turadi. Suyak unida 8,2 %, soyada 7,6 %, lizin (oqsilda) bor.
    Ularning urug‘larida vitaminlardan A, V1, V2, RR, V6, Ye, unib chiqayotgan urug‘larda S va ma’danli moddalar, mikroelementlar ko‘p.
    Ularning donida oqsilning miqdori 25-50 % bo‘ladi. Sifatli tayyorlangan dukkakli don ekinlarining somonida 8-14 % oqsil bor. Ammo ularning somoni hozirga qadar oziqa sifatida ishlatilmaydi. Dukkakli don ekinlari proteini
    hazmlanishi quyidagicha: ko‘k no‘xatda - 88 %, vikada - 91, suli va arpada - 78 va 67 %.
    Ayrim ekinlarning donida anchagina o‘simlik moyi ham bo‘ladi: soya-16- 27%, no‘xat-5,0%, lyupinda-10% gacha.
    Bu ekinlar oziq-ovqatda, texnikada va yem-xashak tayyorlashda ishlatiladi.
    Loviyaning oqsili tabobatda ishlatiladi, no‘xat, ko‘k no‘xat, burchoq, loviya oziq-ovqatda va ozuqa sifatida ishlatiladi.
    Soya oziq-ovqatda, texnikada va chorvachilikda qo‘llaniladi.
    Dukkakli-don ekinlarning uni qandolat sanoatida, doni oziq-ovqatda yorma sifatida qo‘llaniladi. Pishmagan dukkagi va donidan konservalar tayyorlanadi.



      1. Download 1,15 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»

    Download 1,15 Mb.