|
Agrotexnikasi Sholini almashlab ekish
|
bet | 28/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)Bu sahifa navigatsiya:
- Yerni
Agrotexnikasi Sholini almashlab ekish. Sholidan mo‘l hosil olishda almashlab ekishning roli katta. O‘zbekiston sholichilik ilmiy tekshirish instituti ma’lumotlariga qaraganda, 4 va 6 dalali almashlab ekishda gektaridan 40- 50 ts hosil olingan holda surunkasiga sholi ekilgan maydonlarda hosildorlik atigi 25- 27 ts ni tashkil ztadi. O‘zbekistonda quyidagi almashlab ekish tizimi qabul qilingan: to‘rt dalali: sholi, band shudgor, sholi ulushi 75%.
Olti dalali: 1,2,3,4 - dala sholi: 5,6 - dala o‘tlar. Bunda jami almashlab zkish maydonining 66,6% ni sholi band qiladi.
To‘qqiz dalali: 1,2,3 - dala sholi: 4 - dala band shudgor 5,6,7 - dala sholi va 8,9 - dala o‘tlar.
O‘n dalali: 1,2,3,4 - dalasi sholi: 5 - dala band shudgor: 6,7,8 - dala sholi 9,10
dala o‘tlar. Bunday umumiy maydonning 70% sholi bilan band qilingan.
Yetti dalali (urug‘chilik xo‘jaliklarida) 1,2 - dala o‘tlar: 3,4 - dala sholi: 5 - dala band shudgor: 6,7 - dala sholi. Bunda sholi 57,1% ni tashkil qiladi.
Yerni ishlash.Suv bostirilgan sholipoyalarda tuproqqa havo kirolmaydi. Shuning uchun zararli bo‘lgan birikmalar: vodorod, sulfid, metan, temir (II) oksidi birikmalari, marganets va mikrofloraning anaerob sharoitida hosil bo‘lgan boshqa mahsulotlar to‘planadi. Bularning hammasi tuproq unumdorligini pasaytirib va bu o‘z navbatida, sholi hosilining kamayishiga sabab bo‘ladi. Bunday noqulay sharoitni bartaraf qilish uchun sholi zkishga qadar, ya’ni kuz, qish va bahor davomida yerni yaxshilab quritish hamda shamollatib turish zarur. Yerni yumshatish, shamollatish va quritish ishlari tuproqni maxsus agrotexnik qoidasi asosida ishlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Sholipoya va band shudgordan bo‘shagan maydonlarni (o‘t ekilgan yerlar bundan mustasno) ishlash kuzgi shudgorlashdan boshlanadi. Yerni kuzda haydash sholi hosildorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Yerni kam mehnat va mablag‘ sarflab ishlashda qator mashinalar, jumladan:
KFS-2,4, KFS-3,6, FN-1,6 rusumli kultivator, freza-seyalka, shuningdek PR- 2, PR2,7 rusumli rotatsion plug va boshqa mashinalar ham ishlatiladi. Mana shu mashinalar bir o‘tishda bir yo‘la bir necha ishni, masalan, yerni ekish oldindan ishlash, tekislash, ekish, o‘g‘it solish, gerbitsid sepish, yerni g‘altaklash va boshqalarni bajaradigan bitta komplekt tuzish mumkin.
Suv bostirilgan sholipoyalarda yerni ishlash quruq sholipoyalarni ishlashdagiga qaraganda bir nechta ish turini qisqartirishga imkon beradi.
Sholi ekiladigan yerlarni ekish oldidan ishlashda marza cheklarni D-24 1 M va D-20 B rusumli greyderlarda yoki PA-3,P-2,P-4 rusumli uzun bazali tekislagichlarda joriy tekislash katta ahamiyatga ega.
|
| |