|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 24/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)
Sholida bir tekis ko‘chat undirib olish davri eng muhimi. Sholi urug‘ining bo‘rtishi uchun 23-28% suvni o‘zini vazniga nisbatan talab qiladi. Bu paytda ular kislorodga muxtoj bo‘lmaydi. Endosperma anaerob nafas olish hisobiga rivojlanadi.
Urug‘ chuqur ekilganda (4-5 sm) anaerob nafas olish tezlashadi. Natijada urug‘ni nobud bo‘lishiga olib keladi.
Urug‘ 10-16°S unib chiqadi, muqobil xarorat 34°S. Urug‘ni unib chiqishidan maysalashgacha 7-15 kun o‘tadi. Bu havo haroratiga, tuproq namligiga va unuvchanlik darajasiga bog‘liq. Maysalanish davrida 3-4 barg hosil bo‘ladi. Maysalanish davrida ildiz majmuasi kuchli rivojlanadi, ildizlaridan havo yo‘llari
paydo bo‘ladi, o‘simlikni kislorod bilan ta’minlaydi. Maysalari 15 sm suv bostirilganda oson yuqoriga chiqadi.
Tuplanish va naychalash. Harorat 20-30°S bo‘lganda tez o‘sadi, bu davrda mineral o‘g‘it solish yaxshi natija beradi. Bu sharoitda yon poyalar hosil bo‘ladi, natijada tuplanishga olib keladi. Tuplanish 3-4 barg hosil bo‘lganda boshlanib 8-9 barg hosil bo‘lganga qadar davom etadi va naychalash davri boshlanadi.Tuplanish davri eng muhim davr, sholining rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi. 8-9 barg hosil bo‘lganda naychalash davri boshlanadi. Bu davrda ro‘vak va uning a’zolari rivojlanadi. Gullash.Sholining gullashi uning ro‘vak chiqarish davri bilan to‘g‘ri keladi. Agar ro‘vak chiqarish kunning birinchi yarmida bo‘lsa, unda gullash kunning ikkinchi yarmida, agar bordiyu ro‘vak chiqarish kunning ikkinchi yarmida bo‘lsa unda gullash keyingi kuni keladi.
Gullash kunning haroratiga bog‘liq. Gullash uchun maqbul harorat 30°S ga yaqin , past 15-20° va yuqori harorat 50°S atrofida bo‘ladi. Gullash yuqoridan boshlanadi, lekin ro‘vakda birinchi bo‘lib birinchi boshoqcha gullaydi. Umuman olganda gullash tartibi tez bo‘zilib turadi. Ro‘vak 5-8 kun gullaydi. Gullayotgan boshoqchalarning eng ko‘p soni 2-3 kunlari kuzatiladi.
Maqbul gullash uchun havoning namligi 70-80% bo‘lishi kerak. Juda past namlikda (40%) sholi gullamaydi. Bitta gul o‘rtacha bir soat gullaydi. Bulutli havoda esa bu jarayon cho‘zilib ketishi mumkin.
Meva tugishi. Donning shakllanish va pishish jarayoni bir necha bosqichda kechadi, ya’ni bunda don shakllanadi, endosperm oziq moddalari bilan to‘lishadi, suvning miqdori kamayadi. Bu davr uchta pishish davriga bo‘lingan: sut, mum va to‘liq pishish davrlari.
|
| |