• Ekish muddati va usullari
  • «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»




    Download 1,15 Mb.
    bet21/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Urug‘ni ekishga tayyorlash.Hozirgi vaqtda urug‘lik maxsus zavodlarda tayyorlanib, xo‘jaliklarda ham tayyorlash mumkin. Bu holda makkajo‘xori urug‘lari ekish davrigacha so‘tada saqlanishi kerak. Saqlash davrida bularning namligi 1415% dan oshmasligi shart.Ekishga 10-15 kun qolganda so‘talar yanchib olinadi.
    Ekish uchun so‘taning o‘rta qismidagi donlar ishlatiladi. So‘taning ostki va ustki (uch) qismidagi donlari bir xil kattalikda bo‘lmaganligi sababli ularning unib chiqish darajasi past bo‘ladi. Shu sabali so‘taning ostki va ustki (1,2-2,5 sm) qismida o‘rnashgan donlar oldin olinib, ekish uchun ishlatilmaydi. So‘ngra so‘taning qolgan o‘rta qismidagi donlar yanchiladi. So‘talardan donni yanchib olish uchun qo‘lda qarakatga keladigan MKR- 0,25 markali makajo‘xori molotilkasi ishlatiladi.Yanchilgan don tozalanadi va maxsus mashinalarda yirikligi bo‘yicha xillanadi. Buning uchun don tozalaydigan OSM-3, OSMU-3U, OD-10, VS-2 rusumli mashinalardan foydalaniladi. Ekiladigan urug‘ning tozaligi 99-99,8%, unib chiqish darajasi 85-95% bo‘lishi kerak.
    Ekish muddati va usullari. Makkajo‘xori bahorda tuproq harorati 10° ga yetganda ekiladi. Bundan tashqari uni yozda ekish ham mumkin. O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida 15-20 martda, Toshkent, Samarqand viloyatlarida hamda Farg‘ona vodiysida 20-25 martda, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 aprelda ekiladi. Umuman, har bir viloyat sharoitida chigitni ekish boshlanguncha makajo‘xori ekishni tamomlash kerak. Makajo‘xori kechki muddatlarda ekilganda, uni hosili ancha pasayadi.
    Makkajo‘xori keng qatorlab, qator orasi 60, 70, 90 sm qilib ekilib. Uning naviga qarab har 15-20 sm oraliqda bitta o‘simlik qoldiriladi.Ertapishar nav va duragaylar ekilganda bir gektar yerda 70-80 ming o‘simlik o‘rtapishar nav va duragaylar ekilganda bir gektar yerda 70-80 ming o‘simlik, o‘rtapishar nav va duragaylar ekilanda esa bir gektar yerda 50-55 ming o‘simlik qoldirilishi kerak. Kechpishar navlar (O‘zbekiston tishsimon) va duragaylar ekilganda esa bir gektar yerda 40 ming ko‘chat qoldirilishi kerak.
    Har gektar yerga sarf bo‘ladigan urug‘ning miqdori uning yirikligiga va unib chiqish darajasiga bog‘liq. Shu xususiyatlariga qarab urug‘ning ekish me’yori 15-20 kg dan 25-30 kg. gacha bo‘ladi. Urug‘ tuproqnin 7-10 sm chuqurligiga ko‘miladi.

    Download 1,15 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»

    Download 1,15 Mb.