|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 19/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)Oziq moddalarga talabi. Makkajo‘xori donga ekilganda 1 tonna hosil uchun 24,6 kg azot, 9,9 kg fosfor va 25,5 kg kaliy sarf bo‘lar ekan. Azot yetishmasa boshlang‘ich davrda o‘sish rivojlanish kechikadi, ro‘vagi yaratilishi kechikadi. Maksimal talabi azotga ro‘vaklash davridan 2 xafta burun bilinadi va 20 kundan keyin so‘talash va don hosil bo‘lish. Agar azot yetishmasa barglari sarg‘ayadi. O‘simlikni fosforga bo‘lgan talabi sut-mum pishish davri hisoblanadi. Fosfor o‘simlikda 0,30-0,35% hisobida quruq massaga nisbatan bo‘ladi. Fosfor asosan urug‘ida va murtagida . Fosfor yetarli bo‘lganda urug‘ni tez unib chiqishiga, ildizni yaxshi rivojlanishiga, urug‘ning pishishiga hosilni oshishiga, ta’sir qiladi. Fosfor
kam bo‘lsa 0,20% (quruq massaga nisbatan) hamma jarayonlarga salbiy ta’sir qiladi va barg qizil tuska kiradi.
Kaliy ko‘p miqdorda talab qilinadi, urug‘ni unib chiqishidan so‘talash va ro‘vaklashgacha 10-12 kun ichida talab qiladi. Kaliy hamma a’zolarida, kalsiy bargida va poyasida, oz miqdorda urug‘da uchraydi. Magniy urug‘da ko‘p, boshqa a’zolarida kam uchraydi.
Rivojlanish davri-makkajo‘xorida o‘sish va rivojlanishning quyidagi davrlari mavjud: maysalanish, nay o‘rash, ro‘vaklanish, gullash, donni pishishi. Davrlar oraligi navni xususiyatlariga qarab ob-havo sharoiti va ishlov berilishiga qarab o‘zgarib boradi. Makkajo‘xori birinchi davrda sekin o‘sadi, lekin ildiz sistemasi o‘sishta tezlashadi va rivojlanadi. Ro‘vak va so‘ta hosil bo‘lish davrida sutkada 8-12 sm o‘sadi. Gullagandan keyin o‘sish to‘xtaydi. Asosiy davr ro‘vak va so‘ta hosil bo‘lish davridir. Eng ko‘p massa sut pishish davrida bo‘ladi. Yuqori hosil olish uchun makkajo‘xori o‘simligi 40,70 ming m2 barg maydoni hosil qilishi zarur.(O‘s.fiziol, Nichipor)
Navlar: O‘zbekistonda mahalliy seleksiya navlari, duragaylaridan Vatan,Qora suv-350 AMV, Kremnistaya UzROS, Uzbekskaya zubovidnaya, O‘zbekiston-306-AMV, O‘zbekiston-420 VL, O‘zbekiston-601 YeSV va xorijdan keltirilgan (Fransiya, Germaniya ,Moldaviya, Vengriyadan) navlar va duragaylar ekilmoqda.
|
| |