|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 16/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)Ekin parvarishi begona o‘tlar, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi uyg‘unlashgan usullarda kurashdan, yotib qolishning oldini oluvchi reterdantlarni qo‘llashdan iborat. Hosil bir va ikki fazali usullarda yig‘ishtiriladi.
Nazorat savollari:
Javdar - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
Javdar biologiyasi va navlari
Javdar yetishtirish texnologiyasi
Mavzu: Makkajo‘xori o’simligining biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi
Reja:
Makkajo‘xorining - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
Makkajo‘xorining biologiyasi va navlari
Makkajo‘xorining yetishtirish texnologiyasi
Makkajo‘xorining - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
Dunyo dehqonchiligida ko‘p tarqalgan eng qimmatli va serhosil ekin hisoblanadi, donli ekinlar orasida umumiy hosili bo‘yicha ikkinchi, ekin maydoni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Makkajo‘xori oziq ovqat, non yopishda, chorvachilikda, yengil sanoatda xom ashyo sifatida keng qo‘llaniladi. Makkajo‘xori boshqa donli ekinlarga qaraganda hosildorligi bilan va yemini to‘yimliligi bilan ustun keladi.
Oziq-ovqat uchun uning doni ishlatiladi. Donning tarkibida o‘rtacha 10,6% to‘qima, 1,4% kul, 4,3-5,0% moy, murtagida esa 25-40% moy bo‘ladi. Moy ko‘p bo‘lganligi uchun uni tez achiydi, shuning uchun un tayyorlashda murtagi ajratib olinadi, murtagidan oziq- ovqatda ishlatiladigan sifatli moy ishlab chiqariladi.
Yem-xashak sifatida makkajo‘xorining doni va poyasi ishlatiladi. Uning doni juda to‘yimli bo‘lib, 1 kg. donning to‘yimliligi 1,34 kg ozuqa birligiga teng.
Makkajo‘xori asosiy silosbop ekin bo‘lib sut-dumbul pishish davrida silos tayyorlanadi. Bir kilogramm silosning to‘yimlilligi 0,20-0,25 ozuqa birligiga teng.
Braziliyada ko‘pchilik avtomashinalar etil spirtida (benzin va dizel yoqilg‘i o‘rnini bosadi) ishlaydi. Braziliyaliklar etil spirtini asosan makkajo‘xoridan olishadi. (1 tonnasidan 180 litr spirt olinadi). 60 t/ga ko‘k massasidan 6000 m3 metan ishlab chiqariladi,
Makkajo‘xori texnik ahamiyatiga egadir. Uning donidan kraxmal, spirt, glyukoza, sirka kislotasi, poyasidan qog‘oz, karton, yog‘och spirti va boshqa xil mahsulot olinadi.
Makkajo‘xori agrotexnik ahamiyatga ham egadir, u qurg‘oqchilikka chidamli va chopiqtalab o‘simlik bo‘lganligi uchun yerda begona o‘tlarning kamayishiga olib keladi. Makkajo‘xori qor to‘sish maqsadida ham ishlatiladi, janubiy mamlakatlarda makkajo‘xorining tezpishar navlarini ekish natijasida bir yilda ikki marta hosil olish imkonini beradi va uni boshqa ekinlar bilan birgalikda qo‘shib ekish ham mumkin. Tarixi. Makkajo‘xori -qadimdan eqiladigan madaniy ekin. Bizning eramizdan 3400-2300 yil oldin Amerikada ekilib kelgan. Ovropaga Kolumbning ikkinchi ekspeditsiyasidan keyin 1494 yilda keltirilgan. Portugaliyaliklar tomonidan makkajo‘xori Hindi-Xitoy mamlakatlariga keltirilgan.XYII asrda Gruziyada tarqalgan, XYIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida g‘arbiy Xitoydan Markaziy
Osiyoga keltirilgan.
Maya hindulari makkajo‘xorini «mais» deb atashgan. Amerikada hozirgacha shunday atashadi. Yevropaga X. Kolumbning ikkinchi ekspeditsiyasidan keyin 1496 yilda keltirilgan. Dengiz yo‘li oraqali «mais» Old va Sharqiy Osiyoga (shuningdek Turkiyaga) keltirilgan.
Makkajo‘xori ispanchada «cucurucho» deyilib, qog‘oz kulek, funtik ma’nosini beradi. Ruscha "kukuruza" ruminchada "elovaya shishka» ma’nosini beradi. «Kukuruza" so‘zi turkchadan kelib chiqqan bo‘lib, turkiyada makkajo‘xorini "kokoroz», ya’ni baland o‘simlik deb atashadi. Turkcha bu so‘z XIV - XVI asrlarda turok-osman tasavvurida bo‘lgan Bolgariya, Serbiya, Vengriyaga ham singdirilgan. FAO bergan ma’lumotlariga qaraganda 2010 yil dunyoda makkajo‘xori maydoni 161 mln.821 ming gektarni, umumiy hosil 844 mln. tonnadan ortiq,
o‘rtacha dunyo bo‘yicha hosildorlik doni bo‘yicha 5.2t/ga.tashkil qiladi.
O‘zbekistonda 2011 yil makkajo‘xori asosiy ekin sifatida 15264,0 gektar yerga ekilgan, don hosili 58,2 ts/ga bo‘lgan. Takroriy ekin sifatida 19760,5 gektar yerga ekilgan, don hosildorligi 42,9 ts/ga bo‘lgan. Silos, ko‘k ozuqa va senaj uchun asosiy ekin sifatida 23487,0 gektar ekilgan, hosildorligi 229,7 ts/ga bo‘lgan. Takroriy ekin sifatida 19594,0 gektarga ekilib 251,3 ts/ga hosil olingan.
|
| |