|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 13/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)
Haroratga talabi – yetarli kislorod, issiqlik va namlik bo‘lsa kuzgi javdar urug‘lari una boshlaydi. Urug‘lari 1-20S da una boshlaydi, ammo unib chiqishi uchun eng maqbul harorat 20-250S. Harorat 30 0S dan oshganda unib chiqish to‘xtaydi. Urug‘lari unib chiqishi uchun o‘zining quruq massasiga nisbatan 50-70 %
suv yutadi. Unib chiqishi uchun samarali harorat yig‘indisi 50 0S. Harorat yetarli bo‘lganda urug‘lar ekilgandan keyin 5-8 kunda unib chiqadi.
Kuzgi javdar unib chiqishdan tuplanishgacha 67 0S samarali harorat yig‘indisini talab qiladi. Harorat 10-12 0S da tuplanish jadal davom etadi, 4-5 0S da to‘xtaydi.
Kuzgi g‘alla ekinlari orasida kuzgi javdar qishga eng chidamliligi bilan ajralib turadi va -25-30 0S sovuqqa bardosh beradi. Tuplanish tugunida harorat -18-20 0S sovuq bo‘lganda ham o‘simlik hayotchanligini saqlaydi. Boshoqlash va gullash fazalarini o‘tishi uchun 14-16 0S eng qulay.
Kuzgi javdar urug‘larining unib chiqishdan donning yetilishigacha 1800 0S, erta bahordan pishib yetilishigacha 1200-1500 0S harorat talab etiladi.
Namlikka talabi. Kuzgi javdar transpiratsiya koeffetsiyenti 340 dan 420 gacha. Namga eng talabchan davri naychalash boshoqlash. Bu davrda namlikning yetishmasligi hosildorlikning pasayishiga, boshoqlarning va donining mayda bo‘lishiga olib keladi. Nisbatan qurg‘oqchilikka chidamli.
Tuproqqa talabi. Boshqa g‘alla ekinlariga nisbatan kuzgi javdar tuproqqa unchalik talabchan emas. Uni mexanik tarkibi yengil qumloq,qumoq, qumli tuproqlarda, shuningdek tuproq muhiti kislotali (rN-5,3) bo‘lgan dalalarda o‘stirish mumkin. O‘zbekistonda bo‘z, o‘tloq-bo‘z tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Uning ildizlari erishi qiyin fosfor birikmalarini ham yaxshi o‘zlashtiradi. Og‘ir loy, botqoqlashgan, sho‘r tuproqlar kuzgi javdar uchun yaroqsiz.
Rivojlanish fazalari. Kuzgi javdarning tuplanishi kuzda uchinchi va to‘rtinchi barglarning hosil bo‘lishi bilan boshlanadi Tuplanish tuguni nisbatan yuza 0,5-2 sm chuqurlikda joylashadi. Tuproq ostidagi bo‘g‘in (mezokotil) qancha qisqa bo‘lsa tuplanish tuguni shuncha chuqurjoylashadi. Juda sovuqqa chidamli navlarda mezokotil qisqa bo‘ladi.
Kuzgi javdar asosan kuzda tuplanadi, ayrim hollarda (kech ekilganda) bahorda ham tuplanishini davom ettirishi mumkin. Bahorda juda tez o‘sadi va begona o‘tlarni soyalaydi. Tuplanish va naychalash kuzgi bug‘doyga nisbatan tez o‘tadi, ammo boshoqlash va gullash cho‘ziladi.
Tuplanish kuzgi javdarda 35-40 kun davom etadi. Bu davrda kuzgi javdar yarovizatsiya stadiyasini o‘tadi va u 0-2 0S da 20-70 kun davometadi. Havo harorati
10 0S bo‘lsa yarovizatsiya stadiyasining davomiyligi oshadi. Kuzgi javdarda boshoqlash boshqa g‘alla ekinlariga nisbatan davomli 10-12 kun. Gullash boshoqlashdan 7-12 kundan keyin boshlanadi. Bitta gul 12-30 minut, boshoq 4-5 kun, o‘simlik 7-8 kun, dala 8-12 kunda gullab bo‘ladi. Kuzgi javdar chetdan changlanadigan o‘simlik. Gullar ochilganda shamol yordamida changlanadi. O‘simliklar yotib qolganda, yomg‘irli, kuchli shamol va noqulay ob-havoda kuzgi javdar gullari yaxshi changlanmaydi, boshoqlarda donlar siyrak hosil bo‘lishi mumkin. Boshoqlash oldidan o‘simlik juda tez, sutkasiga 5 sm o‘sadi.
Sug‘oriladigan yerlarda ma’danli o‘g‘itlarni yuqori me’yorlarda qullash, sug‘orish, ekish me’yorlarining yuqori bo‘lishi, erta ekish o‘simlikning yotib
qolishiga sabab bo‘ladi. Kuzgi javdar kuzgi bug‘doyga nisbatan 8-10 kun erta yetiladi. Boshoqlashdan pishishgacha 50-60 kun o‘tadi.
O‘suv davri navga, qo‘llanilgan agrotexnikaga bog‘liq holda 179-240kunni tashkil etadi.
Navlari. O‘zbekistonda javdarning Vaxshskaya-116, Vyatka- 2, Belta, Vyatka, Saratovskaya 4 navlarikeng tarqalgan.
|
| |