«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»




Download 1,15 Mb.
bet11/93
Sana18.05.2024
Hajmi1,15 Mb.
#242107
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93
Bog'liq
Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

Arpa yetishtirish texnologiyasi


Kuzgi arpa uchun eng yaxshi o‘tmishdoshlar – g‘o‘za, dukkakli don ekinlari, beda, sabzavot ekinlari. Lalmikorlikda kuzgi arpa toza shudgorga ekilganda eng yuqori hosil olinadi.
O‘g‘itlashda bir gektar maydonga sug‘oriladigan yerlarda N120-150, R80- 100, K40-60 kg ma’danli o‘g‘it solish tavsiya etiladi. Ekish bilan gektariga 10 kg fosforli o‘g‘it berish yaxshi natija beradi. Lalmikorlikda kuzgi arpaning bir gektariga N30, R40, K30 kg solish don hosilini 30-40% ga oshiradi.
Sug‘oriladigan yerlarda kuzda kuzgi arpa ekiladigan maydonlar chimqirqarli pluglar bilan 25-27 sm, lalmikorlikda 20-22 sm chuqurlikda haydaladi va bir yo‘la boronalash o‘tkaziladi. Haydash chuqurligi o‘tmishdosh ekin va o‘tmishdosh ekinni ekishdan oldingi haydash chuqurligi hisobga olinib o‘tkaziladi. Urug‘lar 1 va 2 sinf talablariga javob berishi hamda fungitsidlar bilan ishlanishi talab qilinadi. Sug‘oriladigan yerlarda kuzgi arpa Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida oktyabrning ikkinchi o‘n kunligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida oktyabrning birinchi o‘n kunligida, janubiy viloyatlarda oktyabrning oxirgi o‘n kunligida ekiladi. Kuzgi arpani maqbul ekish muddatidan erta yoki kech ekish o‘simliklarni qishda sovuq urishiga, siyraklashishiga, hosilning pasayishiga olib keladi. Lalmikorlikda oktyabr oyining oxirgi o‘n kunligida ekish eng maqbul muddat hisoblanadi.
Ekish usuli – tor qatorlab (7-8sm ), qatorlab, qatorlarni kesishtirib ekish.
Ochiq maydonlarda qatorlarni kesishtirib ekish usuli yaxshi natija beradi.
Ekish chuqurligi 4-6 sm. Ekish me’yori 4-4,5 mln. urug‘/ga. Ekish eng maqbul muddatdan kechiksa ekish me’yori 10-15% oshiriladi. Lalmikorlikda kuzgi arpa gektariga 2-2,5 mln. unuvchan urug‘ ekiladi.
Kuzgi arpa erta bahorda ikki marta azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantiriladi. Birinchisi erta bahorda 60-70 kg/ga, ikkinchisi naychalash fazasining boshlanishida 50-60 kg/ga. Azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish yog‘ingarchiliklar yoki sug‘orish bilan uyg‘unlashtiriladi. Begona o‘tlarga qarshi Granstar mart oyida
gektariga 1520 g me’yorda qo‘llaniladi.
Hosil donlar to‘la pishganda yig‘ishtirib olinadi.



Download 1,15 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   93




Download 1,15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»

Download 1,15 Mb.