|
«Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
|
bet | 8/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)Nazorat savollari:
Bug‘doy - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi.
Bug‘doy biologiyasi va navlari. 3. Bug‘doy yetishtirish texnologiyasi.
Mavzu: Arpa va javdar biologiyasi va etishtirish texnologiyasi Reja: 1.Arpaning - ahamiyati, kelib chiqi shi, tarqalishi, hosildorligi
Arpaning biologiyasi va navlari
Arpa yetishtirish texnologiyasi
Javdarning - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi
Javdarning biologiyasi va navlari
Javdarning yetishtirish texnologiyasi
Arpaning - ahamiyati, kelib chiqi shi, tarqalishi, hosildorligi Kuzgi arpa Markaziy Osiyo mamlakatlari, shu jumladan O‘zbekistonda ko‘p ekiladi. U asosan yem-xashak va yorma ekini sifatida yetishtiriladi. Donida oqsil miqdori kam, shuning uchun pivo sanoati uchun yaxshi xom ashyo. Kuzgi arpaning qishga chidamliligi kuzgi bug‘doy va kuzgi javdarnikidan past. Shuning uchun uning ekilish mintaqalari cheklangan.
O‘zbekistonda kuzgi arpa oraliq ekin sifatida oziqa uchun ham yetishtiriladi.
Kuzgi arpani monokorm sifatida yetishtirish yem-xashak yetishtirishni ko‘paytirishda katta ahamiyatga ega.
Sug‘oriladigan yerlarda kuzgi arpa beda uchun qoplama ekin sifatida ham ekiladi. Qishi yumshoq mintaqalarda kuzgi arpa tarqalgan. Uning asosiy ekin maydonlari Mar kaziy Osiyo,
Kavkaz orti, Ukraina, Rossiyaning va
Qozog‘istonning janu- bida, Yevropa mamlakatlarida joylashgan. O‘zbekistonda ko‘p yillar kuzgi va bahori arpa ekin maydonlari deyarli teng bo‘lgan, hozirda sug‘oriladigan yerlarda asosan kuzgi arpa keng tarqalgan, bahori arpa ko‘pincha qoplama ekin sifatida beda bilan ekiladi. Kuzgi arpa bahori arpaga
nisbatan ikki baravar serhosil, ammo qishga chidamliligi pastligi bahori arpa o‘rniga
ham kuzgi arpa ekish imkoniyatini cheklaydi. Kuzgi arpa kuzgi bug‘doy, javdar, tritikalega nisbatan erta, O‘zbekiston sharoitida jazirama issiqlar, garmsel boshlanguncha yetiladi. Shuning uchun tuproq va havo qurg‘oqchiligidan kam zararlanadi. Kuzgi, qishki, bahordagi namliklardan yaxshi foydalanadi. Doni yirik, tarkibida oqsil miqdori kam bo‘lganligi tufayli kuzgi arpa eng yaxshi pivobop don beradi. Poxoli, somonining oziqaviy qimmati yuqori, 100 kg somonida 33 oziqa birligi saqlanadi.
|
| |