• 3 kun, 4,4 o S da 6 kun. Urug‘ bo‘kkandan keyin unib chiqa boshlaydi. Dastlabki
  • Tuproq reaksiyasi rN 6-7,5 bo‘lishi lozim. Shur, botkoqlangan va nordon
  • «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»




    Download 1,15 Mb.
    bet6/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Ko‘pchilik olimlarning ma’lumotlariga qaraganda o‘rtacha 45 - 50 % suv sarflanadi. Olimlarning ma’lumotlariga qaraganda haroratning intervali juda keng. Unib chiqish xattoki 1oS da ham boshlanishi mumkin, lekin eng maqbul


    daraja - bu 25 - 28 oS hisoblanadi, eng yuqorisi 30oS. Suvning taqchil bo‘lishi va haroratning pasayishi urug‘ning unib chiqishini to‘xtatish mumkin. 19oS da urug‘ning unib chiqishi 1 - 3 kuzatiladi. 15,8oS da 2 kun, 10,21oS da - 3 kun, 4,4oS da 6 kun. Urug‘ bo‘kkandan keyin unib chiqa boshlaydi. Dastlabki murtak ildizchalari bo‘yiga o‘sa boshlaydi, keyin poya,novdasi o‘sib rivojlanadi.1


    Tuproqka talabi. Bug‘doyning tuproqga bo‘lgan talabi juda yuqori. Tuproq unumdor, ko‘p miqdorda oziq moddalarga ega bo‘lishi kerak.Tuproq muhiti rN 67,5 bo‘lishi lozim. Shur, botkoqlangan va nordon tuproqlardan tashqari barcha tuproqlarda yaxshi o‘sadi.
    Tuproq reaksiyasi rN 6-7,5 bo‘lishi lozim. Shur, botkoqlangan va nordon tuproqlardan tashqari barcha tuproqlarda yaxshi o‘sadi.
    Namlikka talabi- Bug‘doy namlikni yaxshi kuruvchi o‘simlik. Uning unib chiqishi va bo‘qishi uchun har hil miqdorda suv talab qilinadi. Urug‘ o‘rtacha bo‘qish uchun 45-56% suvni yutadi. O‘simlikning rivojlanishining boshlanishida ya’ni ildiz tizimi shakllanayotgan bir paytda tuproqni yaxshi namlash talab qilinadi.
    Agar tuproqning 10 sm qatlamiida 10 mm suv bo‘lsa urug‘ qiyg‘os unib chiqadi.
    Tuplanish davrida tuproqning 20 sm li qatlamiida 30 mm li suv qatlami bo‘lishi talab qilinadi.
    Tuplanish davridan boshlab suv sarfi ko‘paya boshlaydi va u naychalash va donning to‘lishishi davrida maksimumga ega bo‘ladi.
    Bu davrda boshoq o‘sadi, generativ organlari hosil bo‘ladi, don shakllanadi. Agar suv kam bo‘lsa, bug‘doy yomon shoxlanadi yoki umuman shoxlanmaydi.
    Donning shakllanishida suvning yetishmasligi hamda donning
    to‘lishishida suvning yetishmasligi urug‘ning siyrak bo‘lishiga va puch don hosil bo‘lishiga olib keladi.
    Mum pishish davrida suvga bo‘lgan talabi kamayadi, transpiransiya koeffitsiyenti 460-500 tuproq iqlim sharoitiga qarab bu ko‘rsatkich o‘zgarib turadi2.


    Bug‘doy yetishtirish texnologiyasi.


    Almashlab ekishdagi o‘rni. Kuzgi bug‘doy sug‘oriladigan yerlarda ertagi ekinlardan bo‘shagan yerlarga kelasi yili takroriy ekin sifatida ekilishi kerak. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston "G‘alla" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan tajribaga ko‘pa bug‘doyni o‘sib turgan, lekin paxtasi terib olingan



    1 П.П.Вавилов “Растениеводства” 39-40
    2 How to reduce spending and improve harvests, journal – Land Energy biodiversity O.Egemberdiyev, A. Nurbekov - 2014 y.
    g‘o‘za orasiga ekish usulini ham qo‘llash mumkin. Kuzgi bug‘doyni lalmi yerlarning tekislik va do‘ngli tekislik zonalarda toza shudgorga, undan yuqoriroq zonalarda toza shudgordan tashqari, band shudgorga ekish foydali hisoblanadi.
    Kuzgi bug‘doy ekiladigan yerlarni undan oldin shu maydonda qanday ekin ekilganligi va dalaning begona o‘tlardan qay darajada tozaligiga qarab ishlanadi.
    Bug‘doyni optimal muddatda ekish va yerni yaxshi ishlash uchun oldin ekindan bo‘shagan maydonlar sug‘oriladi. Tynpoq; yetilgandan so‘ng “Falla" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining tajribalariga binoan 4 va 5 korpusli ag‘darma pluglar yordamida 25-30 sm chuqurlikda haydash kerak,so‘ngra boronalanadi va mola bostiriladi.
    Yerlar notekis bo‘lsa tekislanadi va ymuman shudgor og‘ir boronalar yoki zichlagichlar (katoklar) bilan zichlanishi kerak, aks holda kuzgi-qishgi sharoitlarda zichlannsh natijasida bug‘doy maycalapi va o‘simliklari siyraklanadi va nobud bo‘ladi. Sho‘rlangan yerlarga kuzgi
    bug‘doy ekishdan oldin tuproq sho‘ri yuviladi.
    Rejalashtirilgan hosilni olish uchun yerga solinadigan o‘g‘itlar me’yori agrokimyoviy kartogramma ma’lumotlariga asosan yerlardan hosil bilan chiqib ketadigan-oziq moddalar, ekin o‘zlashtiradigan oziq elementlar va yerga solingan o‘g‘it miqdoriga qarab aniqlanadi. Kuzgi bug‘doy azotga juda talabchan bo‘ladi. U nay o‘rash va boshoqlanish
    davrida azotni o‘sishning dastlabki 1-5-xaftasida, fosforni va o‘suv davrining boshidan gullagunga qadar, kaliyni ko‘p talab kiladi.
    Sug‘oriladigan yerlarda ekishdan oldin 30 kg/ga azot, 90 kg/ga fosfor va 60 kg/ga kaliy beriladi. Shu bilan bir vaqtda gektariga 10-12 t/ ga go‘ng solinadi.
    Kuzgi bug‘doyga sug‘oriladigan yerlarda quyidagi miqdorda o‘g‘it berilishi kerak: azot - 180 kg. ga, fosfor — 90 va kaliy 60 kg/ga. Lekin unumdorligi past bo‘lgan tuproqlarda bu miqdor 10-15% ga ko‘paytiriladi. Ekish davrida o‘g‘it solinmagan maydonlarda azot, fosfor va kaliy qisqa muddat ichida ekishdan keyin yoki maysa hosil qilganda, umuman o‘g‘itlar fevral oyidan kechiktirilmasdan solinishi kerak.
    Qolgan o‘g‘itlarni teng ikkiga bo‘lib, ikki marta oziqlantirishda solinadi.

    Download 1,15 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»

    Download 1,15 Mb.