|
O‘simlikshunoslikning respublikadagi ahvoli, istiqbollari
|
bet | 3/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)
Dala ekinlari biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi fanlarini o‘rganish qishloq xo‘jaligidagi muhim, dolzarb muammolarni hal qilishga imkon beradi. Bu fanlarning rivojlanishi jamiyat taraqqiyotiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Fan sifatida o‘zining tadqiqot metodlariga ega. Dala, vegetatsion, dalalaboratoriya, laboratoriya tadqiqot uslublariga ega. Tajribalar natijasida o‘simliklarning yangi navlari, duragaylari, ularning biologiyasi, yetishtirish texnologiyasi o‘rganiladi.
O‘simliklarning tashqi omillarga bo‘lgan talabi, ularning o‘sishi, rivojlanishi, suv, oziqlanish rejimini boshqarish qonuniyatlari o‘rganiladi va optimal variantlar amaliyotga joriy etiladi. Fan –texnika inqilobi davrida qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda kimyoviy vositalar, mexanizatsiyalash, melioratsiyalashdan yuqori darajada foydalanish, biosferaning ifloslanishiga, tuproqning sho‘rlanishiga, eroziya jarayonlarining rivojlanishiga, ma’lum miqdordagi (ts, t) mahsulotni yetishtirishda xarajatlar, mehnat vositalari narxining oshib ketishiga, suv va energiya resurslarining taqchilligiga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida ham qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda mo‘l va sifatli hosil olish bilan birgalikda tuproq unumdorligini oshirish, kimyo vositalaridan foydalanishni optimallashtirish, suvdan tejab foydalanish, sug‘orishning yangi usullarini (yomg‘irlatib, tomchilatib, tuproq osti) ishlab chiqarishga joriy etish, qurg‘oqchilikka, sho‘rga, kasalliklar, zararkunandalarga, tabiatning boshqa noqulay omillariga chidamli navlarini amaliyotga joriy etish, organik va ma’danli o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligini oshirish muammolarini hal etish lozim bo‘ladi. Dala ekinlari mahsulotlarini yetishtirishda energetika muammosi dolzarb bo‘lib bormoqda. Mexanizatsiya, sug‘orish, o‘g‘itlarni solish, pestitsidlarni qo‘llashda energetik resurslar sarfi keskin ortmoqda. Hozirgi paytda o‘simlikshunoslik mahsulotlarini yetishtirishda sarflangan energiyaga nisbatan mahsulot ko‘rinishidagi energiya 2-5 baravar ko‘p. Ammo qo‘shimcha hosil olish uchun ko‘proq energiya sarflashga to‘g‘ri keladi. Rivojlangan mamlakatlar AQSh va Yaponiyada qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi keyingi yillarda 1,2-1,5 baravar oshsada, bir gektarga sarflangan energiya sarfi 3,5-5,1 baravar ortgan. Qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini ikki baravar oshirish hozirda qo‘llanilayotgan texnologiyalar bo‘yicha katta miqdordagi energiya sarflashni talab qiladi. Zamonaviy agrotexnologiyalar tabiiy yoqilg‘idan foydalanishga asoslangan. Tabiiy yoqilg‘ilarning zaxiralari esa juda cheklangan. Ayniqsa XXI asrda ekinlarni yetishtirishda tabiiy yoqilg‘ilarning taqchilligi ortib boradi. Energiya manbalari narxining oshishi o‘simlik mahsulotlari narxining oshishiga olib keladi va qishloq xo‘jaligining jadal usulda rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Intensiv don almashlab ekish, tuproqqa ko‘p miqdorda azotli o‘g‘itlardan solish, serhosil ammo kasalliklarga immuniteti past donli ekinlar navlarining keng tarqalishi kasalliklar (ayniqsa zamburug‘) zarar keltirish darajasining oshishiga olib keladi.
Ayrim rivojlangan mamlakatlarda pestitsidlar keng qo‘llanilsada, kasallik va zararkunandalar tomonidan yetkazilayotgan zarar oshib bormoqda. Kelib chiqishi
bir xil bo‘lgan, intensiv tipdagi sermahsul navlarning keng tarqalishi, ularda murtak plazmasining bir xilligi tufayli tez kasallanish xavfini saqlab qoladi. Shuning uchun XXI asrda qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligining ortishi yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, dehqonchilik madaniyatini oshirish, ekinlar mahsuldorligini oshirishni talab qiladi. Buning uchun eroziyaga qarshi kurash, ekinlarni uyg‘unlashgan himoya qilish, azotni biologik fiksatsiya qilish samaradorligini oshirish, tejamkor sug‘orishni ishlab chiqish hamda ularni ama liyotga joriy etish talab qilinadi. Yangi navlar, duragaylarni yaratishda juda ko‘p xilma–xil genotiplardan foydalanish, gen injeneriyasi, biotexnologiya yutuqlarini amaliyotga joriy etish qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda qo‘llash keng tarqaladi. Atmosfera azotini biologik fiksatsiya qilishda dukkakli ekinlarni ekish bilan birgalikda dukkakli bo‘lmagan, qo‘ng‘irboshsimon – sholi, makkajo‘xori, bug‘doy, oqjo‘xori ekinlarini azotni fiksatsiya qiladigan mikroorganizmlar bilan simbiozini yaratish muammosi hal qilinmoqda. Buning uchun gen injeneriyasi yutuqlaridan keng foydalanilmoqda.
|
| |