• Namlikka
  • Ozuqa moddalarga bo‘lgan talabi
  • Yorug‘likka talabi
  • «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»




    Download 1,15 Mb.
    bet5/93
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,15 Mb.
    #242107
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
    Bog'liq
    Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1)

    Bug‘doy biologiyasi va navlari.


    Issiqlikka talabi. Bug‘doy urug‘i +1-3°S da unib chiqishni boshlaydi, havo haroratining ko‘tarilishi bilan urug‘ning unib chiqishi tezlashadi. Naychalash davrida 15-16°S talab qilinadi. Boshoqlash va gullash davrida +18-20°S harorat yetarli bo‘ladi. Bug‘doy +40-42°S gacha chidaydi. Bu sharoitlarda qoniqarli ravishda changlanadi. Pishish davrida maqbul harorat +22-30°S hisoblanadi. Kuzgi bug‘doy 1800-2100°S foydali harorat talab qiladi. Kuzgi bug‘doy qorning qalinligi 20 sm bo‘lganda -20-30°S sovuqka chidaydi. O‘zbekistonda doimo qor qalinligi yetarli emas shuning uchun bug‘doy -14°S sovuqlikka chidaydi. Lekin gullash va donning to‘lishishi davrida 1-2°S sovuq bo‘lsa ham shikastlanadi.
    Namlikka talabi- Bug‘doy namlikni yaxshi ko‘ruvchi o‘simlik. Urug‘ bo‘rtishi uchun 45-56% suvni yutadi. O‘simlik rivojlanishining boshlanishida tuproqni yaxshi namlash talab qilinadi. Tuplanish davridan boshlab suv sarfi ko‘paya boshlaydi va u naychalash va donning to‘lishishi davrida maksimumga ega bo‘ladi. Agar suv kam bo‘lsa, bug‘doy yomon shoxlanadi yoki umuman shoxlanmaydi.
    Donning shakllanishida suvning yetishmasligi hamda donning to‘lishishida suvning yetishmasligi urug‘ning siyrak bo‘lishiga va puch don hosil bo‘lishiga olib keladi. Mum pishish davrida suvga bo‘lgan talabi kamayadi, transpiratsiya koeffitsiyenti 460-500 tuproq iqlim sharoitiga qarab bu ko‘rsatkich o‘zgarib turadi. Ozuqa moddalarga bo‘lgan talabi- Bug‘doy hosildorligi qancha yuqori bo‘lsa, shunchalik oziq moddalar ko‘p talab qilinadi. Bug‘doy ekiladigan asosiy mintaqalarda 1ts don va shunga mos ravishda somon hosili uchun 2,5-3,5 kg azot, 0,9-1,2 kg fosfor, 2-3 kg kaliy sarf qilinadi.
    Yorug‘likka talabi- Tuplanish bo‘g‘ini yorug‘lik yetarli bo‘lmaganda tuproq yuzasiga yaqinroq joylashadi. Jadal yorug‘lik va haroratning pasayishi birinchi bo‘g‘inning o‘sishini to‘xtatishi mumkin va tuplanish bo‘g‘inining yanada chuqurroq joylashishiga yordam qilishi mumkin, bu esa yaxshi qishlashga yordam berdi. Yorug‘lik yaxshi bo‘lganda qisqa va mustaxkam poyalar hosil bo‘ladi.Bug‘doy uzun kun o‘simligi. Gullash uzun kunda tezroq boshlanadi, shuning uchun gullash davrida 14-16 soatli, kunduzgi kun talab qiladi. 8-soatli yorug‘lik kunida bug‘doyning ko‘pchilik navlari yorug‘lik bosqichini o‘tamaydi va boshoqlanmaydi.

    Download 1,15 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»

    Download 1,15 Mb.