|
Dala ekinlarining guruhlarga bo‘linishi
|
bet | 4/93 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #242107 |
Bog'liq Kafedrasi «O’simlikshunoslik» (1) Dala ekinlarining guruhlarga bo‘linishi
Dala ekinlari orasida insonga zarur bo‘lgan maxsulotni yetishtirish uchun har xil ekinlar ekilmoqda. Bu o‘simliklarning tuzilishi, biologik hususiyati va yetishtirish texnologiyasi ham har xil. Bu o‘simliklarni o‘rganish oson bo‘lishi uchun guruhlarga bo‘linadi. O‘simliklarni guruhlarga bo‘lishda har xil usuldan foydalanish mumkin. Hozirda qabul qilingan o‘simliklar tasnifi dala ekinlaridan olinadigan mahsulotga qarab qilingan.
jadval
Dala ekinlarining guruhlarga bo‘linishi
Guruhlar
|
Biologik guruhlar
|
O‘simlik nomi
|
1. Don ekinlari
|
I. Haqiqiy don ekinlari
|
Bug‘doy, arpa, javdar, suli, tritikale
|
|
2 Tariqsimon don ekinlari
|
Makkajo‘xori, jo‘xori, shol i tariq, marjumak
|
|
3. Dukkakli-don ekinlari
|
Ko‘k no‘xat, mahalliy no‘xat
loviya, yasmiq, burchoq, soya,lyupin, xashaki dukkaklar
|
2. Yem-xashak ekin- lari
|
1. Ko‘p yillik dukkakli o‘tlar
|
Beda, qizil sebarga, qashqarbeda, bargak
|
|
2. Ko‘p yillik qo‘ng‘irbosh o‘tlar
|
Ko‘p o‘rimli mastak, bo‘ychan mastak, yaylov mastagi, oqso‘xta, bug‘doyiq, erkak o‘t, betaga
|
|
3. Bir yillik dukkakli o‘tlar
|
Shabdar, bersim, vika
|
|
4. Bir yillik qo‘ng‘irbosh o‘tlar
|
Sudan o‘ti, qo‘noq, bir yillik mastak
|
|
|
|
3.Tuganakmeva va ildizmevalilar
|
1. Tuganak mevalilar
|
Kartoshka, yer noki, batat
|
|
2- ildizmevalilar
|
qand lavlagi, xashaki lavlagi, xashaki sholg‘om xashaki sabzi
|
4.Moyli ekinlar
|
1. Ser yog‘ moyli ekinlar
|
Kungaboqar, maxsar, kunjut, kanakunjut. Yer yong‘oq, moyli
zig‘ir, raps, soya.
|
|
2. Efir moyli ekinlar
|
Oq zira. qorazira, kashnich, arpabodiyon
|
5.Tolali ekinlar
|
1.Tolasi urug‘da rivojlanadi
|
g‘o‘za
|
|
3.Tolasi poya po‘stlog‘ida rivojlanadi
|
Tolali zig‘ir, kanop, tolali nasha, kandir, rami, kanatnik
|
|
3.Tolasi bargda rivo-vojlanadi
|
Tolali banan, Yangi Zelandiya zig‘iri, agava
|
6.Narkotik ekinlar
|
|
Tamaki, maxorka
|
Nazorat savollari: 1.O‘simlikshunoslik dastlab qayerda rivojlangan?
Fanga asos solgan olimlarni bilasizmi? 3.O‘simlikshunoslik fan sifatida qanday uslublarga ega? 4.Eng ko‘p tarqalgan turlarni ayting 5.Dala ekinlari nimaga asoslanib guruhlarga bo‘linadi?
Mavzu: Bug‘doyning biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi
Reja:
Bug‘doyning - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi.
Bug‘doyning biologiyasi va navlari.
Bug‘doyning yetishtirish texnologiyasi.
Bug‘doyning - ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi
Bug‘doy-jahonning asosiy don ekini. Kuzgi bug‘doy qimmatbaho va serhosil oziq-ovqat ekinlaridan biri hisoblanadi.
Inson o‘zining xayotiy faoliyati uchun kerak bo‘ladigan energiyaning 20% ni bug‘doy hisobiga to‘ldiradi, 21% ni sholi, keyin qolganlarini kartoshka va makkajo‘xori hisobiga to‘ldiradi.
Bug‘doy dunyodagi mamlakatlarning ko‘pchiligida asosiy oziq-ovqat ekinidir.
Dunyo aholisining yarmidan ko‘prog‘i uni iste’mol qiladi.
Jahonda beshta qit’aning shimoliy qutb mintaqalaridan eng janubiy chegaralarigacha bug‘doy ekiladi.
Oziq-ovqat ekin sifatida bug‘doy juda ko‘p tabiiy afzalliklarga ega. Uning doni to‘yimli, yuqori kaloriyaga ega, yaxshi saqlanadi, tashiladi hamda qayta ishlanib yuqori sifatli mahsulotlar olinadi. Bug‘doy unidan non yopish va konditer sanoatida yengil hazmlanadigan turli mazalik mahsulotlar tayyorlashda keng foydalaniladi. Donidan yorma, makaron, vermishel va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. Bug‘doyning kepagi, poxoli, somoni, to‘foni yuqori oziqaviy qiymatga ega. Uning
kepagi hamma qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun yuqori konsentrlangan yem. Kepagidan omixta yem tayyorlashda ham foydalaniladi. Undagi hazmlanadigan oqsil miqdori arpa doniga nisbatan 1,5 baravar ko‘p. Somoni maydalangan va bug‘langan yoki kimyoviy moddalar bilan ishlangan holda qoramollar, qo‘ylar uchun ishtaxa bilan yeyiladigan oziqa. Somonining 100 kg ida 0,5-1,0 kg hazmlanadigan oqsil, 20-22 oziqa biriligi bor. Shuningdek, somonidan qurilish materiali, qoramollarga to‘shama sifatida, qog‘ozlar tayyorlashda foydalaniladi. Chorisi qoramollar uchun yaxshi oziqa. Boshqa o‘simliklar mahsulotlaridan farqli ravishda bug‘doy doni sifatining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri uning tarkibidagi oqsil va kleykovinadir. Xamirga achitqi (xamirturush) qo‘shilganda u ko‘pchib, bijg‘ib hajmi kattalashadi va karbonat angidrid gazi hosil bo‘ladi. Bug‘doy donining tarkibida kraxmal, oqsil, ma’danli moddalar, vitaminlar bor. Bug‘doydagi ma’danli moddalar va vitaminlar, ayniqsa, butun don va boyitilgan undan tayyorlanadigan mahsulotlarda ko‘p bo‘ladi hamda ular yuqori to‘yimlilik qimmatiga ega.
Bug‘doy nonidagi oqsilning hazm bo‘lishi 95 % ni tashkil qiladi. Bug‘doy doni kundalik insonga zarur bo‘lgan oqsilga bo‘lgan ehtiyojning 50%ini qondiradi. Oziq–ovqat mahsuloti sifatida bug‘doy unidan turli navdagi nonlar, shirinkulchalar, pechene, biskvitlar, kekslar, piroglar, vaflilar, muzqaymoqlar uchun stakanchalar, makaronlar, bolalar uchun parhez taom tayyorlashda ishlatiladigan yormalar, yarim fabrikatlar va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. Undan turli xil lag‘monlar, kulchatoylar, souslar, konfet va ichimliklar, sumalak tayyorlanadi. Murtagi, kepagi ko‘kartirilgan donlaridan shifobaxsh mahsulotlar sifatida foydalaniladi.
Bug‘doy donining kimyoviy tarkibi juda o‘zgaruvchan. Uning tarkibidagi oqsil, kleykovina, ma’danli moddalar, vitaminlar, pigmentlar va fermentlar iqlim, tuproq va solinadigan o‘g‘itlar, qo‘llaniladigan agrotexnikaga, navlariga, bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Dunyo standarti talablarida bug‘doy doni tarkibida oqsil miqdori 13,5 % dan kam bo‘lmasligi yoziladi. Bug‘doy doni tarkibidagi oqsil miqdori undan qanday maqsadlarda foydalanishni belgilaydi. Non yopish uchun don
tarkibida 14-15 %, ma- karon mahsulotlari tayyorlashlari uchun 17-18 % oqsil bo‘lishi talab etiladi. Odamlar uchun asosiy o‘simlik oqsili manbai bug‘doy doni bo‘lib, u kundalik
oziqovqat ratsionida oqsilga bo‘lgan ehtiyojning 50 % i qondiradi.
Don endospermidagi oqsil kompleksi asosan gliadin va glyutenin, murtakdagi esa albumin va globulinlardan iborat bo‘lib,
oxirgilari
|
kleykovina
|
hosil
|
qilmaydi.
|
Gliadin
|
va
|
glyutenin
|
kleykovina
|
hosil
|
qiladi.
|
|
|
Kuzgi bug‘doy
qimmatbaho va serhosil oziq-ovqat ekinlaridan biri hisoblanadi. Uning doni kleykovina oqsillariga boy va sifati bo‘yicha bahori bug‘doy donidan qolishmaydi.
B.P. Pleshkov ma’lumotlariga ko‘ra bug‘doy donida oqsil miqdori 9 dan 26 % gacha, azotsiz ekstraktli moddalar 49 dan 73 % gacha, yog‘lar 1,5 dan 3 % gacha, klechatkalar 1,8 dan 2,5 % gacha, kul 1,3 dan 2,8 % gacha don vazniga nisbatan o‘zgaradi. Kuzgi bug‘doy donida tiamin (B1) – 5,5 mg/kg, niatsin (PP) – 63,6 mg/kg riboflavin (B2) – 1,3 mg/kg, pantoten kislotasi (B3) – 13,6 mg/kg bo‘ladi. Uning unidan serg‘ovak, mazali, xushbo‘y, to‘yimliligi yuqori, to‘q tusli va oq nonlar tayyorlanadi. Kuzgi bug‘doy O‘zbekiston sharoitida, lalmikorlikda bahori bug‘doyga nisbatan 40-80 % ko‘p hosil beradi. Suvli yerlarda kuzgi bug‘doy hosili bahori ekilgandagiga nisbatan yuqori bo‘ladi.
O‘zbekistonga Rossiya va boshqa chet mamlakatlardan keltirilayotgan bug‘doylar, respublikamizda yetishtirilayotgan bug‘doylarga nisbatan oqsil va kleykovinaning miqdori hamda sifati pastligi bo‘yicha farq qiladi. Ayniqsa, O‘zbekistonning lalmikor sharoitida o‘stirilgan bug‘doylar yuqori quyosh energiyasi va samarali harorat ta’sirida ko‘p va sifatli oqsil, kleykovina to‘playdi. Bug‘doy unining non yopishga yaroqlilik sifatlarini aniqlaщda nonning hajmiga, g‘ovakligiga, yoyilib ketishiga ta’sir qiladigan kleykovinaning miqdori va sifati muhim ahamiyatga ega. Non hajmining yuqori bo‘lishi kleykovinaning elastikligi va xamirning gaz ushlab turish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bug‘doyning non yopish sifatlari faqat don tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdoriga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, kleykovinaning sifatiga ham bog‘liq. Kleykovinaning cho‘ziluvchanligi 30 sm dan yuqori 20 sm dan kam bo‘lmasa yoki IDK-1 ko‘rsatkichi 45-75 bo‘lsa u sifatli bo‘ladi. Nonning yoyiluvchanligi non balandligining uning diametriga nisbati bilan baholanadi. Yaxshi sifatli non yoyiluvchanligi 0,5 va undan yuqori bo‘ladi. Mag‘zi bir tekis, mayda g‘ovakli bo‘lib yuzasi bir xil rangga ega hamda o‘ziga xos hidga, mazaga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Tegirmon, non yopish sanoati uchun doni shishasimon kuchli bug‘doylar alohida qimmatga ega. Kuchli bug‘doylar yumshoq bug‘doy turiga mansub. Yumshoq bug‘doylar asosan non yopishda foydalaniladi. Qattiq bug‘doylar asosan makaron, konditer sanoatida foydalaniladi. Uning unidan tayyorlangan xamir zich, elastikligi past egiluvchanligi yuqori, cho‘ziluvchanligi kam bo‘ladi. Kattiq bug‘doy non yopish sifati ko‘p hollarda o‘rtacha baholanadi.
O‘zbekistonda yetishtirlayotgan yumshoq bug‘doy navlari non yopish, texnologik xususiyatlarga ko‘ra uch sinfga bo‘linadi:
Birinchi sinf – kuchli (strongh) bug‘doyga yaxshilovchi navlar kiradi. Ularning muhim hususiyati - tegishli texnologik jarayonlarda un katta hajmdagi yaxshi shakldagi, g‘ovak non hosil qiladi. Kuchli bug‘doy unidan qorilgan xamir me’yoridagi konsistensiyada nisbatan ko‘p miqdordagi suvni yutadi va katta hajmdagi non hosil bo‘ladi. Uning xamiri uzoq achishga chidamli. Kuchli bug‘doy doni tarkibida oqsil 14 %, xom kleykovina 28 %, kleykavinaning sifati 1 guruhdan,
100 g undan yopilgan non hajmi 550 sm3, don shishasimonligi qizil bug‘doylarda 75 %, oq donlisida 60 %, unning non yopish kuchi 280 Jouldan kam bo‘lmasligi kerak. Kuchli bug‘doy uni kuchsiz bug‘doy uniga qo‘shilganda oxirgisining non yopish sifatlari (mazasi, g‘ovakligi, hajmi va boshqa ko‘rsatgichlari) yaxshilanib, sifati qoniqarli bo‘ladi. Ular ham don tarkibida yuqori sifatli oqsil va kleykovinaning to‘planishiga qarab o‘rtacha, yaxshi va a’lo sifatli kuchli bug‘doylarga bo‘linadi hamda dunyo bozorida yuqori baholanadi.
Ikkinchi sinfga - o‘rtacha, non yopish kuchi yaxshi bug‘doy (filler) nav- lari kiradi. Ular kuchsiz bug‘doy uniga qo‘shilganda sifatini samarali yaxshilamaydi. Non yopiladigan un aralashmalarida ularning hissasiga 35-50 % to‘g‘ri keladi. O‘rtacha bug‘doy donlarida oqsil miqdori 11-13%, kleykovina 25-27 %, sifati ikkinchi guruhga kiruvchi kleykovina, un- ning non yopish kuchi 200-280 Joul bo‘ladi.
Uchinchi sinfga - kuchsiz (weak) bug‘doy kirib, ularning uni non yopish xossalarining yaxshilanishiga muhtoj bo‘ladi. Ularning unidan hajmi kichik, yopilganda xamiri oqib ketadigan, g‘ovakligi yomon, sifati qoniqarsiz non yopiladi. Kuchsiz bug‘doyga doni tarkibida oqsilning miqdori 11 % dan kam, xom kleykovina miqdori 25 % dan kam, kleyko- vinaning sifati II-III guruhga kiruvchi, 100 g undan yopilgan non hajmi 400 sm3, un yopish kuchi 200 Jouldan kam bo‘lgan navlar kiritiladi. Kuchsiz bug‘doy donidan standart talablarga javob beruvchi non yopish uchun uning doniga yoki uniga kuchli bug‘doy qo‘shiladi.
Don sifati qimmatli (noyob) bo‘lgan bug‘doylarga unning kuchi genetik jihatdan yuqori, ammo kuchsiz bug‘doylarga qo‘shilganda ularni samarali yaxshilay olmaydigan sifatli bug‘doylar kiritiladi. Ular donining tarkibida kleykovina miqdori 25 %, kleykovina sifati esa II guruhdan kam bo‘lmasligi kerak. Kuchli bug‘doy donlaridan unning va nonning chiqishi yuqori bo‘lib donning sarflanishini kamaytiradi. Yaxshi tegirmon tortish non yopish xossalariga ega. 100 kg dondan 115 kg yuqori sifatli non olish mumkin. Shuncha miqdordagi (100 kg) texnologik sifatlari past dondan 91 kg non olinadi (Pumpyanskiy A.)
Hozir dunyo bo‘yicha yetishtirilayotgan 600 mln t dan ortiq yumshoq bug‘doy donlarining yarmidan ko‘prog‘i kuchsiz, yaxshilanishga muhtoj, 25- 30 % i qimmatli, 12-15 foizigina kuchli bug‘doylardir. Kuchli bug‘doylarni kam miqdorda yetishtiralayotganligiga sabab ularni hamma joyda ham yetishtirib bo‘lmaydi. Kuchli bug‘doy talablarga javob beradigan don yetishtirilishi uchun kuchli bug‘doy navlarini unumdor tuproqlarda, yuqori haroratda, donning pishishi yoki to‘lishining oxirida havoning namligi past bo‘lgan sharoitda o‘stirish talab qilinadi. Kuchli bug‘doy navlari unumdorligi past tuproq, havo namligi yuqori bo‘lgan mintaqalarga ekilganda yaxshilovchi bo‘la olmaydi. O‘zbekistonning tuproq-iqlim sharoiti, kuchli bug‘doy navlarini lalmikorlikda va sug‘oriladigan yerlarda tegishli o‘stirish texnologiyalarni qo‘llab don sifatini kuchli bug‘doy talablariga javob beradigan yuqori va sifatli don hosili olishga imkon beradi. Don sifati kuchli kuzgi bug‘doy navlaridan O‘zbekistonda – Umanka, Exo, Skifyanka Davlat reyestriga kiritilgan.
Kuzgi bug‘doy bahori bug‘doyga nisbatan kuzgi, qishki, bahorgi yog‘ingarchilikdan hosil bo‘lgan tuproqdagi namlikdan yaxshi foydalanadi, yuqori hosil shakllantiradi hamda jazirama issiqlardan, garmseldan kam zararlanadi. Bug‘doy birinchi bo‘lib, qadimgi neolit davridan xonakalashtirilgan o‘simliklardan hisoblanadi. Qadimgi odamlar bug‘doyning yovvoyi turlaridan foydalanishgan, ammo bu turlar pishgandan keyin to‘kilib ketadi, shuning uchun bug‘doyni pishmasdan oziq-ovqatda ishlatishgan degan taxmin bor. Arxeologlar tomonidan topilgan qadimgi bug‘doy boshoqlarini analiz qilish shuni ko‘rsatganki, eramizdan 6500 yildan 10200 yillar oldin bug‘doy sekin-astalik bilan madaniylashtirilgan. U Misrda va Hindistonda eramizdan 6000 yil oldin ekilgan, bu davrda Misrda sug‘oriladigan dehqonchilik rivojlangan. Gretsiya va Makedoniyada eramizdan 7000 yil oldin ekilgan. Kavkaz ortida, Ukrainada, Yevropa va Osiyoda bug‘doy eramizdan 4000 yil oldin ekilgan. Eramizdan oldin 5-7 ming yillarda Qoraqum barxanlari o‘rtasidagi tekisliklarda bug‘doy faqat atmosfera yog‘ingarchiliklaridan foydalanib, sun’iy sug‘orishsiz o‘stirilgan.
Bug‘doyning kelib chiqishi va uning birinchi ekilgan mintaqalari to‘g‘risida aniq bir ma’lumot yo‘q. Lekin xozirgi vaqtda ham Armaniston, Gruziya va Ozorbayjonning tog‘li tumanlarida bug‘doyning juda ko‘p yovvoyi turlari uchraydi. Shunga ko‘ra bug‘doyning kelib chiqish markazi Kavkazorti mamlakati deyiladi. N. I. Vavilov Bug‘doyning vatani Armaniston deb hisoblaydi.Amudaryoning quyi qismi, Farg‘ona va Hisor vodiylari, Qashqadaryo, Surxondaryo hamda Vaxsh havzalarining unumdor yerlarida eramizdan oldin 2 minginchi yillarida murakkab irrigatsiya kanallari tizimlariga ega yuksak rivojlangan sug‘oriladigan dehqonchilik mavjud bo‘lgan va bug‘doy yetishtirilgan. Hozirgi vaqtda bug‘doy butun Yer yuzida o‘zining ekin maydoni bo‘yicha boshqa ekinlar orasida birinchi o‘rinda turadi, u ekin maydonining 215,5 mln.
gektarini tashkil qiladi. (2012 y FAO) Hosildorligi o‘rtacha 22,5 ts/ga.
FAO ma’lumoti bo‘yicha, 90 %gacha bug‘doy charvochilikda ozuqa sifatida ishlatiladi,shuning faqat 10 % oqsili go‘sht mahsuloti sifatida qaytadi. AQShda aholi
jon boshiga bir yilda 1000 kg, o‘rtacha rivojlangan mamlakatlarda — 200 kg ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda bug‘doy asosiy ekinlardan biri hisoblanib, uning ekin maydoni 1,2 mln gektarni tashkil qiladi. 2015 yilda bug‘doydan 7*300 mln tonna don hosili olindi.
|
| |